Yangilangan sana: 2014-04-18 Ko`rilgan: 884

O‘zbekiston bank tizimining rivojlanish istiqbollari

“Moody’s” halqaro reyting agentligi tomonidan 2014-yil 15-aprel kuni nashr qilingan “O‘zbekiston bank tizimining rivojlanish istiqbollari” yangi hisobotiga muvofiq O‘zbekiston bank tizimi rivojlanish istiqbollari ketma-ket beshinchi yil “barqaror” deb tasdiqlandi.

“Moody’s” agentligining fikriga ko‘ra, “barqaror” prognozi O‘zbekiston iqtisodiyotining, shu jumladan, iqtisodiyotga katta hajmdagi investitsiyalar yo‘naltirilishi hisobiga, yuqori sur’atlarda o‘sayotganligi bilan izohlanadi. Shuningdek, iqtisodiyotni kreditlash hajmlarining o‘sishini ta’minlovchi manba hisoblangan O‘zbekiston banklarining barqaror daromadlari bank tizimi rivojlanishi istiqbollariga ijobiy ta’sir qiluvchi muhim omillar qatoriga kiritilmoqda.

Agentlik tomonidan O‘zbekistonda oxirgi 10-yil mobaynida yuqori iqtisodiy o‘sish darajasi ta’minlanganligi hamda mamlakatimiz eksporti tarkibining MDHdagi boshqa davlatlarga nisbatan diversifikatsiyalanganligi hisobiga iqtisodiy o‘sish sur’atlari o‘zgaruvchanligining sezilarli darajada past bo‘lgani ta’kidlanmoqda.

Shu bilan birga, “Moody’s” agentligi O‘zbekiston banklari aktivlari sifatining barqaror dinamikasiga e’tibor qaratib, kapital investitsiyalar sohasidagi ijobiy holat aktivlar sifatining yuqori darajada saqlanib qolishiga asos bo‘lishini qayd etdi.

2013-yil yakuni bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari aktivlari umumiy miqdori 30 foiz, oxirgi besh yilda esa ushbu ko‘rsatkich 3,6 barobar ko‘paygan.

Bank tizimi kapitallashuvini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan maqsadli chora-tadbirlar banklar jami kapitalining oxirgi besh yilda 3,5 barobar, 2013-yil davomida esa 25,1 foiz oshishini ta’minladi. Bank tizimi kapitali yetarlilik darajasining ushbu ko‘rsatkichi umumqabul qilingan xalqaro standartlarga nisbatan 3 barobar yuqoridir.

Reyting agentligining fikriga ko‘ra, 2014-2015-yillar davomida kreditlash hajmining yiliga 20 foizga oshishi sharoitida kapital yetarliligining joriy koeffitsientini saqlab qolish uchun «Moody’s» reytingiga ega bo‘lgan O‘zbekiston banklari kelgusida kapitalni qo‘shimcha oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rishlari lozim.

O‘zbekiston banklarining joriy likvidlik darajasi bank tizimi barqarorligini baholashda muhim omillardan biri bo‘lib, qator yillar davomida 65 foizdan yuqori, ya’ni belgilangan minimal darajadan 2 barobar yuqori miqdorni tashkil etadi.

Ta’kidlash joizki, xo‘jalik subyektlari depozitlari va aholi omonatlari, shuningdek, moliyalashtirishning boshqa manbalari kelgusida bank tizimi likvidliligini ta’minlashga xizmat qiladi. Jumladan, tijorat banklaridagi depozitlarning umumiy hajmi oxirgi besh yilda 4,1 barobar, 2013-yilda esa 30,2 foiz oshgan.

“Moody’s” agentligi tomonidan prognoz davrida O‘zbekiston banklarining likvidlik va daromadlilik ko‘rsatkichlarining barqaror darajada saqlanib turishi kutilmoqda.

Umuman olganda, “Moody’s” agentligining ta’kidlashicha, 12-18 oyni tashkil etuvchi prognoz davrida mamlakat iqtisodiyotining yuqori o‘sish sur’ati banklar uchun qulay amaliyot muhitini ta’minlaydi. O'zА

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

O‘zbekiston bank tizimining rivojlanish istiqbollari

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n to‘rtinchi yalpi majlisi to‘g‘risida axborot

2014-yil 10-aprel kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n to‘rtinchi yalpi majlisi ochildi.

„O‘qituvchi“ NMIUda buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiyning birinchi marta rus tiliga tarjima qilingan «Жемчужная строфа» („Nazm ul-javohir“) nomli ajoyib asari nashrga tayyorlanmoqda

„O‘qituvchi“ NMIUda buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiyning birinchi marta rus tiliga tarjima qilingan «Жемчужная строфа» („Nazm ul-javohir“) nomli ajoyib asari nashrga tayyorlanmoqda.

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте