Yangilangan sana: 2013-09-04 Ko`rilgan: 1673
O‘zbekistonning eng yirik nashriyotlari o‘rtasida saytlar mashhurligi reytingi
Bugun 2013 yilning avgust oyi uchun «O‘qituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyi, «G‘afur G‘ulom» nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, «O‘zbekiston» nashriyot-matbaa ijodiy uyi,«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, «Cho‘lpon» nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi kabi O‘zbekistonning yirik nashriyotlari o‘rtasidagi eng mashhur saytlar natijasini keltiramiz. Shuningdek, reytingdan O‘zbekiston Respublikasi Matbuot va axborot agentligi saytiga kirish statistikasi ham o‘rin olgan. Barcha statistik ma’lumotlar «O‘zbekiston qidiruv tizimi» va «Hotlog» kompaniyalari tomonidan taqdim etilgan.
Saytlarga kiruvchilar miqdori, ya’ni saytlarga kiruvchi yagona foydalanuvchilar soni bo‘yicha yetakchi o‘rinni «O‘qituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyi egallagan. «O‘qituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyining saytiga avgust oyida 2956 internet foydalanuvchilari kirib, saytning 11113 sahifasi bilan tanishib chiqqanlar.
Ikkinchi o‘rinni Matbuot va axborot agentligi egallagan bo‘lib, uning saytiga 2321 nafar foydalanuvchi tashrif buyurib, saytning 4280 sahifasini ko‘rib chiqqanlar.
Uchinchi o‘rinni «G‘afur G‘ulom» nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi egallagan. Uning saytiga avgust oyida 1105 nafar foydalanuvchi tashrif buyurib, saytning 2602 sahifasini ko‘rib chiqqanlar.
To‘rtinchi o‘rinni «O‘zbekiston» nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi egallagan. Uning saytiga avgust oyida 592 nafar foydalanuvchi tashrif buyurib, saytning 1355 sahifasini ko‘rib chiqqanlar.
Beshinchi o‘rinni «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti egallagan. Uning saytiga avgust oyida bor yo‘g‘i 5 nafar foydalanuvchi tashrif buyurib, saytning 26 sahifasini ko‘rib chiqqanlar.
«Cho‘lpon» nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi saytida tashrif buyuruvchilarni hisoblagich o‘rnatilmagan. Shuning uchun undan statistik ma’lumotlarni bilib olishning imkoni yo‘q.
Saytga kiruvchilarning har biriga nisbatan ko‘rib chiqilgan sahifalar bo‘yicha birinchi o‘rinni 3,76 koeffitsiyen bilan «O‘qituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyi egallagan.
Ikkinchi o‘rinni 2,35 koeffitsiyen bilan «G‘afur G‘ulom» nashriyot-matbaa ijodiy uyi egallagan.
Uchinchi o‘rinni 2,29 koeffitsiyen bilan «O‘zbekiston» nashriyot-matbaa ijodiy uyi egallagan.
To'rtinchi o‘rinni 1,84 koeffitsiyen bilan Matbuot va axborot agentligi egallagan.






2013 yilning avgust oyi uchun O‘zbekistonning yirik nashriyotlari saytlari mashhurligi natijalari mana shulardan iborat.
"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz
Ana shu buyuk ayyom bilan, haqiqatan ham barchamiz uchun eng ulug‘, eng aziz bayram bilan siz, qadrli yurtdoshlarimni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni chin qalbimdan tabriklashdan baxtiyorman...
Kitobi Аbdurahmon Akbar G‘AROYIB AVTOBUS - СТРАННЫЙ АВТОБУС o‘zbek tilida
Iste’dodli bolalar shoiri va tarjimon Abdurahmon Akbarning usbu kitobchasiga uning, asosan, so‘nggi yillarda yozgan quvnoq she’rlari, tarjimalari, ertak va topishmoqlari, shuningdek, adabiy saboqlari kiritilgan...
Mashhur yangiliklar
2016-03-05 O`zbekiston xotin-qizlariga bayram tabrigi
2015-08-01 1-avgust kuni test sinovlari bo`lib o`tdi
2014-07-12 Sport marafoni
2018-10-26 Rus tilidan husnixat
2018-08-24 Ta`limdagi islohotlarning yangi bosqichi
2019-05-17 O`zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik
2013-06-07 Ra’no – ilk oltin medal sohibasi