Yangilangan sana: 2013-08-01 Ko`rilgan: 1161

O‘zbekistonning eng yirik nashriyotlari o‘rtasida saytlar mashhurligi reytingi

Bugun 2013 yilning iyul oyi uchun «O‘qituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyi, «G‘afur G‘ulom» nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, «O‘zbekiston» nashriyot-matbaa ijodiy uyi,«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, «Cho‘lpon» nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi kabi O‘zbekistonning yirik nashriyotlari o‘rtasidagi eng mashhur saytlar natijasini keltiramiz. Shuningdek, reytingdan o‘zbekiston Respublikasi Matbuot va axborot agentligi saytiga kirish statistikasi ham o‘rin olgan. Barcha statistik ma’lumotlar «O‘zbekiston qidiruv tizimi» va «Hotlog» kompaniyalari tomonidan taqdim etilgan.

Saytlarga kiruvchilar miqdori, ya’ni saytlarga kiruvchi yagona foydalanuvchilar soni bo‘yicha yetakchi o‘rinni «O‘qituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyi egallagan. «O‘qituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyining saytiga iyul oyida 3458 internet foydalanuvchilari kirib, saytning 13688 sahifasi bilan tanishib chiqqanlar.

Ikkinchi o‘rinni Matbuot va axborot agentligi egallagan bo‘lib, uning saytiga 1924 nafar foydalanuvchi tashrif buyurib, saytning 4792 sahifasini ko‘rib chiqqanlar.

Uchinchi o‘rinni «G‘afur G‘ulom» nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi egallagan. Uning saytiga iyul oyida 963 nafar foydalanuvchi tashrif buyurib, saytning 2512 sahifasini ko‘rib chiqqanlar.

To‘rtinchi o‘rinni «O‘zbekiston» nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi egallagan. Uning saytiga iyul oyida 640 nafar foydalanuvchi tashrif buyurib, saytning 1691 sahifasini ko‘rib chiqqanlar.

Beshinchi o‘rinni «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti egallagan. Uning saytiga iyul oyida bor yo‘g‘i 5 nafar foydalanuvchi tashrif buyurib, saytning 23 sahifasini ko‘rib chiqqanlar.

«Cho‘lpon» nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi saytida tashrif buyuruvchilarni hisoblagich o‘rnatilmagan. Shuning uchun undan statistik ma’lumotlarni bilib olishning imkoni yo‘q.

Saytga kiruvchilarning har biriga nisbatan ko‘rib chiqilgan sahifalar bo‘yicha birinchi o‘rinni 3,96 koeffitsiyen bilan «O‘qituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyi egallagan.

Ikkinchi o‘rinni 2,64 koeffitsiyen bilan "O‘zbekiston" nashriyot-matbaa ijodiy uyi egallagan.

Uchinchi o‘rinni 2,60 koeffitsiyen bilan "G‘afur G‘ulom" nashriyot-matbaa ijodiy uyi egallagan.

To'rtinchi o‘rinni 2,49 koeffitsiyen bilan Matbuot va axborot agentligi egallagan.

«O'qituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyi saytiga tashrif buyurish statistikasi
«O'qituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyi saytiga tashrif buyurish statistikasi
Matbuot va axborot agentligi saytiga tashrif buyurish statistikasi
Matbuot va axborot agentligi saytiga tashrif buyurish statistikasi
«G‘afur G‘ulom» nashriyot-matbaa ijodiy uyi saytiga tashrif buyurish statistikasi
«G‘afur G‘ulom» nashriyot-matbaa ijodiy uyi saytiga tashrif buyurish statistikasi
«O‘zbekiston» nashriyot-matbaa ijodiy uyi saytiga tashrif buyurish statistikasi
«O‘zbekiston» nashriyot-matbaa ijodiy uyi saytiga tashrif buyurish statistikasi
«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti saytiga tashrif buyurish statistikasi
«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti saytiga tashrif buyurish statistikasi
«Cho‘lpon» nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi saytiga tashrif buyurish statistikasi
«Cho‘lpon» nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi saytiga tashrif buyurish statistikasi

2013 yilning iyul oyi uchun O‘zbekistonning yirik nashriyotlari saytlari mashhurligi natijalari mana shulardan iborat.

Biz bilan birga bo‘lganligingiz uchun rahmat!

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

O‘zbekistonning eng yirik nashriyotlari o‘rtasida saytlar mashhurligi reytingi

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Kitobi Аnvar Obidjon JAJJI-JAJJI KULCHALAR (МАЛЕНЬКИЕ-МАЛЕНЬКИЕ ЛЕПЕШКИ) o‘zbek tilida

Bolalarning sevimli shoiri Anvar Obidjonning she’rlari o‘zining yumorga boyligi, yangi fikrni dadil ayta olishi, puxtaligi, ixchamligi, she’r qahramonlarining zukko — topqirligi, sodda va yoqimliligi bilan alohida ajralib turadi...

Mamlakatimizda Salomatlik haftaligi boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Vatanimiz mustaqilligining 22-yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan bu loyiha...

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте