Yangilangan sana: 2014-07-18 Ko`rilgan: 1172

O‘zbekiston va Yaponiya ishbilarmonlari uchrashuvi

Yaponiya O‘zbekistonning yirik savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy sheriklaridan biri. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar 2002-yilda imzolangan Do‘stlik, strategik sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi qo‘shma bayonot ruhida izchil rivojlanmoqda. 2013-yilda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 215 million AQSh dollarini tashkil etdi. Yaponiya tomonidan O‘zbekistonga kiritilgan moliyaviy-texnik vositalarining umumiy hajmi 2 milliard dollardan oshadi.

Toshkentdagi Xalqaro hamkorlik markazida 18-iyul kuni O‘zbekiston va Yaponiya hamkorligini rivojlantirish istiqbollariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston va Yaponiyaning tashqi iqtisodiy aloqalar, bank-moliya, savdo-sanoat, sarmoya, iqtisodiyot, neft-gaz, kimyo, energetika, avtomobilsozlik, sog‘liqni saqlash, transport va transport kommunikatsiyalari, axborot texnologiyalari, qurilish, farmatsevtika, ta’lim, sayyohlik, madaniyat va sport kabi sohalar uchun mas’ul vazirlik va idoralari, kompaniya va konsernlari rahbarlari ishtirok etdi.

Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri Elyor G‘aniyev O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasidagi hamkorlik barcha yo‘nalishlarda izchil rivojlanib borayotgani, bunda ikki davlat rahbarlarining uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlar muhim huquqiy asos bo‘layotganini alohida ta’kidladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil fevral oyida Yaponiyaga rasmiy tashrifi ikki tomonlama munosabatlarga yangi sur’at bag‘ishlab, strategik hamkorlikni yanada faollashtirishga xizmat qilmoqda.

O‘zbekiston-Yaponiya iqtisodiy munosabatlari savdo-iqtisodiy hamkorlik, sarmoyalarni o‘zaro himoyalash va rag‘batlantirishga oid bitimlar kabi ko‘plab hujjatlarga asoslanadi. O‘zbekistonda Yaponiya sarmoyasi ishtirokida tuzilgan o‘ndan ziyod qo‘shma korxona, ushbu mamlakatning 11 kompaniyasi vakolatxonasi faoliyat ko‘rsatayotir. Ular transport, xizmat ko‘rsatish, sayyohlik, sog‘liqni saqlash, mashinasozlik, va metallni qayta ishlash, yengil sanoat, eksport-import operatsiyalarini o‘tkazish, sarmoyaviy loyihalar doirasida asbob-uskunalar yetkazib berish kabi yo‘nalishlarda ish olib boradi.

Yaponiyalik hamkorlar “Ko‘kdumaloq” konida kompressor stansiyasini va Buxoro neftni qayta ishlash zavodini qurish, Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodini rekonstruksiya qilish, Samarqand, Buxoro va Urganch aeroportlarini modernizatsiyalash kabi yirik loyihalarni amalga oshirishda faol ishtirok etdi.

– Yaponiya O‘zbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor bilan qaraydi, – dedi Yaponiya-O‘zbekiston madaniy va iqtisodiy almashinuv qo‘mitasi raisi, “Sacura Global Holding” kompaniyasi bosh ijrochi direktori, “Matsumoto” jamg‘armasi raisi Ken’ichi Matsumoto. – Yaponiyalik ishbilarmonlarning O‘zbekiston biznes vakillari bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada rivojlantirishga qiziqishi katta. Mamlakatingizdagi qulay sarmoyaviy muhit va yuksak iqtisodiy imkoniyatlar ikki tomonlama savdo-iqtisodiy rishtalarning ravnaq topishida muhim omil bo‘lmoqda.

Bugungi kunda Qarshi – Termiz temir yo‘l tarmog‘ini elektrlashtirish, Navoiydagi issiqlik elektr stansiyasini kengaytirish va Tollimarjon issiqlik elektr stansiyasini modernizatsiya qilish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilmoqda.

Anjumanda sarmoyaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish, tibbiyot texnikasi ishlab chiqarish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga oid o‘zaro manfaatli qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga oid masalalar atroflicha muhokama qilindi. Yoqilg‘i-energetika, kimyo sanoati, logistika, sog‘liqni saqlash, sayyohlik va mehmonxona biznesi kabi sohalardagi aloqalarni yanada rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi. (O`zА)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

O‘zbekiston va Yaponiya ishbilarmonlari uchrashuvi

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Sport marafoni

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida istiqlolning dastlabki kunlaridanoq xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi mavqeini yuksaltirish, oila, onalik va bolalikni himoyalash...

Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida

Muborak Ramazon hayitining xalqimiz ma`naviy hayotidagi o`rni va ahamiyatini e`tiborga olib, milliy-diniy qadriyatlarimizni saqlash va ulug`lash hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining...

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте