Yangilangan sana: 2014-08-02 Ko`rilgan: 1929

O‘zbekistonning eng yirik nashriyotlari o‘rtasida saytlar mashhurligi reytingi iyul 2014

Bugun 2014 yilning iyul oyi uchun «O`qituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyi, «G‘afur G‘ulom» nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, «O‘zbekiston» nashriyot-matbaa ijodiy uyi,«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, «Cho‘lpon» nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi kabi O‘zbekistonning yirik nashriyotlari o‘rtasidagi eng mashhur saytlar natijasini keltiramiz. Shuningdek, reytingdan O‘zbekiston Respublikasi Matbuot va axborot agentligi saytiga kirish statistikasi ham o‘rin olgan. Barcha statistik ma’lumotlar «O‘zbekiston qidiruv tizimi» va «Hotlog» kompaniyalari tomonidan taqdim etilgan.

Диаграмма посещаемости крупнейших издательств Узбекистана за июль 2014

Диаграмма посещаемости крупнейших издательств Узбекистана за июль 2014

Диаграмма просмотров сайтов крупнейших издательств Узбекистана за июль 2014

Диаграмма просмотров сайтов крупнейших издательств Узбекистана за июль 2014

Saytlarga kiruvchilar miqdori, ya’ni saytlarga kiruvchi yagona foydalanuvchilar soni bo‘yicha yetakchi o‘rinni «O‘qituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyi egallagan. «O‘qituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyining saytiga iyul oyida 4519 internet foydalanuvchilari kirib, saytning 16607 sahifasi bilan tanishib chiqqanlar.

Ikkinchi o‘rinni Matbuot va axborot agentligi egallagan bo‘lib, uning saytiga 1934 nafar foydalanuvchi tashrif buyurib, saytning 4807 sahifasini ko‘rib chiqqanlar.

Uchinchi o‘rinni «G‘afur G‘ulom» nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi egallagan. Uning saytiga iyul oyida 1419 nafar foydalanuvchi tashrif buyurib, saytning 2697 sahifasini ko‘rib chiqqanlar.

To‘rtinchi o‘rinni «O‘zbekiston» nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi egallagan. Uning saytiga iyul oyida 366 nafar foydalanuvchi tashrif buyurib, saytning 1984 sahifasini ko‘rib chiqqanlar.

Beshinchi o‘rinni «Cho‘lpon» nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi egallagan. Uning saytiga iyul oyida bor yo‘g‘i 200 nafar foydalanuvchi tashrif buyurib, saytning 539 sahifasini ko‘rib chiqqanlar.

Oltinchi o‘rinni «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti egallagan. Uning saytiga iyul oyida bor yo‘g‘i 14 nafar foydalanuvchi tashrif buyurib, saytning 26 sahifasini ko‘rib chiqqanlar.

«O‘qituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyi saytiga tashrif buyurish statistikasi

«O‘qituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyi saytiga tashrif buyurish statistikasi

Matbuot va axborot agentligi saytiga tashrif buyurish statistikasi

Matbuot va axborot agentligi saytiga tashrif buyurish statistikasi

«G‘afur G‘ulom» nashriyot-matbaa ijodiy uyi saytiga tashrif buyurish statistikasi

«G‘afur G‘ulom» nashriyot-matbaa ijodiy uyi saytiga tashrif buyurish statistikasi

«O‘zbekiston» nashriyot-matbaa ijodiy uyi saytiga tashrif buyurish statistikasi

«O‘zbekiston» nashriyot-matbaa ijodiy uyi saytiga tashrif buyurish statistikasi

«Cho‘lpon» nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi saytiga tashrif buyurish statistikasi

«Cho‘lpon» nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi saytiga tashrif buyurish statistikasi

«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti saytiga tashrif buyurish statistikasi

«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti saytiga tashrif buyurish statistikasi

2014 yilning iyul oyi uchun O‘zbekistonning yirik nashriyotlari saytlari mashhurligi natijalari mana shulardan iborat.

Biz bilan birga bo‘lganligingiz uchun rahmat!

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

O‘zbekistonning eng yirik nashriyotlari o‘rtasida saytlar mashhurligi reytingi O‘qituvchi G‘afur G‘ulom, O‘zbekiston, O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, Cho‘lpon, Matbuot va axborot agentligi iyul 2014

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida

Muborak Ramazon hayitining xalqimiz ma`naviy hayotidagi o`rni va ahamiyatini e`tiborga olib, milliy-diniy qadriyatlarimizni saqlash va ulug`lash hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining...

«Quyoshli»da yoz soz o‘tmoqda

O`zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashiga qarashli ushbu oromgohda mavsum mobaynida ikki mingga yaqin bola dam oladi...

Mashhur yangiliklar

2014-02-18 Modernizatsiya

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте