Yangilangan sana: 2010-07-06 Ko`rilgan: 1154

Eng ulug‘, eng aziz

      O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi va O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi «Eng ulug‘, eng aziz» an’anaviy tanloviga taklif etmoqda.

      Ushbu tanlov «Tasviriy oyina» ijodiy uyushmasi, Yozuvchilar uyushmasi, Milliy teleradiokompaniya, «O‘zbekkino» Milliy agentligi, Badiiy akademiya, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi va Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi bilan hamkorlikda biz uchun eng buyuk, eng aziz qadriyat, erkin, ozod va farovon hayotimiz, g‘urur-iftixorimiz timsoli, ezgu orzu-intilishlarimiz, yutuq va marralarimizning hayotbaxsh manbai – mamlakatimiz mustaqilligining o‘n to‘qqiz yilligiga bag‘ishlab o‘tkazalmoqda.

      Tanlovga «Bu muqaddas Vatanda azizdir inson» degan ezgu g‘oyani o‘zida mujassam etgan ijodiy asarlar qabul qilinadi. Taqdim etiladigan asarlarda Vatanimizning o‘n to‘qqiz yillik mustaqil taraqqiyot yo‘li O‘zbekistonimiz uchun siyosiy sohada, davlat va jamiyat qurilishi, iqtisodiyot, ijtimoiy hayot va ma’naviyat, sud-huquq tizimi, tashqi siyosat va xavfsizlikni ta’minlash borasida rivojlanish va yuksalish, jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egallash davri bo‘lgani, istiqlol xalqimiz uchun yangi-yangi imkoniyatlar tug‘dirib berayotgani, har bir yurtdoshimiz o‘z iste’dodi va qobiliyatini namoyon etishining, mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini ta’minlashning mustahkam zamini bo‘lib kelayotgani chuqur ochib berilgan bo‘lishi kerak.

      Shuningdek, e’lon qilingan materiallar mustaqillik yillarida erishgan eng katta boyligimiz – xalqimizning tinch va osuda hayoti, jamiyatimizdagi o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va bag‘rikenglik kabi olijanob fazilatlar, milliy va umumbashariy qadriyatlarga uyg‘un bo‘lib yashash tamoyili tobora mustahkamlanib borayotganini, betakror merosimiz, boy tariximiz, urf-odat va an’analarimizning qayta tiklanganini, odamlarimizning dunyoqarashi tubdan o‘zgarib, Vatan taqdiri va istiqboliga daxldorlik tuyg‘usi ma’naviy hayotimizning uzviy qismiga aylanib borayotganini, «Barkamol avlod yili» Davlat dasturining ijobiy samaralarini, yoshlarning ta’lim-tarbiyasi, ularning ham ma’naviy, ham jismoniy kamol topayotganini mamlakatimizda va xalqaro jamoatchilik o‘rtasida keng targ‘ib qilishga qaratilgan bo‘lishi zarur.

      «Eng ulug‘, eng aziz» tanlovi quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:

      yozuvchi va shoirlarning badiiy asarlari;

      bosma OAV xodimlarining jurnalistik ishlari;

      televideniye va radio ijodkorlarining materiallari;

      tasviriy san’at asarlari;

      kino san’ati asarlari.

      Tanlovga taqdim etilgan ijodiy ishlarga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi lozim:

      muallif va uning professional faoliyati to‘g‘risida qisqacha ma’lumot;

      muallifning pasporti nusxasi;

      ish joyidan tavsiyanoma;

      muallifning manzili va bog‘lanish telefonlari.

      Tanlovga 2009 yilning 1 avgustidan 2010 yilning 1 avgustigacha bo‘lgan davrda chop etilgan badiiy asarlar, gazeta-jurnallar va internet nashrlarida e’lon qilingan maqolalar, radio va televideniye kanallarida efirga uzatilgan materiallar, e’lon qilingan tasviriy san’at va ekranlarda namoyish etilgan kino san’ati asarlari joriy yilning 10 avgustigacha qabul qilinadi.

      Tanlov g‘oliblari Vatanimiz mustaqilligining o‘n to‘qqiz yillik bayrami arafasida mukofotlanadilar va ularning ro‘yxati matbuotda e’lon qilinadi.

      Ijodiy ishlar «Eng ulug‘, eng aziz» tanloviga deb ko‘rsatilgan holda quyidagi manzilga yuborilishi lozim:

      100129, Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 30-uy. O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi,

      O‘zbekiston Respublikasi «Tasviriy oyina» ijodiy uyushmasi. Telefonlar: 244-12-61; 244-37-87; 244-11-64.

      Boshqa yangiliklar

      * «Zulfiyaxonim qizlari»

      * «Kitob dunyosi» – kitobat san'ati targ'ibotchisi

      * Grafik-rassom ko’rgazmasi

      * Milliy OAVning jamiyat taraqqiyotidagi o’rni

      * Kitob – farzandlar uchun eng yahshi sovg’a

      * "Axloqi muhsiniy" - qadimiy noyob kitob nashrdan chiqdi

(АPIO'z)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Eng ulug‘, eng aziz

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

O'qituvchilarga sertifikatlar topshirildi

      Poytaxtimizdagi 110-maktabda O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va "Iste’dod" jamg’armasi hamkorligidagi "Ustoz-shogird" loyihasi asosida malaka oshirgan umumiy o’rta ta’lim maktablarining o’qituvchilariga sertifikatlar topshirildi.

II Respublika kitob tanlovi

      O’zbekiston Matbuot va axborot agentligining "Kitob dunyosi" gazetasi "Eng yahshi kitob" II Respublika tanlovini o’tkazmoqda.

      Tanlovning asosiy maqsadi matbaa va nashriyot sohasida respublikada faoliyat yurituvchilarni rag’batlantirish hamda kitoblar nashri va matbaa ijrosi sifatini aniqlashdan iborat.

Mashhur yangiliklar

2013-02-20 Oqsaroyda qabul

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте