Yangilangan sana: 2013-08-06 Ko`rilgan: 1168

Mamlakatimizda Salomatlik haftaligi boshlandi

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda millat genofondini saqlash va yaxshilash, aholining umr ko‘rish davomiyligini va turmush darajasini oshirish, sog‘lom avlodni dunyoga keltirish va tarbiyalash uchun barcha shart-sharoitni yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Turmush qurishdan oldingi majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tizimi joriy etildi, hududlarda ona va bola perinatal hamda skrining markazlari faoliyati samarali yo‘lga qo‘yildi. Qishloq joylardagi barcha homilador ayollar davlat byudjeti hisobidan zarur polivitaminlar bilan ta’minlanmoqda.

Sog‘lom bola – sog‘lom kelajak. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Vatanimiz mustaqilligining 22-yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan bu loyiha doirasida Mehribonlik va Muruvvat uylari, maxsus maktab-internatlar tarbiyalanuvchilari, alohida ehtiyojli oilalarning farzandlari, imkoniyati cheklangan bolalar chuqur tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan “Sog‘lom ona – sog‘lom bola” milliy modeli Birlashgan Millatlar Tashkilotining Mingyillik rivojlanish maqsadlariga erishishning samarali strategiyalaridan biri sifatida e’tirof etilgan. Hozir mamlakatimizdagi 92 foiz o‘g‘il-qizning vazn va bo‘yga doir ko‘rsatkichlari Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti standartlariga to‘la mos keladi. Agar 2005-yilda yurtimizda mutlaq sog‘lom bolalar 52,7 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2013-yilda bu ko‘rsatkich 63 foizdan oshib, surunkali kasalliklarga chalingan bolalar soni keskin kamaymoqda.

Bolalarni o‘z vaqtida emlashning milliy taqvimi ishlab chiqilgani va izchillik bilan amalga oshirilayotgani natijasida poliomiyelit, chaqaloqlar qoqsholi, difteriya kabi xastaliklarga mamlakatimizda butunlay barham berildi. So‘nggi yillarda qizamiq va qizilcha deyarli qayd etilmagan bo‘lsa, oxirgi o‘n yilda 10 yoshgacha bolalarda virusli gepatitning “V” turi umuman ro‘yxatga olinmadi.

Unni zarur mikroelementlar bilan to‘yintirish, osh tuzini yodlash dasturlari samarasida aholi o‘rtasida yod tanqisligi va tug‘ish yoshidagi ayollar o‘rtasida kamqonlik kasalligi sezilarli darajada kamayishiga erishilmoqda.

"Sog‘lom bola – sog‘lom kelajak" shiori ostida joriy yilning 5-9-avgust kunlari bo‘lib o‘tadigan navbatdagi Salomatlik haftaligi mamlakatimizda aholi salomatligini saqlashga qaratilayotgan e’tiborning yana bir amaliy ifodasidir. Haftalik tadbirlariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi davolash muassasalarining eng malakali shifokorlari jalb qilingan.

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Mamlakatimizda Salomatlik haftaligi boshlandi

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

O‘zbekistonning eng yirik nashriyotlari o‘rtasida saytlar mashhurligi reytingi

Bugun 2013 yilning iyul oyi uchun «O‘qituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyi, «G‘afur G‘ulom» nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, «O‘zbekiston» nashriyot-matbaa ijodiy uyi,«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, «Cho‘lpon» nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi kabi O‘zbekistonning yirik nashriyotlari o‘rtasidagi eng mashhur saytlar natijasini keltiramiz...

Sertifikatlar va diplomlar

Sertifikatlar va diplomlar...

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте