Yangilangan sana: 2014-01-17 Ko`rilgan: 2727

Barkamol avlod tarbiyasi yo‘lida

Prezidentimiz Islom Karimov taklifi bilan 2014-yilning mamlakatimizda Sog‘lom bola yili, deb e’lon qilinishi mustaqilligimizning dastlabki yillaridan boshlab izchil amalga oshirib kelinayotgan ezgu ishlarning mantiqiy davomi bo‘ldi.

Davlatimiz rahbari sog‘lom bolani voyaga yetkazishning asosiy omillari xususida so‘z yuritar ekan, bu borada sog‘liqni saqlash tizimining o‘rni va ahamiyati, mas’uliyati katta ekanini alohida qayd etdi. 2014-yilda onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilishga xizmat qiladigan tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar, malakali kadrlar bilan ta’minlash borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish zarurligini ta’kidladi. Bu tibbiyot sohasida nisbatan yangi yo‘nalish bo‘lgan skrining markazlari faoliyatini takomillashtirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

– 2001-yilda ish boshlagan Ona va bola skrining markazi "Sog‘lom ona – sog‘lom bola" konsepsiyasi asosida aholiga namunali tibbiy-genetik xizmat ko‘rsatib kelmoqda, – deydi Namangan viloyati Ona va bola skrining markazi mudiri Nasiba Rasulova. – Irsiy kasalliklar va tug‘ma nuqsonlarni erta aniqlash va ularni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda sog‘lomlashtirish bo‘yicha sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun markazda barcha zarur sharoit yaratilgan. Markazning maslahat bo‘limida shifokor-genetik, endokrinolog, akusher-ginekolog, nevropatolog, psixonevrolog, diyetolog, sotsiolog, pedagog-defektolog, laboratoriya bo‘limida esa neonatal, prenatal, selektiv, sitogenetika mutaxassislari aholiga malakali xizmat ko‘rsatmoqda. Yuqori texnologiyali tibbiyot uskunalari va malakali mutaxassislar yordamida neonatal, prenatal skrining va tibbiy genetik xizmat ko‘rsatish kabi yo‘nalishlarda amaliyotlar o‘tkazilayotir.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bir kunda 1600 tahlil o‘tkazish imkoniyatiga ega "Delfiya Viktor-2" tashxis, "Sonoscape SSI-1000" rusumli rangli portativ ultratovush tekshiruvi apparatlari, "Philips HD 11 XE" ko‘p funksiyali prenatal skrining skaneri yuqori darajada tashxis qo‘yish imkonini bermoqda.

2013-yilda tug‘ma nogiron bolalar tug‘ilishi ko‘rsatkichi 2012-yilga nisbatan sezilarli darajada kamaygan. Bu boradagi ishlar samaradorligini oshirishda Prezidentimizning 2013-yil 12-martdagi 2013-2017-yillar davrida bolalikdan nogironlar tug‘ilishining oldini olish uchun tug‘ma va irsiy kasalliklarni barvaqt aniqlash davlat dasturi to‘g‘risidagi qarori muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

Mazkur qaror asosida viloyatda homilador ayollar tekshiruvdan o‘tkazilib, bir necha holatlarda nogiron bola tug‘ilishining oldi olindi. Aniqlangan salbiy holatlar bo‘yicha bemorlar maxsus nazoratga olinib, ularga tegishli tibbiy-ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilmoqda.

– Bu yerda ona va bola salomatligini nazorat qilib borish uchun eng zamonaviy sharoitlar mavjud, – deydi poplik Orzugul Hayitova. – Men ham barcha tekshiruvlardan o‘tib, tug‘ilajak farzandimning sog‘lomligidan xotirjam bo‘ldim.

Tug‘ma nuqsonlar, nogironlik asosan yaqin qarindoshlar o‘rtasida tuzilgan nikoh, erta turmush qurish, bo‘lajak ota yoki onaning tamaki, giyohvandlik vositalari, spirtli ichimliklarga ruju qo‘yishi oqibatida kelib chiqadi. Shuni nazarda tutgan holda, viloyatning barcha tumanlarida, jumladan, chekka qishloqlarda ham talaba-yoshlar, mahalla faollari, bo‘lajak qaynonalar, kelin-kuyovlar ishtirokida turli mavzularda uchrashuvlar, davra suhbatlari o‘tkazilmoqda.

O‘zА

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Barkamol avlod tarbiyasi yo‘lida

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 22-yilligi munosabati bilan Vatan himoyachilariga bayram tabrigi

Armiyamizning bo‘lg‘usi askar va ofitserlarini chaqiriqqacha bo‘lgan davrda tayyorlashning o‘rni va ahamiyatini

Shavkat Butayev: Inglizcha-o‘zbekcha, o‘zbekcha-inglizcha lug‘at

“O‘qituvchi” NMIUda mashhur muallif Shavkat Butayevning “Inglizcha-o‘zbekcha, o‘zbekcha-inglizcha” lug‘ati chop etilmoqda...

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте