Yangilangan sana: 2013-10-07 Ko`rilgan: 1249

O‘zbekistonning eng yirik nashriyotlari o‘rtasida saytlar mashhurligi reytingi

Bugun 2013 yilning sentyabr oyi uchun «O‘qituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyi, «G‘afur G‘ulom» nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, «O‘zbekiston» nashriyot-matbaa ijodiy uyi,«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, «Cho‘lpon» nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi kabi O‘zbekistonning yirik nashriyotlari o‘rtasidagi eng mashhur saytlar natijasini keltiramiz. Shuningdek, reytingdan O‘zbekiston Respublikasi Matbuot va axborot agentligi saytiga kirish statistikasi ham o‘rin olgan. Barcha statistik ma’lumotlar «O‘zbekiston qidiruv tizimi» va «Hotlog» kompaniyalari tomonidan taqdim etilgan.

Saytlarga kiruvchilar miqdori, ya’ni saytlarga kiruvchi yagona foydalanuvchilar soni bo‘yicha yetakchi o‘rinni «O‘qituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyi egallagan. «O‘qituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyining saytiga sentyabr oyida 8312 internet foydalanuvchilari kirib, saytning 25766 sahifasi bilan tanishib chiqqanlar.

Ikkinchi o‘rinni Matbuot va axborot agentligi egallagan bo‘lib, uning saytiga 3706 nafar foydalanuvchi tashrif buyurib, saytning 7820 sahifasini ko‘rib chiqqanlar.

Uchinchi o‘rinni «G‘afur G‘ulom» nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi egallagan. Uning saytiga sentyabr oyida 2442 nafar foydalanuvchi tashrif buyurib, saytning 6433 sahifasini ko‘rib chiqqanlar.

To‘rtinchi o‘rinni «O‘zbekiston» nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi egallagan. Uning saytiga sentyabr oyida 724 nafar foydalanuvchi tashrif buyurib, saytning 1733 sahifasini ko‘rib chiqqanlar.

Beshinchi o‘rinni «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti egallagan. Uning saytiga sentyabr oyida bor yo‘g‘i 7 nafar foydalanuvchi tashrif buyurib, saytning 37 sahifasini ko‘rib chiqqanlar.

«Cho‘lpon» nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi saytida tashrif buyuruvchilarni hisoblagich o‘rnatilmagan. Shuning uchun undan statistik ma’lumotlarni bilib olishning imkoni yo‘q.

Saytga kiruvchilarning har biriga nisbatan ko‘rib chiqilgan sahifalar bo‘yicha birinchi o‘rinni 3,10 koeffitsiyen bilan «O‘qituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyi egallagan.

Ikkinchi o‘rinni 2,63 koeffitsiyen bilan «G‘afur G‘ulom» nashriyot-matbaa ijodiy uyi egallagan.

Uchinchi o‘rinni 2,39 koeffitsiyen bilan «O‘zbekiston» nashriyot-matbaa ijodiy uyi egallagan.

To'rtinchi o‘rinni 2,11 koeffitsiyen bilan Matbuot va axborot agentligi egallagan.

«O'qituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyi saytiga tashrif buyurish statistikasi
«O'qituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyi saytiga tashrif buyurish 
statistikasi
Matbuot va axborot agentligi saytiga tashrif buyurish statistikasi
Matbuot va axborot agentligi saytiga tashrif buyurish statistikasi
«G‘afur G‘ulom» nashriyot-matbaa ijodiy uyi saytiga tashrif buyurish statistikasi
«G‘afur G‘ulom» nashriyot-matbaa ijodiy uyi saytiga tashrif buyurish statistikasi
«O‘zbekiston» nashriyot-matbaa ijodiy uyi saytiga tashrif buyurish statistikasi
«O‘zbekiston» nashriyot-matbaa ijodiy uyi saytiga tashrif buyurish statistikasi
«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti saytiga tashrif buyurish statistikasi
«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti saytiga tashrif buyurish statistikasi
«Cho‘lpon» nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi saytiga tashrif buyurish statistikasi
«Cho‘lpon» nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi saytiga tashrif buyurish statistikasi

2013 yilning sentyabr oyi uchun O‘zbekistonning yirik nashriyotlari saytlari mashhurligi natijalari mana shulardan iborat.

Biz bilan birga bo‘lganligingiz uchun rahmat!

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

O‘zbekistonning eng yirik nashriyotlari o‘rtasida saytlar mashhurligi reytingi O‘qituvchi G‘afur G‘ulom, O‘zbekiston, O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, Cho‘lpon, Matbuot va   axborot agentligi

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylariga

Har qaysi odamning hayotda sog‘lom va komil inson bo‘lib voyaga yetishida ota-onasi bilan birga muallim va...

Tashabbuskor yoshlar uchun media-trening

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy kengashi raisi B.G‘aniyev va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida istiqlol...

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте