Yangilangan sana: 2013-11-20 Ko`rilgan: 1018

III Milliy ko‘rgazma

2013 yilning 20-22 noyabr kunlari "О‘zekspomarkaz" Milliy ko‘rgazmalar majmuasi (2-pavilon)da O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining bevosita ko‘magida "O‘zbekiston matbuoti" III Milliy ko‘rgazmasi o‘tkazilmoqda.

“O‘zekspomarkaz” ko‘rgazmalar majmuasida O‘zbekiston matbuoti III Milliy ko‘rgazmasi boshlandi.

Mazkur ko‘rgazma O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tomonidan qator tashkilot va idoralar bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Ko‘rgazmaning ochilishida O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Sh.G‘ulomov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi M.Xo‘jamberdiyev, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktori O.Yunusov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mustaqillik yillarida ijtimoiy-iqtisodiy tarmoqlar bilan birga ommaviy axborot vositalari, matbaa, nashriyot sohalarini jadal ravnaq toptirishga ustuvor vazifa sifatida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan vazifalar axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta’minlashda ham sifat jihatdan yangi bosqichni boshlab berdi. Axborot sohasini yanada liberallashtirish, so‘z erkinligini ta’minlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar ommaviy axborot vositalarining faol rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar ochmoqda.

Sohaga davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan doimiy e’tibor natijasida ommaviy axborot vositalari amalga oshirilayotgan izchil islohotlar ochiqligini, fuqarolarning so‘z erkinligi va fikrlar xilma-xilligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Matbuot, televideniye va radiokanallarning global internet tarmog‘idan joy olishi uchun keng imkoniyatlar yaratilgani barcha sohalardagi tub o‘zgarishlarning ochiqligini ta’minlashga xizmat qilmoqda. O‘zbekiston media tuzilmalarining mamlakatimiz va xorijda bo‘lib o‘tayotgan nufuzli xalqaro forumlarda muntazam ishtirok etayotgani jahon axborot makonida ularning munosib va faol o‘rni borligidan dalolatdir.

Sohaning davlat tomonidan keng qo‘llab-quvvatlanayotgani natijasida 2013-yil 1-noyabr holatiga ko‘ra yurtimizda ommaviy axborot vositalari soni 1377 tani tashkil etmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2011-yil 30-dekabrda qabul qilingan «Ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish uchun qo‘shimcha soliq imtiyozlari va afzalliklar berish to‘g‘risida»gi qarori bosma va elektron media tuzilmalar, nashriyot, poligrafiya korxonalari va matbuot tarqatuvchi tashkilotlar faoliyatini bugungi tezkor davr talabiga monand yo‘lga qo‘yish uchun zarur sharoit yaratish, bu jarayonda ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlashda muhim omil bo‘lmoqda. Ushbu qaror axborot sohasini rivojlantirish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatishda ommaviy axborot vositalarining rolini oshirishda dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda.

– Prezidentimiz tomonidan matbaa sohasini rivojlantirishga ko‘rsatilayotgan ulkan e’tibor va g‘amxo‘rlik jamoamiz faoliyatida o‘zining yaqqol ifodasini topmoqda, – deydi “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi direktorining birinchi o‘rinbosari Muhammadjon Zaytayev. – Davlatimiz rahbarining 2011-yil 30-dekabrda qabul qilingan tegishli qarori asosida korxonamiz uchun ham qo‘shimcha qulaylik va imtiyozlar yaratildi. Bu yangi-yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish, sohani texnik va texnologik jihatdan modernizatsiyalash, pirovardida bosma mahsulotlarning sifati va turini ko‘paytirish, tannarxini nisbatan arzonlashtirish imkonini bermoqda.

“O‘zbekiston matbuoti” III Milliy ko‘rgazmasida qator bosma davriy nashrlar va nashriyotlar, elektron ommaviy axborot vositalari o‘z faoliyatiga oid ma’lumotlar aks etgan maxsus stendlar, rang-barang mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda. Milliy ko‘rgazma doirasida noshirlarimiz tomonidan ikki yuzdan ziyod yangi nomdagi kitob taqdimoti, adib va shoirlar, ko‘rgazma ishtirokchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Uch kun davom etadigan mazkur ko‘rgazmada mamlakatimizdagi oltmishdan ziyod, shuningdek, AQSh, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Xitoy, Yaponiya, Germaniya, Rossiya kabi o‘ndan ortiq davlatlar kompaniyalari o‘z mahsulotlari bilan qatnashmoqda. Ulardan biri Germaniyaning poligrafiya dastgohlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Heidelberg” kompaniyasidir. Kompaniya 15-yildan buyon mamlakatimizning matbaa bozorida bosmaxonalar, nashriyot-matbaa ijodiy uylari bilan samarali hamkorlik qilib kelmoqda.

– Ushbu ko‘rgazma O‘zbekistonning poligrafiya sohasidagi ulkan salohiyatini, mavjud imkoniyatlari, yangidan-yangi istiqbollarini namoyish etishda, sohaga oid yangiliklar bilan tanishishda muhim o‘rin tutadi, – deydi Germaniyaning “Heidelberg” kompaniyasining mintaqaviy ofisi rahbari Yozef Mozer. – Matbaa korxonalariga qo‘shimcha iqtisodiy qulayliklar yaratish, yangi ma’rifat maskanlarini barpo etishga oid sa’y-harakatlar yurtingizda ta’lim sohasidagi islohotlarni yanada rivojlantirish, yoshlarni yuksak bilim va tafakkur sohibi etib kamolga yetkazishdek ezgu maqsadlarga xizmat qilmoqda.

“O‘zbekiston matbuoti” III Milliy ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tomonidan Yozuvchilar uyushmasi, Fanlar akademiyasi, boshqa qator tashkilotlar bilan hamkorlikda “Adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga, kelajakka e’tibor” shiori ostida “Jamiyatning ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotida kitobning o‘rni” mavzusida ilmiy-amaliy seminar o‘tkaziladi.

Ko‘rgazma davomida “Yilning eng yaxshi kitobi” V respublika ko‘rik- tanlovining natijalari ham e’lon qilinadi. Unda mamlakatimiz nashriyotlari beshta yo‘nalish bo‘yicha kitoblari bilan qatnashadi. Tanlov g‘oliblari “O‘zbekiston matbuoti” III Milliy ko‘rgazmasi yakunida tashkilotchilar tomonidan taqdirlanadi.

Ko‘rgazma doirasida 21 noyabr kuni "Adabiyotga e'tibor - ma'naviyatga, kelajakka e'tibor" shiori ostida "Jamiyatning ma'naviy-ma'rifiy taraqqiyotida kitobning o‘rni" mavzuidagi ilmiy-amaliy seminar, "Yilning eng yaxshi kitobi" respublika ko‘rik-tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkaziladi.

Tashkiliy qo‘mita, UzА

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

III Milliy ko‘rgazma

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

O‘qituvchi nashriyot-matbaa ijodiy uyi II darajali diplom bilan taqdirlandi

Toshkent shahar madaniyat muassasalari xodimlari birlashgan kasaba uyushmasi tizimidagi tashkilotlarda...

Prezident Islom Karimovning Osiyo quyosh energiyasi forumining oltinchi yig‘ilishidagi nutqi

Ma’lumki, sivilizatsiyalar tarixida eng samarali energiya manbalarini topish doimo alohida ahamiyatga ega bo‘lib kelgan...

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте