Yangilangan sana: 2010-07-27 Ko`rilgan: 1363

Maktab yarmarkasi ochildi

      Toshkentda "O‘zbekengilsanoat" davlat aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan tashkil qilingan umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari uchun ixtisoslashgan kiyimlar yarmarkasi ochildi.

      Yarmarkaning ochilishida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, "O‘zulgurjisavdoinvest" uyushmasi tarkibiga kiruvchi kompaniyalar vakillari, maktablar, litsey va kollejlar rahbarlari, shuningdek, o‘quvchilar va ularning ota-onalari ishtirok etdi.

      Mamlakatimizda yangi 2010-2011 o‘quv yiliga hozirlik ko‘rilmoqda. Poytaxtimiz va joylarda bo‘lib o‘tayotgan turli tadbirlar umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarini maktab anjomlari, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, o‘quvchilarni maktab kiyimi hamda poyabzal bilan o‘z vaqtida ta’minlashga ko‘maklashmoqda. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 12 iyulda qabul qilingan 2010-2011 o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish uchun maktab bozorlari va yarmarkalarini o‘tkazishni tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilayotir.

      Tadbirning ochilishida “O‘zbekengilsanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisining o‘rinbosari Shamsiddin Sultonov mamlakatimizda Prezident Islom Karimov rahnamoligida hech kimdan kam bo‘lmagan, sog‘lom, intellektual salohiyati yuqori va erkin fikrlaydigan barkamol avlodni tarbiyalash bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar o‘zining salmoqli natijalarini berayotganini ta’kidladi. Davlatimiz rahbarining qator farmon va qarorlari, dasturlar yoshlarning zamonaviy bilimlarni egallashi, o‘z salohiyatini namoyon etishi, yigit-qizlarga yanada ko‘proq e’tibor hamda g‘amxo‘rlik ko‘rsatishda muhim omil bo‘lmoqda.

      Yurtboshimiz tashabbusi bilan qabul qilingan va hayotga izchil tatbiq etilayotgan "Barkamol avlod yili" Davlat dasturiga muvofiq davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy adabiyotlarni yanada takomillashtirish, o‘quv jarayoniga yangi axborot-kommunikatsiya va ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish, umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarini maktab anjomlari, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, o‘quvchilarni esa maktab kiyimi hamda poyabzal bilan ta’minlash bo‘yicha xayrli ishlar ko‘lami yanada kengaymoqda.

      Ushbu dastur doirasida tashkil etilgan mazkur yarmarka ham ana shu maqsadlarga xizmat qiladi. Bu yilgi yarmarka alohida xususiyatga ega. Uning miqyosi yangi ishtirokchilarni jalb qilish, namoyish etish uchun qo‘yilgan mahsulotlar sonining ko‘payishi hisobidan sezilarli darajada kengaytirildi.

      Yarmarkada “Mushtariy Int” aksiyadorlik jamiyati, “Muruvvat teks”, “Kotton road” qo‘shma korxonalari va “O‘zbekengilsanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiruvchi boshqa turli mulkchilik shaklidagi 20 dan ortiq korxona o‘z mahsulotlari bilan qatnashmoqda. Unda asosan umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari formasi, bolalar va o‘smirlar uchun sport kiyimlari, shuningdek, poyabzallar namoyish qilinmoqda.

      – Bu yil ixtisoslashgan yarmarkada ilk bor ishtirok etmoqdamiz, – deydi “Mushtariy Int” aksiyadorlik jamiyati rahbari Jalol Abdullayev. – Korxonamizda o‘quvchilar uchun kiyimlar – kostumlar, shimlar va ko‘ylaklar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Mahsulotlarimiz sifati bo‘yicha xorijnikidan qolishmaydi va yarmarka davomida ularga bildirilayotgan katta qiziqish ham buni tasdiqlaydi. Bu yerda ko‘plab shartnomalar tuzish va ishlab chiqarishni kengaytirish niyatidamiz.

      Bundan tashqari yarmarka doirasida “Dong San Int” O‘zbekiston-Janubiy Koreya kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan sport va maktab tovarlarining ham taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Korxona O‘zbekiston bozorida 1996 yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Joriy yilda ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida o‘quvchilar uchun maktab formasi, bolalar va o‘smirlar uchun sport hamda qishki kiyimlar ishlab chiqaradigan yangi to‘qimachilik fabrikasi ish boshladi. Yarmarka fabrikada ishlab chiqarilgan dastlabki mahsulotlarni namoyish etish imkonini berdi.

      Yarmarka 10 sentabrgacha davom etadi. Unda tayyor mahsulotlar yetkazib berish bo‘yicha ko‘plab shartnomalar imzolanishi kutilmoqda.

(O'zA)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Maktab yarmarkasi ochildi

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish to'g’risida

      O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni.

      Respublika aholisining daromadlari va turmush darajasini yanada muttasil oshirib borish, fuqarolarga ijtimoiy madadni kuchaytirish maqsadida:

Ham arzon, ham qulay

      Yangi o‘quv yili oldidan joylarda tashkil etilgan maktab bozorlarida sotilayotgan mahsulotlar sifati, arzon va qulayligi bilan xaridorlarga manzur bo‘lmoqda.

      Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 143 maktabda tashkil etilgan ana shunday maktab bozorida 27 turdagi o‘quv qurollari va darsliklar savdosi yo‘lga qo‘yildi. Qoraqalpoq, o‘zbek, rus, turkman va qozoq tillaridagi darsliklar, yurtimizda ishlab chiqarilgan daftar va boshqa o‘quv qurollari, kiyim-kechaklar o‘zining sifati, o‘quvchi-yoshlar ma’naviyati va psixologiyasiga mosligi bilan e’tiborni tortadi.

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте