Yangilangan sana: 2014-05-05 Ko`rilgan: 2486

O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasida „Sog‘lom bola yili“ Davlat dasturiga bag‘ishlab seminar o‘tkazildi

„O‘qituvchi“ NMIU xodimlari „Sog‘lom bola yili“ Davlat dasturiga bag‘ishlab O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasida o‘tkazilgan seminarda ishtirok etdilar. Seminarda bolalar adabiyotini yanada rivojlantirish rejalari hamda nashr etilgan kitoblarning tahlili bo‘lib o‘tdi. Dastlab bolalar shoirasi Qutlibeka Rahmonova nashriyotlarda chop etilgan kitoblar va ularning ma’no-mazmuni, ulardagi ayrim juz’iy kamchiliklar haqida fikr yuritdi. Shoira Anvar Obidjonning „O‘qituvchi“ NMIUda yaqinda nashr etilgan „Jajji-jajji kulchalar“ kitobi haqida fikr bildirar ekan, ushbu kitob bolalar uchun ayni vaqtda chop etilganligi, kitobdan yumorga boy she’rlar o‘rin olganligini alohida ta’kidladi. Bolalar fikrlash dunyosini yanada boyitishda, tafakkurini kengaytirishda yumorning o‘rni o‘zgacha ekanligini aytib o‘tdi.

„O‘qituvchi“ NMIUda chop etilgan Abdurahmon Akbarning „G‘aroyib avtobus“ nomli kitobi haqida ham shunday iliq, samimiy fikrlar bildirildi. Ayniqsa Abdurahmon Akbar ijodida tabiat haqidagi she’rlar badiiy jihatdan mukammal chiqqanligi, bu she’rlar bolalarni tabiatga bo‘lgan mehrini oshirishda, uni asrab-avaylashda, vatanga sadoqat ruhini o‘stirishda munosib hissa qo‘shishi ta’kidlab o‘tildi.

Bundan tashqari Abdusattor Xotamovning bolalarga atab yozilgan va ayni shu nashriyotda chop etilgan „Baland uchgan turnalar“ nomli hikoyalar to‘plami bolalar dunyoqarashiga mosligi bilan ajralib turishi, kitobda keltirilgan hikoyalar sujeti real hayotga mosligi, hikoyalarda bolalarcha fikrlash to‘liq ochib berilganligi alohida ta’kidlab o‘tildi. Aksariyat hikoyalarning bosh mavzusi do‘stlik, tabiatga mehr, burchga sadoqat, o‘z tug‘ilib o‘sgan qishlog‘i, ya’ni vatanga muhabbat ekanligi ijobiy baholandi. Bu esa nashriyot rejasidan o‘rin olgan kitoblar ma’no-mazmuni to‘g‘ri tanlanganini, kelgusida ana shunday kitoblardan ko‘proq chop etish zarurligi alohida ta’kidlab o‘tildi. So‘zga chiqqan Tursunboy Adashboyev, Anvar Obidjon va boshqa yozuvchi-shoirlar ham bu fikrni qo‘llab-quvvatlashdi va ayni chog‘da „Sog‘lom bola“ Davlat dasturida ham bolalar ma’naviyatini, ichki dunyosini boyitadigan kitoblar ko‘proq nashr etilsa maqsadga muvofiq bo‘lishi ta’kidlandi.

Nashriyot ana shularni hisobga olib, 2014- yilda ham bir qator bolalar shoirlari va yozuvchilari, jumladan Tursunboy Adashboyevning „Qirq yolg‘ondan bir yolg‘on“, Dilshod Rajabning „Bola baxshi — juda yaxshi“, Bahrom Akbarovning „Mitti botir“, Anvar Obidjonning „Qizg‘anchiq futbolchilar“ nomli kitoblarini nashrga tayyorlashmoqda. Bu esa farzandlarimizning fikrlashlarini yanada boyitishga munosib hissa bo‘lib qo‘shilishi shubhasizdir.

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasida „Sog‘lom bola yili“ Davlat dasturiga bag‘ishlab seminar o‘tkazildi

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Favvoralar – tinchlik, farovonlik va go‘zallik ramzi

1-may kuni Toshkentda “Favvoralar sayli” yoshlar ommaviy-madaniy tadbirlari o‘tkazildi.

O‘zbekistonning eng yirik nashriyotlari o‘rtasida saytlar mashhurligi reytingi aprel 2014

Bugun 2014 yilning aprel oyi uchun «O`qituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyi, «G‘afur G‘ulom» nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy...

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте