Yangilangan sana: 2014-05-08 Ko`rilgan: 909

O‘zbekistonning eng yirik nashriyotlari o‘rtasida saytlar mashhurligi reytingi aprel 2014

Bugun 2014 yilning aprel oyi uchun «O`qituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyi, «G‘afur G‘ulom» nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, «O‘zbekiston» nashriyot-matbaa ijodiy uyi,«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, «Cho‘lpon» nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi kabi O‘zbekistonning yirik nashriyotlari o‘rtasidagi eng mashhur saytlar natijasini keltiramiz. Shuningdek, reytingdan O‘zbekiston Respublikasi Matbuot va axborot agentligi saytiga kirish statistikasi ham o‘rin olgan. Barcha statistik ma’lumotlar «O‘zbekiston qidiruv tizimi» va «Hotlog» kompaniyalari tomonidan taqdim etilgan.

Saytlarga kiruvchilar miqdori, ya’ni saytlarga kiruvchi yagona foydalanuvchilar soni bo‘yicha yetakchi o‘rinni «O‘qituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyi egallagan. «O‘qituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyining saytiga aprel oyida 6681 internet foydalanuvchilari kirib, saytning 23797 sahifasi bilan tanishib chiqqanlar.

Ikkinchi o‘rinni Matbuot va axborot agentligi egallagan bo‘lib, uning saytiga 3791 nafar foydalanuvchi tashrif buyurib, saytning 8247 sahifasini ko‘rib chiqqanlar.

Uchinchi o‘rinni «G‘afur G‘ulom» nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi egallagan. Uning saytiga aprel oyida 3153 nafar foydalanuvchi tashrif buyurib, saytning 11374 sahifasini ko‘rib chiqqanlar.

To‘rtinchi o‘rinni «O‘zbekiston» nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi egallagan. Uning saytiga aprel oyida 1357 nafar foydalanuvchi tashrif buyurib, saytning 3349 sahifasini ko‘rib chiqqanlar.

Beshinchi o‘rinni «Cho‘lpon» nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi egallagan. Uning saytiga aprel oyida bor yo‘g‘i 455 nafar foydalanuvchi tashrif buyurib, saytning 1719 sahifasini ko‘rib chiqqanlar.

Oltinchi o‘rinni «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti egallagan. Uning saytiga aprel oyida bor yo‘g‘i 17 nafar foydalanuvchi tashrif buyurib, saytning 45 sahifasini ko‘rib chiqqanlar.

«O‘qituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyi saytiga tashrif buyurish statistikasi

«O‘qituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyi saytiga tashrif buyurish statistikasi

Matbuot va axborot agentligi saytiga tashrif buyurish statistikasi

Matbuot va axborot agentligi saytiga tashrif buyurish statistikasi

«G‘afur G‘ulom» nashriyot-matbaa ijodiy uyi saytiga tashrif buyurish statistikasi

«G‘afur G‘ulom» nashriyot-matbaa ijodiy uyi saytiga tashrif buyurish statistikasi

«O‘zbekiston» nashriyot-matbaa ijodiy uyi saytiga tashrif buyurish statistikasi

«O‘zbekiston» nashriyot-matbaa ijodiy uyi saytiga tashrif buyurish statistikasi

«Cho‘lpon» nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi saytiga tashrif buyurish statistikasi

«Cho‘lpon» nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi saytiga tashrif buyurish statistikasi

«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti saytiga tashrif buyurish statistikasi

«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti saytiga tashrif buyurish statistikasi

2014 yilning aprel oyi uchun O‘zbekistonning yirik nashriyotlari saytlari mashhurligi natijalari mana shulardan iborat.

Biz bilan birga bo‘lganligingiz uchun rahmat!

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

O‘zbekistonning eng yirik nashriyotlari o‘rtasida saytlar mashhurligi reytingi O‘qituvchi G‘afur G‘ulom, O‘zbekiston, O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, Cho‘lpon, Matbuot va axborot agentligi aprel 2014

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasida „Sog‘lom bola yili“ Davlat dasturiga bag‘ishlab seminar o‘tkazildi

„O‘qituvchi“ NMIU xodimlari „Sog‘lom bola yili“ Davlat dasturiga bag‘ishlab O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasida o‘tkazilgan seminarda ishtirok etdilar. Seminarda bolalar adabiyotini yanada rivojlantirish rejalari hamda nashr etilgan kitoblarning tahlili bo‘lib o‘tdi.

Mamlakat bo‘ylab kitob bayrami o‘tkaziladi

22- va 23- may kunlari O‘zbekistonning barcha hududlarida kitob bayrami bo‘lib o‘tadi.

Mashhur yangiliklar

2013-04-30 Quvnoq startlar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте