Yangilangan sana: 2014-05-30 Ko`rilgan: 3808

Alisher Navoiyning rus tiliga tarjima qilingan - Жемчужные строфы - Nazm ul-javohir asari chop etildi

„O‘qituvchi“ NMIUda buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiyning birinchi marta rus tiliga tarjima qilingan «Жемчужные строфы» („Nazm ul-javohir“) nomli ajoyib asari chop etildi.

Buyuk shoir o‘zining „javohirlar bilan bezatilgan marjon“ini hazrat Alining „Nasr ul-laoliy“ kitobida arab tilida ifodalagan hikmatli so‘zlaridan yaratgan. Navoiy bu hikmatli so‘zlarni ruboiylar orqali o‘zbek tilida ifodalagan.

Navoiy bu ishni qanday uddalaganini quyidagi satrlar orqali ifodalagan:

Yorab, ul javohirlarniki, manzum ettim, 
Chekkanim anga har nuktaki, ma’lum ettim, 
Har nuktaga bir tarona marqum ettim, 
Ko‘p gavhar aning zimnida maktum ettim.

Dinora Azimova buyuk shoirning haqiqatan ham ajoyib bu „xazinasi“ni badiiy tarjima qilib, uni rus tilida o‘quvchilar e’tiboriga havola etmoqda.

Tarjimon A. Navoiy she’rlarining badiiy xususiyatlarini, ularning ohangdorligini saqlab qolishga harakat qilgan.

A. Navoiy ruboiylarining izohlari butun dunyoga mashhur navoiyshunos professor Aziz Qayumov tomonidan amalga oshirilgan.

Kitob A. Navoiy zamoni (15—16- asrlar) miniaturalari bilan bezatilgan bo‘lib, ularni buyuk shoirning ko‘plab „Hikmatli so‘zlar manzumalari“ga ishlangan illustratsiyalar deb ham hisoblash mumkin.

Миниатюря к поэме Алишера Навои - Стена Искандера. Герат, 1485 год

Миниатюря к поэме Алишера Навои - Стена Искандера. Герат, 1485 год

Миниатюра к поэме Алишера Навои - Семь планет. Бухара, 1553 год.

Миниатюра к поэме Алишера Навои - Семь планет. Бухара, 1553 год.

Миниатюра к поэие А. Навои - Семь планет

Миниатюра к поэме Алишера Навои - Семь планет. Бухара, 1553 год.

Отрывок из книги:

Тот у кого в душе есть веры свет

Тот, у кого в душе есть веры свет,
От слов своих потом не отречется, нет!
Там верность пред неверьем учинит заслон,
Своим же словом средь людей прославлен будет он.

Кто хочет веры свет нести достойно,
Пусть верность слову своему хранит.
Так поступая, он неверье победит
И слава будет вечна, как гранит.

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Alisher Navoiyning rus tiliga tarjima qilingan - Жемчужные строфы - Nazm ul-javohir asari chop etildi

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Kitob bayrami 2014

2014- yilning 22- mayida G`afur G`ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog`ida "Kitob bayrami"ning ochilish marosimi bo`lib o`tdi.

O‘zbekistonning eng yirik nashriyotlari o‘rtasida saytlar mashhurligi reytingi may 2014

Bugun 2014 yilning may oyi uchun "O`qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi, "G`afur G`ulom" nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy...

Mashhur yangiliklar

2013-02-20 Oqsaroyda qabul

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте