Yangilangan sana: 2010-07-05 Ko`rilgan: 1035

O'qituvchilarga sertifikatlar topshirildi

      Poytaxtimizdagi 110-maktabda O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va "Iste’dod" jamg’armasi hamkorligidagi "Ustoz-shogird" loyihasi asosida malaka oshirgan umumiy o’rta ta’lim maktablarining o’qituvchilariga sertifikatlar topshirildi.

      Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirga ta’lim tizimi rahbarlari, o’qituvchilar, uslubchilar taklif etildi.

      O’zbekiston xalq ta’limi vaziri A.Marahimov Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yosh avlodga chuqur bilim va mukammal tarbiya berish, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash masalasi davlatimiz siyosatining muhim yo’nalishlaridan birini tashkil etishini ta’kidladi. Yurtimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan izchil islohotlar barcha bilim maskanlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ta’limni sifat va mazmun jihatdan yangi, yanada yuqori pog’onaga olib chiqish imkonini bermoqda.

      "Barkamol avlod yili" Davlat dasturida pedagog kadrlarning kasb malaka va mahoratini zamon talabi darajasida muttasil oshirib borish, ularning bilim va ko’nikmalarini boyitish muhim yo’nalishlardan biri etib belgilangan. Xalq ta’limi vazirligi va «Iste’dod» jamg’armasi hamkorlikdagi «Ustoz-shogird» loyihasining dastlabki bosqichida Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi umumiy o’rta ta’lim maktablarining 230 nafar pedagog xodimi malaka oshirish kurslarini tamomladi.

      – Biz ikki hafta davomida o’quvchi-yoshlarga muayyan fanlar bo’yicha bilim va tarbiya berishning eng ta’sirchan va samarali usullarini o’rgandik, – deydi Nukus shahridagi 5-umumiy o’rta ta’lim maktabining fizika fani o’qituvchisi Oltinoy O’rozimbetova. – O’tkazilgan mashg’ulotlarda bilimimiz mustahkamlandi. O’qituvchilar uchun tashkil etilgan bunday seminarlar ishga ijodiy yondashuvda, darsni yanada qiziqarli va mazmunli tashkil etishda, o’quvchini fanlarga qiziqtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

      Tadbir yakunida malaka oshirish kurslarini tamomlagan pedagoglarga sertifikatlar topshirildi.

(O'zА)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

O'qituvchilarga sertifikatlar topshirildi

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Fuqarolik jamiyati institutlari tizimida OAV o‘rni

      Parlament quyi palatasida “Fuqarolik jamiyati institutlari tizimida ommaviy axborot vositalarining o‘rni va roli” mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

      Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbir Barkamol avlod yiliga bag‘ishlandi.

      Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, ekspertlar, huquqshunoslar va soha mutaxassislari, shuningdek, Jizzax va Surxondaryo viloyatlaridan tashrif buyurgan yosh jurnalistlar ishtirok etdi.

Eng ulug‘, eng aziz

      O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi va O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi «Eng ulug‘, eng aziz» an’anaviy tanloviga taklif etmoqda.

      Ushbu tanlov «Tasviriy oyina» ijodiy uyushmasi, Yozuvchilar uyushmasi, Milliy teleradiokompaniya, «O‘zbekkino» Milliy agentligi, Badiiy akademiya, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi va Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi bilan hamkorlikda biz uchun eng buyuk, eng aziz qadriyat, erkin, ozod va farovon hayotimiz, g‘urur-iftixorimiz timsoli, ezgu orzu-intilishlarimiz, yutuq va marralarimizning hayotbaxsh manbai – mamlakatimiz mustaqilligining o‘n to‘qqiz yilligiga bag‘ishlab o‘tkazalmoqda.

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте