Yangilangan sana: 2014-01-03 Ko`rilgan: 1122

O‘zbekistonning eng yirik nashriyotlari o‘rtasida saytlar mashhurligi reytingi

Bugun 2013 yilning dekabr oyi uchun «O‘qituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyi, «G‘afur G‘ulom» nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, «O‘zbekiston» nashriyot-matbaa ijodiy uyi,«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, «Cho‘lpon» nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi kabi O‘zbekistonning yirik nashriyotlari o‘rtasidagi eng mashhur saytlar natijasini keltiramiz. Shuningdek, reytingdan O‘zbekiston Respublikasi Matbuot va axborot agentligi saytiga kirish statistikasi ham o‘rin olgan. Barcha statistik ma’lumotlar «O‘zbekiston qidiruv tizimi» va «Hotlog» kompaniyalari tomonidan taqdim etilgan.

Saytlarga kiruvchilar miqdori, ya’ni saytlarga kiruvchi yagona foydalanuvchilar soni bo‘yicha yetakchi o‘rinni «O‘qituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyi egallagan. «O‘qituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyining saytiga dekabr oyida 7677 internet foydalanuvchilari kirib, saytning 21425 sahifasi bilan tanishib chiqqanlar.

Ikkinchi o‘rinni Matbuot va axborot agentligi egallagan bo‘lib, uning saytiga 4687 nafar foydalanuvchi tashrif buyurib, saytning 10342 sahifasini ko‘rib chiqqanlar.

Uchinchi o‘rinni «G‘afur G‘ulom» nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi egallagan. Uning saytiga dekabr oyida 1898 nafar foydalanuvchi tashrif buyurib, saytning 3776 sahifasini ko‘rib chiqqanlar.

To‘rtinchi o‘rinni «O‘zbekiston» nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi egallagan. Uning saytiga dekabr oyida 1086 nafar foydalanuvchi tashrif buyurib, saytning 2231 sahifasini ko‘rib chiqqanlar.

Beshinchi o‘rinni «Cho‘lpon» nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi egallagan. Uning saytiga dekabr oyida bor yo‘g‘i 467 nafar foydalanuvchi tashrif buyurib, saytning 1214 sahifasini ko‘rib chiqqanlar.

Oltinchi o‘rinni «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti egallagan. Uning saytiga dekabr oyida bor yo‘g‘i 17 nafar foydalanuvchi tashrif buyurib, saytning 61 sahifasini ko‘rib chiqqanlar.

«O'qituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyi saytiga tashrif buyurish statistikasi
«O'qituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyi saytiga tashrif buyurish statistikasi
Matbuot va axborot agentligi saytiga tashrif buyurish statistikasi
Matbuot va axborot agentligi saytiga tashrif buyurish statistikasi
«G‘afur G‘ulom» nashriyot-matbaa ijodiy uyi saytiga tashrif buyurish statistikasi
«G‘afur G‘ulom» nashriyot-matbaa ijodiy uyi saytiga tashrif buyurish statistikasi
«O‘zbekiston» nashriyot-matbaa ijodiy uyi saytiga tashrif buyurish statistikasi
«O‘zbekiston» nashriyot-matbaa ijodiy uyi saytiga tashrif buyurish statistikasi
«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti saytiga tashrif buyurish statistikasi
«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti saytiga tashrif buyurish statistikasi
«Cho‘lpon» nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi saytiga tashrif buyurish statistikasi
«Cho‘lpon» nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi saytiga tashrif buyurish statistikasi

2013 yilning dekabr oyi uchun O‘zbekistonning yirik nashriyotlari saytlari mashhurligi natijalari mana shulardan iborat.

Biz bilan birga bo‘lganligingiz uchun rahmat!

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

O‘zbekistonning eng yirik nashriyotlari o‘rtasida saytlar mashhurligi reytingi O‘qituvchi G‘afur G‘ulom, O‘zbekiston, O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, Cho‘lpon, Matbuot va axborot agentligi dekabr 2013

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Mustaqillik maydonida Yangi yil tantanalari davom etmoqda

Toshkent shahridagi Mustaqillik maydonida davom etayotgan Yangi yil bayrami tantanalari qordek oppoq tilaklarimiz, pokiza orzu-niyatlarimiz, bolalarning beg‘ubor, shodon kayfiyatiga hamohangdir...

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 22-yilligi munosabati bilan Vatan himoyachilariga bayram tabrigi

Armiyamizning bo‘lg‘usi askar va ofitserlarini chaqiriqqacha bo‘lgan davrda tayyorlashning o‘rni va ahamiyatini

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте