Yangilangan sana: 2013-08-25 Ko`rilgan: 1383

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma ikki yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma ikki yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at, ma’naviyat va ma’rifat, OAV hamda ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida

Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, milliy g‘oyani rivojlantirish, ma’naviyatimizni tiklash, o‘zligimizni anglash yo‘lida katta hissa qo‘shgan, yorqin iste’dodi va ijodi, ilmiy faoliyati, halol xizmati, yoshlarni ona-yurtga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun quyidagilar faxriy unvonlar va ordenlar bilan taqdirlansin:

“O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi”

Usmonov Jamol Jalolovich – O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, rangtasvirchi rassom

“O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi”

Zokirov Baxtiyor Sobirjonovich – O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti direktori

“O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti”

Abdulazizova Dilbar Sobitovna – Respublika yosh tomoshabinlar teatri aktyori

Mamazoitova Gulsanam Mamadaliyevna – "O‘zbeknavo" estrada birlashmasi xonandasi

Narzullayeva Odinaxon – Muqimiy nomidagi o‘zbek davlat musiqali teatri aktyori

“O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi”

Mardonaqulov Xushboq – Baxshi, Surxondaryo viloyati

Rajabov Mahmatmurod Ismoyilovich – Baxshi, Qashqadaryo viloyati, Nishon tuman madaniyat va sport ishlari bo‘limi xodimi

“O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi”

Xudayberganov Rustam Adambayyevich – Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti professori, rangtasvirchi rassom

“O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi”

Alimboyev Zinnatulla Rahmatovich – "Usto" uyushmasining “Sharqona sayqal” korxonasi yog‘och o‘ymakori

Po‘latov Anvar Athamovich – O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, ganch o‘ymakor usta

“O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi”

Safarov Urish Nishonovich – Toshkent viloyati, Oqqo‘rg‘on tumani Agrobiznes va servis kasb-hunar kolleji informatika fani o‘qituvchisi

“O‘zbekiston Respublikasi xalq hofizi”

Ahmedov O‘ktamjon Ahatovich – Badiiy jamoalar ijodiy birlashmasi artisti

Ro‘zmatov Erkinboy Orizmatovich – O‘zbekiston davlat konservatoriyasi dotsenti

"O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist"

Berdiqulova Muyassarxon Tursunovna – O‘zbek milliy akademik drama teatri aktrisasi

Jabborov To‘lqinboy Bahodirovich – Xorazm viloyat “Maqomchilar” ansambli xonandasi

Karimova Azizaxon Hamidovna – Namangan viloyat musiqali drama va komediya teatri vokal artisti

Mo‘minov Muhsimjon Mansurovich – Akademik va xalq badiiy jamoalari direksiyasi "Mumtoz" ansambli xonandasi

Mo‘minov Yahyoxon Mansurovich – Farg‘ona viloyati, Buvayda tuman 2-son madaniyat uyi badiiy rahbari

Nadirova Aygul Bazarbayevna – Nukus davlat pedagogika instituti katta o‘qituvchisi, xonanda

Ramazonov Bozor Avazovich – Surxondaryo viloyat musiqali drama teatri aktyori

Yo‘ldoshev Abdurashid Abduvahobovich – "O‘zbeknavo" estrada birlashmasi xonandasi

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi”

Nasimov Abdulla Murodovich – Samarqand davlat universitetining “Organik va anorganik kimyo” kafedrasi professori

Shin Agrepina Vasilevna – Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji direktori

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist”

Reymov Kengesbay Begdullayevich – "Erkin Qaraqalpaqstan"-"Vesti Karakalpakstana" gazetalari bosh muharriri

Temirov Botir O‘tkirovich – "Qashqadaryo"-"Novosti Kashkadari" gazetalari bosh muharriri o‘rinbosari

Yoqubova Sultonposhsha Madraimovna – O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali direktori o‘rinbosari

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi”

Allaberganov Masharip Jumaniyozovich – "Xiva" folklor etnografik xalq ansambli badiiy rahbari

Boboyev Sanjar Sobirovich – O‘zbekiston kinoarboblar birlashmasi a’zosi, kinorejissyor

Ismoilov Bobur Abdurahimovich – O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, rassom

Karimov G‘ulom Abduqayumovich – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi

Qo‘chqorov Yangiboy Bozorboyevich – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir

Sattorov Azamat Nashpandovich – O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasining Qashqadaryo viloyat bo‘limi raisi

Usmonov Erkin Mirsoatovich – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi”

Maqsudova Zulfiya Ro‘zimatovna – Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi “Shoshilinch ko‘z mikroxirurgiyasi va jarohati” bo‘limi mudiri

Hakimov Ismoil Fattoyevich – Namangan viloyati, Kosonsoy tumani “Obodon” qishloq vrachlik punkti mudiri

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi”

Musayev Ahmadjon Rasulevich – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi

Nuraliyev Dilshod Jo‘rayevich – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi

Shamurov Zokir Aliyevich – Surxondaryo viloyati, Qumqo‘rg‘on tuman bolalar va o‘smirlar sport maktabi direktori

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi”

Imomov Yahyo Qurbonmurodovich –Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Nurudinov Ruslan Shamilevich – Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

"O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi"

Allaniyazova Roza Erniyazovna– Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qanliko‘l tumanidagi 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabining qoraqalpoq tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi

“El-yurt hurmati” ordeni bilan

Usmonqulov Obloqul – O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi a’zosi

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan

Abdurashidov Abdulahat – Badiiy jamoalar ijodiy birlashmasi xalq cholg‘u orkestrining oliy darajali artist-sozandasi

Melnikova Galina Vitalevna – O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali “Axborot” informatsion dasturlar bosh muharririyati diktori

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan

Abdullayev Odamboy Salayevich – Xorazm viloyat musiqali drama teatri sahnalashtiruvchi rejissyori

Akobirov Bo‘ron Ramazonovich – Buxoro viloyat qo‘g‘irchoq teatri bosh rejissyori

Ochilova Muqaddam Umirzoqovna – Qarshi shahridagi 26-umumiy o‘rta ta’lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi

Boltayev Kamol Jumayevich – Buxoro davlat tibbiyot instituti kafedra mudiri

Jo‘rayev Shavkat Rahimovich – Samarqand davlat musiqali drama teatri vokal artisti

Qo‘ldoshev Tohirjon Abduqodirovich – Namangan shahar markaziy shifoxonasi nefrologiya va gemodializ bo‘limi mudiri

Maqsudov Muhammadjon – O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Namangan viloyat teleradiokompaniyasi direktori

Mamasharipova Dilorom Muhammadiyevna – Samarqand viloyati, Oqdaryo tumanidagi 45-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining informatika fani o‘qituvchisi

Mnajov Iniyat Kaypovich – O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Nukus teleradiomarkazi ko‘chma texnika vositalari guruhi boshlig‘i

Nazarov Bahodir Xakkiyevich – Muqimiy nomidagi o‘zbek davlat musiqali teatri bosh rejissyori

Rustamov Suvonqul Ramazonovich – "Temiryo‘lchi" gazetasi muharriri

Safarova Shoira Xolovna – Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi Qarshi filiali arterial-gipertenziya bo‘limi boshlig‘i

Shoyusupov Narimon Ramizovich – Toshkent shahar onkologiya dispanseri bo‘lim mudiri

Mamlakatimizda har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish ishiga qo‘shgan katta hissasi hamda yoshlarni Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat, sog‘lom turmush tarzi tamoyillari ruhida tarbiyalashdagi xizmatlari uchun quyidagilar mukofotlansin:

II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan

Allaberganova Feruza Yo‘ldoshevna – Xorazm viloyati, Qo‘shko‘pir tumanidagi 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi

Ziyoyev Orif Hakimovich – Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filiali bolalar anesteziologiya-reanimatologiyasi bo‘limi mudiri

Hakimova Zulfiya Hurmatovna – Toshkent viloyati, Zangiota tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli qishloq vrachlik punkti mudiri

Husanova Gulchehra Suyunovna – Samarqand viloyati, Nurobod tuman tibbiyot birlashmasi shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limi katta hamshirasi

"Do‘stlik" ordeni bilan

Abdulxayirov Muhammadiso – "O‘zbekfilm" kinostudiyasi aktyori

Akopova Raisa Ivanovna – Respublika estrada-sirk kolleji estrada cholg‘ulari bo‘limi o‘qituvchisi

Akramov Rustam – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi texnik direktori

Ahmedov Muzaffar Usmonovich – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir

Belozerova Liliya Stanislavovna – Toshkent shahar “Svitanak” belorus milliy-madaniy markazi raisi

Berdiqulov Bahodir Do‘stmurodovich – Samarqand viloyati, Tayloq Olimpiya zaxiralari kolleji milliy kurash bo‘limi bosh murabbiyi

Vulf Olga Eduardovna – "O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi yetakchi muharriri

Gubanova Natalya Grigorevna – O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti laboratoriya mudiri

Evstafeyev Aleksey Vladimirovich – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi katta murabbiyi

Isxakov Eduard Grigorevich – Samarqand davlat musiqali drama teatri orkestr sozandasi

Kulagin Ilya Aleksandrovich – O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti yetakchi ilmiy xodimi

Mamatqulov Jo‘ra – "Jizzax haqiqati"-"Djizakskaya pravda" gazetalari muxbiri

Nuriddinov Qahramon Nizomovich – "O‘zbekfilm" kinostudiyasi sahnalashtiruvchi rassomi

Radzivil Svetlana Mixaylovna – Engil atletika bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi terma jamoasi a’zosi

To‘rayev Norquvvat Tojimurodovich – "Ma’rifat"-"Uchitel Uzbekistana" gazetalarining Surxondaryo viloyati bo‘yicha muxbiri

O‘rmonov Anvar Faridovich – O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Sport” teleradiokanali rejissyori

Fayzullayev Husan – Samarqand san’at kolleji “An’anaviy ijrochilik” bo‘limi o‘qituvchisi

Xaydukov Valeriy Aleksandrovich – "Usto" uyushmasining Farg‘ona badiiy ishlab chiqarish korxonasi rassomi

Chernyavskaya Nina Valentinovna – Toshkent davlat musiqali komediya (operetta) teatri truppa boshlig‘i

Shoymatov Boboqul – Navoiy davlat konchilik institutining “Elektr energetikasi” kafedrasi dotsenti

Ergashev Murodxon Niyozxonovich – "Rev tours" mas’uliyati cheklangan jamiyati sayyohlik firmasi direktori, tarjimon

Halimov Abduroziq Malikovich – O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” telekanali “Axborot” informatsion dasturlar muharririyati muxbir-reportyori

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy va ijtimoiy islohotlardagi faol ishtiroki, samarali mehnati, yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash ishiga qo‘shgan hissasi uchun quyidagilar mukofotlansin:

“Shuhrat” medali bilan

Abjalova Inabad Takabayevna – Toshkent viloyati, Olmaliq shahar O‘lkashunoslik muzeyi direktori

Abzalov Alisher Rustamovich – O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Toshkent” teleradiokanali bosh rejissyori

Ayxodjayeva Aziza Sadenovna – "Nurlы jol" gazetasi bo‘lim mudiri

Akramova Xotira Nasriddinovna – Andijon san’at kolleji “Xalq cholg‘ulari bo‘limi” boshlig‘i

Alimatov Abdurahmon Valiyevich – O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Toshkent telemarkazi guruh boshlig‘i

Ashirov Bohodir Bahromovich – "Usto" uyushmasi “Goldenganch Mansurjon” kichik korxonasi ganch o‘ymakori

Bobojonova Rimajon Kuramboyevna – Xorazm viloyati, Urganch turizm va tadbirkorlik kasb-hunar kollejining maxsus fan o‘qituvchisi

Berdiyev Qurbon Jo‘rayevich – Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatri truppa boshlig‘i

Bo‘ronboyeva Mavluda Majidovna – Yangiyo‘l tuman 3-son ko‘zi ojizlar madaniyat uyi badiiy rahbari

G‘oibova Orom Ahtamovna – "Navoiyazot" ochiq aksiyadorlik jamiyati “Shirin” madaniyat saroyining “Istiqlol” badiiy jamoasi rahbari

Gracheva Gozel Djorayevna – Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi tibbiyot-sanitariya birlashmasining 1-terapiya bo‘limi uchastka hamshirasi

Jabborov Usmon Ibrohimovich – Buxoro viloyati, Jondor tuman madaniyat va sport ishlari bo‘limi mudiri

Jumaniyozova Gulnora Ismoilovna – O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti yetakchi ilmiy xodimi

Jo‘rayeva Hafiza Mahmudovna – Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahridagi 17-“Mehribonlik uyi” tarbiyachisi

Jalilova Feruza Abdusamatovna – "Tong yulduzi" gazetasi bosh muharriri

Jamoldinov Akmaljon Zaylobidinovich – "Turkiston" konsert saroyi bosh rassomi

Jonixonov Maqsud O‘roqovich – "Xalq so‘zi" gazetasi bo‘lim muharriri

Jumayeva Gulandom Roziqovna – Navoiy viloyati, Qiziltepa tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli qishloq vrachlik punkti mudiri

Jo‘rayeva Tojixon Rahmonovna – Farg‘ona viloyati, Furqat tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli qishloq vrachlik punkti shifokori

Imomova Dilfuza Ismatullayevna – Navoiy viloyati, Karmana tumani Do‘rman qishloq madaniyat uyi badiiy rahbari

Yo‘ldosheva Rahbaroy Boqibekovna – Sirdaryo viloyati, Guliston shahar tibbiyot birlashmasi markaziy shifoxonasi hamshirasi

Majidov G‘ayrat Ahadovich – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir

Mamatqulov Rustam Ahmadaliyevich – Andijon san’at kolleji o‘qituvchisi

Mansurova Feruza Mahmudovna – Namangan viloyati, Chortoq tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining biologiya fani o‘qituvchisi

Matboboyev Boqijon Hoshimovich – O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti yetakchi ilmiy xodimi

Maxatayev Bahodir Namozovich – "Sharq" nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi matbaachisi

Mirfayozov Shuhrat Xolmurodovich – G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi bosh rassomi

Muqimova Lolaxon Tolibovna – Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumanidagi 11-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi o‘qituvchisi

Mo‘minov Husanboy Najmiddinovich – Andijon viloyati, Oltinko‘l tuman tibbiyot birlashmasi markaziy shifoxonasi anesteziolog-reanimatologi

Mustafoyev Shuhrat Toshtemirovich – Sirdaryo viloyati, Yangiyer qurilish va kommunal xo‘jaligi kasb-hunar kollejining ishlab chiqarish ta’limi ustasi

Musurmonqulov Farhod O‘rolovich – Guliston davlat universiteti o‘qituvchisi, ma’naviyat targ‘ibotchisi

Normurodova Dilbar Abdiqosimovna – Surxondaryo viloyati, Termiz shahridagi 11-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi

Oralov Husan Tojiyevich – Qashqadaryo viloyati, G‘uzor agrobiznes kasb-hunar kollejining fizika fani o‘qituvchisi

Ortiqov Umar Boltatoshovich – Samarqand iqtisodiyot va servis instituti qoshidagi akademik litseyning matematika fani o‘qituvchisi

Paluanova Jupargul Janabayevna – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Kegeyli tuman tibbiyot birlashmasi terapiya bo‘limi mudiri

Rahimova Dilorom Shokirovna – Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasi bosh muharriri

Ro‘ziqulov Shuhrat Xolmatovich – Surxondaryo viloyati, Termiz shahar bolalar yuqumli kasalliklar shifoxonasi reanimatsiya bo‘limi boshlig‘i

Ro‘zmetov Hayitboy Otajonovich – Xorazm viloyati, Xonqa tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli “Oltin sohil” qishloq vrachlik punkti mudiri

Sadikova Mavjuda Azimovna – "O‘zbekiston" nashriyot-matbaa ijodiy uyi muqovalash sexi mashinisti

Temirov Sobirjon G‘ulomovich – "Beshariq tongi" gazetasi muharriri

To‘raqulov Zohir Tohirovich – "Adolat" gazetasining Samarqand viloyati bo‘yicha muxbiri

To‘raqulov Obloqul – "Hunarmand" uyushmasi a’zosi, kashtado‘z

Tursunov Azlar Nazarovich – O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Toshkent telemarkazini elektr quvvati bilan ta’minlash guruhi boshlig‘i

Usmonov Salohiddin Aliqulovich – Jizzax politexnika instituti kafedra mudiri

Usmonova Munavvarxon Abduhokimovna – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi adabiy maslahatchisi, shoir

Hayitboyeva Zumrat Bozorovna – Xorazm viloyati, Shovot tumani Monoq qishloq madaniyat uyi direktori

Xametov Rustam Raufovich – "O‘zbekdavlatsirki" Respublika birlashmasi sirk artisti

Hasanov Xolboy Hasanovich – Surxondaryo viloyat o‘lkashunoslik muzeyi bo‘lim mudiri

Hojimetov Bahodir Rahimovich – O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, miniatyurachi rassom

Xudaybergenov Ergash Qalandarovich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, To‘rtko‘l tuman madaniyat va sport ishlari bo‘limi boshlig‘i

Choriyev Ikromjon Bo‘riyevich – O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” telekanali “Madaniy-ma’rifiy va badiiy dasturlar” muharririyatining bosh muharriri o‘rinbosari

Sharipov Almamat Shonazarovich – Qarshi shahar madaniyat uyi qoshidagi “Tarona” ashula va raqs ansambli rahbari

Erkayev Bahodir Turg‘unovich – Farg‘ona ixtisoslashgan bolalar va o‘smirlar olimpiya zaxiralari sport maktabining boks bo‘limi murabbiyi

Yo‘ldosheva Karima Turg‘unboyevna – Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumanidagi 23-umumiy o‘rta ta’lim maktabining musiqa fani o‘qituvchisi

Qodirova Saida Niyozovna – Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi reanimatsiya bo‘limi hamshirasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov
Toshkent shahri, 2013-yil 23-avgust

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma ikki yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

“O‘zbekiston Qahramoni” unvonini berish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash...

Prezident Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma ikki yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi tabrik so‘zi

Ana shu buyuk ayyom bilan, haqiqatan ham barchamiz uchun eng ulug‘, eng aziz bayram bilan siz, qadrli yurtdoshlarimni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni chin qalbimdan tabriklashdan baxtiyorman...

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте