Yangilangan sana: 2010-08-18 Ko`rilgan: 1074

Ham arzon, ham qulay

      Yangi o‘quv yili oldidan joylarda tashkil etilgan maktab bozorlarida sotilayotgan mahsulotlar sifati, arzon va qulayligi bilan xaridorlarga manzur bo‘lmoqda.

      Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 143 maktabda tashkil etilgan ana shunday maktab bozorida 27 turdagi o‘quv qurollari va darsliklar savdosi yo‘lga qo‘yildi. Qoraqalpoq, o‘zbek, rus, turkman va qozoq tillaridagi darsliklar, yurtimizda ishlab chiqarilgan daftar va boshqa o‘quv qurollari, kiyim-kechaklar o‘zining sifati, o‘quvchi-yoshlar ma’naviyati va psixologiyasiga mosligi bilan e’tiborni tortadi.

      Nukus shahrida aholining talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda 16 maktabda darsliklar, o‘quv qurollari va o‘quvchi kiyimlari sotilmoqda. Mazkur maktab bozorlari “Universal bozor” mas’uliyati cheklangan jamiyati, “Qoraqalpoqtutinuv”, “Qoraqalpoqgo‘shtsutsavdo” aksiyadorlik jamiyatlarining sifatli va arzon mahsulotlari bilan ta’minlanmoqda.

      Maktab bozorlari xaridorlar bilan gavjum.

(O'zA)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Ham arzon, ham qulay

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Maktab yarmarkasi ochildi

      Toshkentda "O‘zbekengilsanoat" davlat aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan tashkil qilingan umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari uchun ixtisoslashgan kiyimlar yarmarkasi ochildi.

      Yarmarkaning ochilishida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, "O‘zulgurjisavdoinvest" uyushmasi tarkibiga kiruvchi kompaniyalar vakillari, maktablar, litsey va kollejlar rahbarlari, shuningdek, o‘quvchilar va ularning ota-onalari ishtirok etdi.

„O‘qituvchi“ nashriyot-matbaa ijodiy uyi muharriri „Do‘stlik“ ordeni bilan taqdirlandi

      O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘n to‘qqiz yilligi munosabati bilan bir guruh ilm-fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, san’at, ma’naviyat va ma’rifat, ommaviy-axborot vositalari va boshqa ijtimoiy sohalar xodimlarini taqdirlash to‘g‘risida" gi farmoni bilan Vatan mustaqilligini mustahkamlash, xalq madaniyati va ma’naviyatini oshirishga qo‘shgan ulkan hissasi, yuksak iste’dodi va ijodi, ilmiy faoliyati, fidokorona xizmati...

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте