Yangilangan sana: 2014-05-23 Ko`rilgan: 2474

Kitob bayrami 2014

2014- yilning 22- mayida G`afur G`ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog`ida „Kitob bayrami“ning ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Bu bayramda respublikaning 30 dan ortiq nashriyot va matbaa tashkilotlari o`z mahsulotlarini namoyish etdilar. O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan har yili o`tkaziladigan mazkur tadbir, har doimgidek, ko`p sonli kitobsevar insonlarda katta qiziqish uyg`otdi.

2014- yilning 22- mayida G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida „Kitob bayrami“ning ochilish

Bu bayramda „O`qituvchi“ NMIU tomonidan ulkan stend tashkillashtirildi. U yerdan nashriyotda chop etilgan, nufuzli kitob tanlovlarida sovrinli diplomlarni qo`lga kiritgan ko`plab kitoblar o`rin oldi.

Bu bayramda „O‘qituvchi“ NMIU tomonidan ulkan stend tashkillashtirildi

Aynan mana shu „Kitob bayrami“da Alisher Navoiyning «Жемчужная строфа» („Nazm ul-javohir“) nomli ajoyib asari omma e`tiboriga havola etildi. Buyuk bobokalonimizning bu asari Davrona taxallusi bilan tanilgan shoira Dinora Azimova tomonidan birinchi marta rus tiliga tarjima qilingan.

Aynan mana shu „Kitob bayrami“da Alisher Navoiyning «Жемчужная строфа»

Tarjimaga izohlar butun dunyoga mashhur navoiyshunos akademik Aziz Qayumov tomonidan yozilgan. 16- asrga oid, A. Navoi asarlari uchun ishlangan miniaturalar bilan bezatilgan kitobning o`ziga xos betakror dizayni, buyuk shoir ruboiylarining badiiy jihatdan yuksak tarjimalari - bularning barchasi ommaning chinakam qiziqishini uyg`otdi.

Tarjimaga izohlar butun dunyoga mashhur navoiyshunos akademik Aziz Qayumov tomonidan yozilgan

O`qituvchiNMIU mahsulotlari qo`yilgan stend oldida taniqli san`atkorlar ishtirokida shou o`tkazildi,  viktorina o`tkazilib, g`oliblarga sovg`alar topshirildi. Bundan tashqari, lotereya o`yini ham tashkillashtirildi va unda „O`qituvchi“ NMIUda chop etilgan mashhur nashrlar yutuq tariqasida berildi.

„O‘qituvchi“ NMIU mahsulotlari qo‘yilgan stend oldida taniqli san’atkorlar ishtirokida shou o‘tkazildi

Ushbu tadbirlardan zavqlanib „O`qituvchi“ NMIU stendi atrofida to`plangan ko`p sonli kitobxonlar bizning mahsulotlarimizni mamnuniyat bilan xarid qilishdi.

Ushbu tadbirlardan zavqlanib „O‘qituvchi“ NMIU stendi atrofida to‘plangan ko‘p sonli kitobxonlar bizning

22—23- may kunlari bo`lib o`tadigan bayramda ishtirok etishni xohlovchi barcha kishilar bunday ajoyib tadbirga qo`shilishlari mumkin.

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Kitob bayrami 2014- yilning 22- mayida G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida „Kitob bayrami“ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Prezident Islom Karimovning “O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati” mavzusidagi xalqaro konferensiyaning ochilish marosimidagi nutqi

Hurmatli konferensiya ishtirokchilari, xonimlar va janoblar! Siz, konferensiya ishtirokchilarini, avvalo, muhtaram mehmonlarimizni...

Alisher Navoiyning rus tiliga tarjima qilingan - Жемчужные строфы - Nazm ul-javohir asari chop etildi

„O‘qituvchi“ NMIUda buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiyning birinchi marta rus tiliga tarjima qilingan «Жемчужные строфы» („Nazm ul-javohir“) nomli ajoyib asari chop etildi.

Mashhur yangiliklar

2013-04-05 Oqsaroyda qabul

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте