Yangilangan sana: 2014-04-04 Ko`rilgan: 950

Bolalar kitobi – ma’naviyat asosi

Respublika bolalar kutubxonasida O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi va boshqa tashkilotlar hamkorligida «Bolalar kitobi – ma’naviyat asosi» mavzusida ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Unda yozuvchi va shoirlar, adabiyotshunos olimlar, ma’naviyat targ‘ibotchilari, o‘qituvchilar, o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati H.Karimova, Respublika bolalar kutubxonasi direktori D.O‘rolov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida milliy adabiyotimizni ravnaq toptirish borasidagi ezgu sa’y-harakatlarda bolalar adabiyotini rivojlantirish, mazkur yo‘nalishda qalam tebratayotgan ijodkorlar mehnatini qo‘llab-quvvatlash, yosh avlodning kitobga bo‘lgan mehrini yanada kuchaytirish masalasiga ustuvor vazifa sifatida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

«Sog‘lom bola yili» Davlat dasturi doirasida ulg‘ayib kelayotgan navqiron avlodni turli ma’naviy tahdidlar, «ommaviy madaniyat»ning salbiy ta’siridan ishonchli tarzda himoyalash, ularda mutolaa madaniyatini yanada yuksaltirishga oid amaliy chora-tadbirlar tobora kengaymoqda.

Respublika bolalar kutubxonasida o‘g‘il-qizlarning badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini orttirish, bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali tashkil etish, bilim va tafakkurini yanada kengaytirish yuzasidan ko‘plab ma’rifiy loyihalar amalga oshirilmoqda. Ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’minlangan ziyo maskanida tashkil etilgan kitob.uz sayti asosan o‘quvchi-yoshlar uchun mo‘ljallangan axborotlar bilan to‘ldirilib, yangidan-yangi audio-video materiallar bilan boyitib borilmoqda. Ayni paytda kitobsevar bolalarning atoqli adib va shoirlar, olimlar, bastakorlar bilan on-layn muloqoti doimiy tarzda o‘tkazilmoqda.

Sog‘lom bola yili munosabati bilan maktablar, axborot-resurs markazlari, «Barkamol avlod» bolalar markazlarida o‘tkazilayotgan «Adabiyot haftaligi», «Kitob bayramlari», ijodiy viktorinalar, «Eng kitobxon maktab», «Eng kitobxon o‘quvchi» ko‘rik-tanlovlari o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Anjumanda bolalarni kitob mutolaasiga kengroq jalb qilish, barkamol avlod tarbiyasida maktabdan tashqari ta’lim maskanlarining o‘rni kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.

Tadbir doirasida yurtimiz nashriyot-matbaa korxonalarida chop etilgan bolalar adabiyoti namunalaridan iborat ko‘rgazma tashkil etildi.

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Respublika bolalar kutubxonasida O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi va boshqa tashkilotlar hamkorligida «Bolalar kitobi – ma’naviyat asosi»

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

O‘zbekistonning eng yirik nashriyotlari o‘rtasida saytlar mashhurligi reytingi mart 2014

Bugun 2014 yilning mart oyi uchun «O‘qituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyi, «G‘afur G‘ulom» nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, «O‘zbekiston» nashriyot-matbaa ijodiy uyi,«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, «Cho‘lpon» nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi kabi O‘zbekistonning yirik nashriyotlari o‘rtasidagi eng mashhur saytlar natijasini keltiramiz.

„O‘qituvchi“ NMIUda muallif L. Jo‘rayevning yangi, ajoyib „Inglizcha-o‘zbekcha-ruscha o‘quv lug‘at“ nashrga tayyorlanmoqda

Lug‘at 5000 dan ortiq so‘zni o‘z ichiga olgan. Lug‘atning oxiridan geografik nomlar va noto‘g‘ri fe’llar ro‘yxatining ingliz, o‘zbek hamda rus tillaridagi qiyosiy jadvallari joy olgan.

Mashhur yangiliklar

2017-03-31 Seminar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте