Yangilangan sana: 2014-02-13 Ko`rilgan: 998

Ulug‘ shoirga ehtirom

Prezidentimiz rahnamoligida qadimiy an’ana va qadriyatlarimizni tiklash, ulug‘ ajdodlarimizning hayoti va ijodi, boy ma’naviy merosini har tomonlama chuqur o‘rganish va keng targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Milliy adabiyotimizning yirik namoyandalaridan biri, ulug‘ shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 531-yilligini munosib nishonlash, uning boy ilmiy-adabiy merosini keng targ‘ib etish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Ellikqal’a san’at va pedagogika kollejida bo‘lib o‘tgan “Bobur izdoshlari” nomli adabiy kechada istiqlol yillarida Bobur siymosi, uning betakror ijodi va faoliyatiga munosabat tubdan o‘zgargani, xususan, uning “Boburnoma” asari, g‘azal va ruboiylari yosh avlodni mehr-oqibat, Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalashda katta ahamiyat kasb etayotgani alohida ta’kidlandi.

– Bobur ijodi nafaqat mamlakatimizda, balki butun dunyo xalqlari tomonidan sevib o‘qiladi. Birgina “Boburnoma”ning o‘zi o‘ttizdan ortiq tillarga tarjima qilinib, kitob holida chop etilgani buning tasdig‘idir. Bobur va uning avlodlari davriga oid bebaho manbalar jahonning yetmishdan ziyod muzeylarida saqlanayotgani ham bu qiziqishning dalilidir, – deydi tuman madaniyat va sport ishlari bo‘limi boshlig‘i Oysha Matniyozova.

Tumandagi barcha o‘rta-maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtlari rahbarlari, adabiyot o‘qituvchilari ishtirok etgan adabiy kechada Bobur asarlaridan namunalar o‘qildi, g‘azallariga bastalangan qo‘shiqlar ijro etildi. Kollej o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari kechaga alohida fayz bag‘ishladi. UzА

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Milliy adabiyotimizning yirik namoyandalaridan biri, ulug‘ shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 531-yilligini

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Bebaho ma’naviy meros

Unda adabiyotshunos olimlar, o‘qituvchilar, ma’naviyat targ‘ibotchilari, talaba-yoshlar ishtirok etdi...

Modernizatsiya

“O‘qituvchi” nashriyot-matbaa ijody uyida 2013—2014 yillar uchun tarmoq grafigi doirasida bosma va kesish uchastkalarini kengaytirish yo‘li bilan ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish belgilangan...

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте