Yangilangan sana: 2013-07-20 Ko`rilgan: 1173

Yilning eng faol yosh jurnalisti

Diqqat: tanlov!

O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, Milliy teleradiokompaniya, “O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasi, Elektron ommaviy axborot vositalari Milliy assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi yoshlarni milliy istiqlol g‘oyasi ruhida jismonan sog‘lom, ma’naviy yetuk, dunyoqarashi teran va mustaqil fikrlaydigan barkamol avlod etib tarbiyalash, yoshlarda milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va mustahkamlash, xalqimiz mentalitetiga yot bo‘lgan turli illatlarga qarshi kurashish ko‘nikmalarini shakllantirish, yosh jurnalistlarning jamiyatdagi faolligini oshirish, ular orasidan iqtidorli yoshlarni kashf etish, ularni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida ommaviy axborot vositalari xodimlari o‘rtasida “Yilning eng faol yosh jurnalisti” respublika tanlovini o‘tkazadi.

Tanlovda respublika ommaviy axborot vositalarida faoliyat yuritayotgan hamda tahririyatlar bilan yaqin hamkorlik qilayotgan 30 yoshgacha bo‘lgan jurnalistlar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovga taqdim etiladigan ijodiy ishlarda Prezidentimiz rahnamoligida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatining mazmun-mohiyati, yoshlarni Vatanimiz, xalqimiz, milliy qadriyatlarimizga hurmat va sadoqat ruhida tarbiyalash masalalari, davlatimiz tomonidan yoshlar uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar keng ochib berilgan bo‘lishi darkor.

Tanlovga taqdim etiladigan materiallar 2013-yilning 1-noyabrigacha “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi (Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi 11-uy)da qabul qilinadi.

Tanlovga taqdim etiladigan ijodiy ishlarga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
– muallifning pasport nusxasi;
– tahririyat yoki o‘quv yurtidan berilgan tavsiyanoma;
– 4x6 hajmdagi 2 dona fotosurat;
– muallifning bog‘lanish telefonlari.

Tanlov g‘oliblari maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Tanlov g‘oliblariga mukofotlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 21-yillik bayrami arafasida topshiriladi.

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Yilning eng faol yosh jurnalisti

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Chatda online konsultant bilan jonli muloqot

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi saytiga yangi interfaol xizmat — onlayn konsultant bilan jonli muloqot qo‘shildi...

O‘zbekistonning eng yirik nashriyotlari o‘rtasida saytlar mashhurligi reytingi

Bugun 2013 yilning iyun oyi uchun «O‘qituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyi, «G‘afur G‘ulom» nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, «O‘zbekiston» nashriyot-matbaa ijodiy uyi, «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, «Cho‘lpon» nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi kabi O‘zbekistonning yirik nashriyotlari o‘rtasidagi eng mashhur saytlar natijasini keltiramiz...

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте