Yangilangan sana: 2014-07-12 Ko`rilgan: 847

Sport marafoni

Poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida 11-iyul – Aholishunoslik kuniga bag‘ishlangan marafon o‘tkazildi. O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi, Toshkent shahar hokimligi BMTning Aholishunoslik bo‘yicha jamg‘armasi bilan hamkorlikda tashkil etgan mazkur marafonda ayollar, mahallalardagi “Orasta yoshlar” axborot-maslahat guruhlari trenerlari, Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari qatnashdi.

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida istiqlolning dastlabki kunlaridanoq xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi mavqeini yuksaltirish, oila, onalik va bolalikni himoyalash, millatimiz genofondini yanada sog‘lomlashtirish masalasiga ustuvor vazifa sifatida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada sportning ayollarga xos bo‘lgan turlarini yanada ommalashtirish, jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishni aholi, ayniqsa, qizlarning kundalik hayot tarziga aylantirish uchun zarur barcha sharoitni yaratish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan o‘smir qizlar, ayollar, shu jumladan, uy bekalari o‘rtasida sportni ommalashtirish, ularni turli sog‘lomlashtirish seksiyalariga jalb etish maqsadida o‘tkazilayotgan ayollar sport festivali, oilaviy musobaqalar, ijtimoiy aksiyalar, sog‘lomlashtirish loyihalari opa-singillarimizning sportga bo‘lgan qiziqishi ortishiga zamin yaratmoqda.

– Mahallamizda 7 ming nafardan ziyod aholi istiqomat qiladi, – deydi Hamza tumanidagi “Tuzel” mahalla fuqarolar yig‘inining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi Feruza Tosheva. – Ayollar, o‘smir qizlarni sport mashg‘ulotlariga jalb etish orqali ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarziga oid g‘oyalarni keng targ‘ib etishga oid ishlarda ijobiy natijaga erishmoqdamiz. Mazkur marafonda ham uy bekalari, o‘smir qizlar, “Orasta yoshlar” axborot-maslahat guruhi a’zolari faol ishtirok etmoqda.

Sport bayramida qatnashchilar bir kilometr masofaga yugurish bo‘yicha bahslashdi. Bolalar uchun shashka musobaqasi, “Yoz o‘tadi soz” mavzusida rasmlar tanlovi tashkil etildi. Mahallalardagi ayollar sport jamoalari, bolalar va o‘smirlar sport maktablari, sport majmualarining gimnastikachi qizlari ishtirokida tayyorlangan dastur namoyish etildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi E.Bositxonova so‘zga chiqdi. (O`zА)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Sport marafoni

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

O‘zbekistonning eng yirik nashriyotlari o‘rtasida saytlar mashhurligi reytingi iyun 2014

Bugun 2014 yilning iyun oyi uchun "O`qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi, "G`afur G`ulom" nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy...

O‘zbekiston va Yaponiya ishbilarmonlari uchrashuvi

Yaponiya O`zbekistonning yirik savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy sheriklaridan biri.

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте