Yangilangan sana: 2013-07-21 Ko`rilgan: 1024

O‘zbekistonning eng yirik nashriyotlari o‘rtasida saytlar mashhurligi reytingi

Bugun 2013 yilning iyun oyi uchun «O‘qituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyi, «G‘afur G‘ulom» nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, «O‘zbekiston» nashriyot-matbaa ijodiy uyi, «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, «Cho‘lpon» nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi kabi O‘zbekistonning yirik nashriyotlari o‘rtasidagi eng mashhur saytlar natijasini keltiramiz. Shuningdek, reytingdan o‘zbekiston Respublikasi Matbuot va axborot agentligi saytiga kirish statistikasi ham o‘rin olgan. Barcha statistik ma’lumotlar «O‘zbekiston qidiruv tizimi» va «Hotlog» kompaniyalari tomonidan taqdim etilgan.

Saytlarga kiruvchilar miqdori, ya’ni saytlarga kiruvchi yagona foydalanuvchilar soni bo‘yicha yetakchi o‘rinni «O‘qituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyi egallagan. «O‘qituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyining saytiga iyun oyida 4049 internet foydalanuvchilari kirib, saytning 14671 sahifasi bilan tanishib chiqqanlar.

Ikkinchi o‘rinni Matbuot va axborot agentligi egallagan bo‘lib, uning saytiga 3509 nafar foydalanuvchi tashrif buyurib, saytning 7298 sahifasini ko‘rib chiqqanlar.

Uchinchi o‘rinni «G‘afur G‘ulom» nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi egallagan. Uning saytiga iyun oyida 1290 nafar foydalanuvchi tashrif buyurib, saytning 3085 sahifasini ko‘rib chiqqanlar.

To‘rtinchi o‘rinni «O‘zbekiston» nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi egallagan. Uning saytiga iyun oyida 896 nafar foydalanuvchi tashrif buyurib, saytning 1989 sahifasini ko‘rib chiqqanlar.

Beshinchi o‘rinni «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti egallagan. Uning saytiga iyun oyida bor yo‘g‘i 8 nafar foydalanuvchi tashrif buyurib, saytning 58 sahifasini ko‘rib chiqqanlar.

«Cho‘lpon» nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi saytida tashrif buyuruvchilarni hisoblagich o‘rnatilmagan. Shuning uchun undan statistik ma’lumotlarni bilib olishning imkoni yo‘q.

Saytga kiruvchilarning har biriga nisbatan ko‘rib chiqilgan sahifalar bo‘yicha birinchi o‘rinni 3,62 koeffitsiyen bilan «O‘qituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyi egallagan.

Ikkinchi o‘rinni 2,39 koeffitsiyen bilan «G‘afur G‘ulom» nashriyot-matbaa ijodiy uyi egallagan.

Uchinchi o‘rinni 2,21 koeffitsiyen bilan «O‘zbekiston» nashriyot-matbaa ijodiy uyi egallagan.

Reytingni Matbuot va axborot agentligi 2,07 koeffitsiyent bilan yakunlagan, ya’ni bitta tashrif buyuruvchi o‘rtacha 2 sahifani ko‘rib chiqqan.

«O'qituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyi saytiga tashrif buyurish statistikasi
«O'qituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyi saytiga tashrif buyurish statistikasi
Matbuot va axborot agentligi saytiga tashrif buyurish statistikasi
Matbuot va axborot agentligi saytiga tashrif buyurish statistikasi
«G‘afur G‘ulom» nashriyot-matbaa ijodiy uyi saytiga tashrif buyurish statistikasi
«G‘afur G‘ulom» nashriyot-matbaa ijodiy uyi saytiga tashrif buyurish statistikasi
«O‘zbekiston» nashriyot-matbaa ijodiy uyi saytiga tashrif buyurish statistikasi
«O‘zbekiston» nashriyot-matbaa ijodiy uyi saytiga tashrif buyurish statistikasi
«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti saytiga tashrif buyurish statistikasi
«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti saytiga tashrif buyurish statistikasi
«Cho‘lpon» nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi saytiga tashrif buyurish statistikasi
«Cho‘lpon» nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi saytiga tashrif buyurish statistikasi

2013 yilning iyun oyi uchun O‘zbekistonning yirik nashriyotlari saytlari mashhurligi natijalari mana shulardan iborat.

Biz bilan birga bo‘lganligingiz uchun rahmat!

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

O‘zbekistonning eng yirik nashriyotlari o‘rtasida saytlar mashhurligi reytingi

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Yilning eng faol yosh jurnalisti

O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi...

Kitobi Sog‘lom farzand tarbiyasining sirlari, muallif Sh. Shomansurov va b.

Sh. Shomansurov va b. muallifligidagi "Sog‘lom farzand tarbiyasining sirlari" kitobi nashr qilindi. Toshkentda sotib olish o‘qish, buyurtma berish va yuklab olish...

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте