Yangilangan sana: 2014-02-20 Ko`rilgan: 1732

“MADANIYAT VA MA’RIFAT” TELEKANALIDA INTERVYU

Muallif Shavkat Butayevning 80000 so‘zlik inglizcha-o‘zbekcha, o‘zbekcha-inglizcha lug‘ati xususida O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “Madaniyat va ma’rifat” telekanalida intervyu berildi.

Intervyuda “O‘qituvchi” nashriyot-matbaa ijody uyi bosh muharriri Pokiza Agzamova, nashriyot muharriri Lutfullo Jo‘rayev va lug‘at muallifi Shavkat Butayevlar ishtirok etishdi.

Intervyu davomida Pokiza Agzamova davr talabidan kelib chiqqan holda yaratilgan mazkur lug‘at kitobxonning o‘qishi uchun qulayligi, juda ham mayda harflar bo‘lmasdan, har qanday o‘quvchining o‘qishiga mosligi, matbaa jihatdan standart talablariga javob berishi bilan qimmatli ekanini ta’kidladi.

Главный редактор издательства Укитувчи П.Агзамова

Muallif Shavkat Butayev esa lug‘at oldingi lug‘atlardan nafaqat miqdor jihatdan, balki so‘zlar ma’nolarining keng yoritib berilganligi hamda so‘zlarning iboralar bilan ko‘rsatib berilganligi bilan farq qilishini, oldingi lug‘atlarda so‘zlarning ma’lum miqdorigagina iboralar berilgan bo‘lsa, mazkur 80 000 so‘zlik lug‘atda juda ham ko‘p so‘zlar iboralar bilan berilganligini aytib o‘tdi.

Автор англо-узбекского словаря на 80000 слов Ш.Бутаев

O‘z navbatida, lug‘atning muharriri Lutfullo Jo‘rayev ushbu lug‘at xorijda, masalan Oksford, Longman kabi nashriyotlarda chop etilgan zamonaviy fundamental lug‘atlar bilan solishtirgan holda mukammal ishlab chiqilganligini, tahrir jarayonida lug‘atdagi transkripsion belgilar hozirgi kunda dunyo miqyosida keng qo‘llanilayotgan zamonaviy, standart transkripsion belgilarga moslashtirilganligi haqida ma’lumot berdi.

Редактор издательства Укитувчи Л.Жураев

Обсуждение англо-узбекского словаря на 80000 слов Ш.Бутаев

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Madaniyat va ma’rifat telekanalida intervyu berildi

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Ta’minotchilarga

“O‘qituvchi” nashriyot-matbaa ijody uyi barcha manfaatdor ishlab chiqaruvchilarni korxonaning ehtiyojlari uchun kerak bo‘ladigan quyidagi materiallarni yetkazib berishga taklif etadi:

O‘zbekistonning eng yirik nashriyotlari o‘rtasida saytlar mashhurligi reytingi fevral 2014

Bugun 2014 yilning fevral oyi uchun «O‘qituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyi, «G‘afur G‘ulom» nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, «O‘zbekiston» nashriyot-matbaa ijodiy uyi...

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте