Yangilangan sana: 2014-03-14 Ko`rilgan: 1356

Namunaviy kitob do’koni

O’zbekiston Matbuot va axborot agentligi, Respublika Ma'naviyat targ’ibot markazi, Yozuvchilar uyushmasi, «O’zdavkitobsavdota'minot» mas'uliyati cheklangan jamiyati Respublika Ma'naviyat va ma'rifat Kengashining qaroriga binoan 2014 yilning mart-may oylarida Qaraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahri, viloyatlar, shahar va tumanlar hokimliklari bilan hamkorlikda «Har bir shahar va qishloqda – zamonaviy kitob do’koni» aksiyasi doirasida yangi kitob do’konlarini tashkil etish, ularning faoliyatini qo’llab-quvvatlash hamda aholi, ayniqsa yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, kitobxonlik madaniyatini targ’ib etish borasidagi vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida «Namunali kitob do’koni» ko’rik-tanlovini e'lon qiladi.

«Namunali kitob do’koni» ko’rik-tanlovi g’oliblarini qimmatbaho sovg’alar va maxsus diplomlar bilan tantanali taqdirlash marosimi joriy yilning 22-23 may kunlari «Respublika kitob bayrami» doirasida bo’lib o’tadi.

Tashkiliy masalalar bo’yicha bo’g’lanish uchun telefon raqami: 244-19-91

Tashkiliy qo’mita

«Namunaviy kitob do’koni» ko’rik-tanlovining baholash mezonlari

Ishtirokchilar Hay'at a'zolari tomonidan quyidagi har bir mezon ko’rsatkichlari bo’yicha 5 ballik tizimda baholanadi.

1. Ma'naviyat maskani hisoblangan – kitob do’konining joylashuvi, tashqi ko’rinishi, dizayni, shuningdek uning yorug’, toza va ozodaligi.
2. Do’kon nomining milliy ma'naviyat va qadriyatlarimizga mos ekanligi.
3. Kitob do’koni sotuvchisining savdo va muomala madaniyatiga egaligi, kasbiy malakasi.
4. Kitoblar assortimenti.
5. "Bolalar uchun kitoblar" va boshqa yo’nalishlarga doir bo’limlarning mavjudligi.
6. Do’konda kataloglar, tavsiya mazmunidagi flayerlar va boshqa turdagi kitob targ’ibotiga oid vositalar, tovar haqida ma'lumot beruvchi slayd ko’rinishidagi reklamalar bilan xaridorlarni jalb qilish imkoniyatlarining mavjudligi.
7. Xarid qilingan kitoblarga qo’shib ularning elektron variantini ham berish imkoniyati.
8. Doimiy xaridorlar uchun turli imtiyozlar, bonuslarning tashkil etilganligi.

API

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

O’zbekiston Matbuot va axborot agentligi «Namunali kitob do’koni» ko’rik-tanlovini e'lon qiladi

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Sog‘lom avlod kamoloti yo‘lida

Prezidentimiz Islom Karimovning 1993-yil 23-apreldagi farmoniga muvofiq tashkil etilgan “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida faol ishtirok etmoqda.

Prezident Islom Karimovning Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi tabrik so‘zi

Biz Vatanimiz va el-yurtimizning tarixiy sana va ayyomlariga bag‘ishlangan bayramlarni katta tayyorgarlik va xursandchilik bilan o‘tkazamiz.

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте