Yangilangan sana: 2014-03-31 Ko`rilgan: 1880

Iroda va matonat bahsi

Poytaxtimizdagi 43-bolalar va o‘smirlar sport maktabida Navro‘z bayramiga bag‘ishlab xotin-qizlar spartakiadasi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi tomonidan jismoniy imkoniyati cheklangan xotin-qizlar va yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ular o‘rtasida sportni ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni mamlakat terma jamoalariga jalb etish maqsadida tashkil etilgan musobaqada 50 nafardan ziyod yosh yengil atletika, shashka, darts va to‘p uloqtirish bahslarida o‘z mahorat va matonatini sinovdan o‘tkazdi.

– Bolaligimdan suyak yemirilishi bilan bog‘liq xastalikka chalinganman, – deydi poytaxtimizning Yakkasaroy tumanidan F.Boboqandova. – O‘tgan yildan buyon ushbu bolalar va o‘smirlar sport maktabida paralimpiyachilar uchun tashkil etilgan sport to‘garagiga qatnashaman. Hozir o‘zimni ancha tetik his qilyapman, oyog‘imning og‘rishi ham kamaydi.

Musobaqa g‘olib va sovrindorlari diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Poytaxtimizda pauerlifting bo‘yicha o‘smirlar va kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan mamlakat chempionatida 140 nafarga yaqin sportchi 17 vazn toifasida g‘oliblik uchun kuch sinashdi.

Pauerlifting turli nufuzli sport anjumanlari, jumladan, yozgi Paralimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan sport turlaridan. Keyingi yillarda mamlakatimizda ushbu sport turi ham ommalashib bormoqda. Buning samarasida sportchilarimiz xalqaro miqyosdagi musobaqalarda muntazam ishtirok etib, g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy olmoqda.

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutida tashkil etilgan mamlakat chempionati ham yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish va ularni xalqaro musobaqalarga tayyorlashda muhim bosqich bo‘lib xizmat qildi.

Oxunjon Yangdoshev, Asadbek Qodirjonov, Oybek Inomjonov, Husniddin Bo‘riyev, Muhammad Umirbekov, O‘ktam Mamarajabov, Sherqo‘zi Sattorov, Ulug‘bek Dilmurodov, Jahongir Boyjonov, Temur Shodiyev, Ruslan Ideneyev, Artur Kadaryan, G‘ayrat Ismoilov, Farhod Jaloliddinov, Yuriy Antonov, Ilhomiddin Bo‘riyev, Aleksandr Xvan, Sirojiddin Qahhorov o‘z vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.

Chempionat doirasida paralimpiyachilar o‘rtasida ham bahslar o‘tkazildi. Unda 50 nafarga yaqin sportchi o‘z shijoat va mahoratini namoyish etdi. Bahrom Qobilov, Iskandar Tursunboyev, Xurshid Mamatqulov, Farhod Umrzoqov, Navro‘z Abdurasulov, qizlar bahsida Roza Qo‘ziyeva o‘z vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritdi. UzА

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Iroda va matonat bahsi

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi davlatimiz rahbari tomonidan taklif etilgan, konstitutsiyaga kiritilayotgan tuzatishlar to‘g‘risidagi muhim qonunni qabul qildi.

O‘zbekistonning eng yirik nashriyotlari o‘rtasida saytlar mashhurligi reytingi mart 2014

Bugun 2014 yilning mart oyi uchun «O‘qituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyi, «G‘afur G‘ulom» nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, «O‘zbekiston» nashriyot-matbaa ijodiy uyi,«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, «Cho‘lpon» nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi kabi O‘zbekistonning yirik nashriyotlari o‘rtasidagi eng mashhur saytlar natijasini keltiramiz.

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте