Yangilangan sana: 2013-12-12 Ko`rilgan: 1058

O‘zbekistonning eng yirik nashriyotlari o‘rtasida saytlar mashhurligi reytingi

Bugun 2013 yilning noyabr oyi uchun «O‘qituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyi, «G‘afur G‘ulom» nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, «O‘zbekiston» nashriyot-matbaa ijodiy uyi,«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, «Cho‘lpon» nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi kabi O‘zbekistonning yirik nashriyotlari o‘rtasidagi eng mashhur saytlar natijasini keltiramiz. Shuningdek, reytingdan O‘zbekiston Respublikasi Matbuot va axborot agentligi saytiga kirish statistikasi ham o‘rin olgan. Barcha statistik ma’lumotlar «O‘zbekiston qidiruv tizimi» va «Hotlog» kompaniyalari tomonidan taqdim etilgan.

Saytlarga kiruvchilar miqdori, ya’ni saytlarga kiruvchi yagona foydalanuvchilar soni bo‘yicha yetakchi o‘rinni «O‘qituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyi egallagan. «O‘qituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyining saytiga noyabr oyida 6440 internet foydalanuvchilari kirib, saytning 19953 sahifasi bilan tanishib chiqqanlar.

Ikkinchi o‘rinni Matbuot va axborot agentligi egallagan bo‘lib, uning saytiga 3911 nafar foydalanuvchi tashrif buyurib, saytning 7816 sahifasini ko‘rib chiqqanlar.

Uchinchi o‘rinni «G‘afur G‘ulom» nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi egallagan. Uning saytiga noyabr oyida 1692 nafar foydalanuvchi tashrif buyurib, saytning 3213 sahifasini ko‘rib chiqqanlar.

To‘rtinchi o‘rinni «O‘zbekiston» nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi egallagan. Uning saytiga noyabr oyida 895 nafar foydalanuvchi tashrif buyurib, saytning 1907 sahifasini ko‘rib chiqqanlar.

Beshinchi o‘rinni «Cho‘lpon» nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi egallagan. Uning saytiga noyabr oyida bor yo‘g‘i 358 nafar foydalanuvchi tashrif buyurib, saytning 1060 sahifasini ko‘rib chiqqanlar.

Oltinchi o‘rinni «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti egallagan. Uning saytiga noyabr oyida bor yo‘g‘i 6 nafar foydalanuvchi tashrif buyurib, saytning 27 sahifasini ko‘rib chiqqanlar.

«O'qituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyi saytiga tashrif buyurish statistikasi
«O'qituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyi saytiga tashrif buyurish statistikasi
Matbuot va axborot agentligi saytiga tashrif buyurish statistikasi
Matbuot va axborot agentligi saytiga tashrif buyurish statistikasi
«G‘afur G‘ulom» nashriyot-matbaa ijodiy uyi saytiga tashrif buyurish statistikasi
«G‘afur G‘ulom» nashriyot-matbaa ijodiy uyi saytiga tashrif buyurish statistikasi
«O‘zbekiston» nashriyot-matbaa ijodiy uyi saytiga tashrif buyurish statistikasi
«O‘zbekiston» nashriyot-matbaa ijodiy uyi saytiga tashrif buyurish statistikasi
«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti saytiga tashrif buyurish statistikasi
«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti saytiga tashrif buyurish statistikasi
«Cho‘lpon» nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi saytiga tashrif buyurish statistikasi
«Cho‘lpon» nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi saytiga tashrif buyurish statistikasi

2013 yilning noyabr oyi uchun O‘zbekistonning yirik nashriyotlari saytlari mashhurligi natijalari mana shulardan iborat.

Biz bilan birga bo‘lganligingiz uchun rahmat!

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

O‘zbekistonning eng yirik nashriyotlari o‘rtasida saytlar mashhurligi reytingi O‘qituvchi G‘afur G‘ulom, O‘zbekiston, O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, Cho‘lpon, Matbuot va axborot agentligi

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Prezident Islom Karimovning Osiyo quyosh energiyasi forumining oltinchi yig‘ilishidagi nutqi

Ma’lumki, sivilizatsiyalar tarixida eng samarali energiya manbalarini topish doimo alohida ahamiyatga ega bo‘lib kelgan...

Eng munosiblar taqdirlandi

2013-yil ham mamlakatimiz madaniy-ma’rifiy hayotida yuksak saviyada o‘tkazilgan rang-barang tadbirlar, ijodiy loyihalar, festivallar, konsertlar, ko‘rik-tanlovlarga boy bo‘ldi...

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте