Yangilangan sana: 2013-12-30 Ko`rilgan: 982

Mustaqillik maydonida Yangi yil tantanalari davom etmoqda

Toshkent shahridagi Mustaqillik maydonida davom etayotgan Yangi yil bayrami tantanalari qordek oppoq tilaklarimiz, pokiza orzu-niyatlarimiz, bolalarning beg‘ubor, shodon kayfiyatiga hamohangdir.

Mamlakatimizda inson omiliga ustuvor ahamiyat qaratish, millati, e’tiqodi, ijtimoiy holatidan qat’i nazar, barcha fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlash Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning pirovard maqsadidir. Jonajon Vatanimizning ijtimoiy barqarorligini ta’minlash, iqtisodiyot, ta’lim-tarbiya, ma’naviyat va ma’rifat, sog‘liqni saqlash, ilm-fan kabi sohalarda erishilgan ulkan yutuq va marralar, eng asosiysi, jamiyatimizdagi o‘zaro ahillik, totuvlik, mehr-oqibat va bag‘rikenglik muhiti xalqaro miqyosda alohida e’tirof etilib, yuksak baholanmoqda.

2013-yil mustaqil O‘zbekistonimiz tarixi zarvaraqlarida muhtasham inshootlar, ishlab chiqarish korxonalari, maktablar, shifo maskanlari, ma’rifat va san’at maskanlari qad rostlagan barakali yil sifatida muhrlanib qolishi shubhasiz. Eshik qoqayotgan 2014-yil esa xalqimizning azaliy maqsad-muddaolariga hamohang tarzda Sog‘lom bola yili, deb nomlanishi ezgu intilishlarimizning o‘ziga xos mantiqiy davomidir.

Yangi yil bayrami arafasida mamlakatimizning eng mo‘tabar maydonida barpo etilgan mo‘jaz shaharchada ushbu jihatlar o‘zining yorqin ifodasini topdi. Maydonga kirib kelgan kishi o‘zini go‘yo ertakmonand go‘shaga tushib qolgandek his etadi. Bu yerda qad rostlagan ulkan archa, ayniqsa, kichkintoylarga katta zavq-shavq ulashmoqda.

Bayramni yuksak saviyada, baland ruhda o‘tkazish, yurtdoshlarimiz, xorijiy sayyohlar, eng asosiysi, bolalarga xush kayfiyat ulashish maqsadida turli madaniy-ma’rifiy, ko‘ngilochar tomoshalarni tashkil etishda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, «O‘zbeknavo» estrada, «O‘zbekteatr» ijodiy ishlab chiqarish birlashmalari va boshqa qator tashkilotlarning hissasi katta bo‘ldi.

Ulkan sahnada O‘zbek Milliy akademik drama teatri jamoasi aktyorlari ishtirokidagi «Qorboboga maktub yoki kutilmagan mehmonlar» teatrlashtirilgan tomosha namoyish etilmoqda. Maydonga o‘rnatilgan ikki ulkan ekranning birida 2013-yil – Obod turmush yilida jamiyatimiz hayotining turli jabhalarida amalga oshirilgan beqiyos o‘zgarishlar, bunyodkorlik odimlari, go‘zal shahar va qishloqlarimiz, yosh avlod kelajagi yo‘lida ko‘rsatilayotgan yuksak mehr-e’tibor namoyish etilsa, boshqasida yurtimiz animatorlari tomonidan ishlangan multfilmlar, maydonda o‘tayotgan bayram tadbirlarini tomosha qilish mumkin.

Maxsus o‘rnatilgan boshqa sahnada Badiiy jamoalar ijodiy birlashmasi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi estrada bo‘limining iqtidorli talabalari, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, mumtoz va estrada yo‘nalishida ijod qilayotgan xonandalar, «Nihol» mukofoti sovrindonlari, mamlakatimiz va xalqaro miqyosdagi tanlovlarda g‘olib bo‘lgan ijodkor yoshlar ishtirokidagi konsertlar tomoshabinlar e’tiboriga havola etilmoqda.

Maydonda tashkil etilgan savdo rastalaridan kichkintoylar uchun shirinliklar, turli o‘yinchoqlardan iborat sovg‘alar xarid etish mumkin. O‘ttizga yaqin attraksion, oltmishga yaqin maxsus o‘yinlar qurilmalari o‘g‘il-qizlar bilan gavjum.

Oqshom tushgach maydon yanada fusunkor qiyofa kasb etadi. Badiiy bezaklar, lazerli texnologiyalar, illyuminatsion chiroqlar, maxsus yoritish effektlaridan kishi qalbiga yanada ko‘tarinkilik, zavq inadi. Maydonga tutash ko‘chalarning ikki tarafi o‘ndan ortiq badiiy effekt beruvchi maxsus chiroqli qurilmalar bilan jihozlangan.

Muazzam maydonda kuy qo‘shiqqa ulanadi. Ayni paytda poytaxtimizning boshqa maydonlarida ham Yangi yil bayrami tomoshalari davom etmoqda. UzА

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Mustaqillik maydonida Yangi yil tantanalari davom etmoqda

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Eng munosiblar taqdirlandi

2013-yil ham mamlakatimiz madaniy-ma’rifiy hayotida yuksak saviyada o‘tkazilgan rang-barang tadbirlar, ijodiy loyihalar, festivallar, konsertlar, ko‘rik-tanlovlarga boy bo‘ldi...

O‘zbekistonning eng yirik nashriyotlari o‘rtasida saytlar mashhurligi reytingi

Bugun 2013 yilning dekabr oyi uchun «O‘qituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyi, «G‘afur G‘ulom» nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, «O‘zbekiston» nashriyot-matbaa ijodiy uyi,«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, «Cho‘lpon» nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi kabi O‘zbekistonning yirik nashriyotlari o‘rtasidagi eng mashhur saytlar natijasini keltiramiz...

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте