Yangilangan sana: 2010-06-24 Ko`rilgan: 1111

Fuqarolik jamiyati institutlari tizimida OAV o‘rni

      Parlament quyi palatasida “Fuqarolik jamiyati institutlari tizimida ommaviy axborot vositalarining o‘rni va roli” mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

      Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbir Barkamol avlod yiliga bag‘ishlandi.

      Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, ekspertlar, huquqshunoslar va soha mutaxassislari, shuningdek, Jizzax va Surxondaryo viloyatlaridan tashrif buyurgan yosh jurnalistlar ishtirok etdi.

      Mazkur qo‘mita raisi A.Jo‘raboyev boshqargan yig‘ilishda ta’kidlanganidek, mamlakatimizda ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish bo‘yicha aniq va tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Ommaviy axborot vositalari faoliyatini tartibga soluvchi o‘ndan ziyod qonun qabul qilindi.

      Bugungi kunda mamlakatimizda mingdan ziyod ommaviy axborot vositalari samarali faoliyat ko‘rsatmoqda. Milliy matbuotimizning sifati va ta’sirchanligini yanada oshirish, uni rivojlangan davlatlarning ommaviy axborot vositalari erishgan yuksak talab va mezonlar darajasiga ko‘tarish uchun imkon beradigan shart-sharoitlarni yaratish maqsadida sohaga oid qonunchilik yanada takomillashtirilmoqda. Ayniqsa, nodavlat ommaviy axborot vositalarining, mualliflik huquqi va intellektual mulk himoyasining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish muhim ahamiyatga ega.

      Yig‘ilishda bosma ommaviy axborot vositalari iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlashga, axborot sohasida bozor munosabatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan loyiha va dasturlarni yaratish, ijodiy va texnik xodimlarni tayyorlash, ularning malakasi va ijodiy faolligini oshirishga qaratilgan tadbirlar samaradorligiga erishish yuzasidan fikr almashildi.

(O'zА)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Fuqarolik jamiyati institutlari tizimida OAV o‘rni

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining o‘ninchi yig‘ilishi to‘g‘risida

      2010 yil 11 iyun kuni Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga (SHHT) a’zo davlatlar rahbarlari kengashining o‘ninchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. SHHTga raislik qiluvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan ushbu sammitda Tashkilotga a’zo davlatlar, SHHT huzuridagi kuzatuvchi davlatlar rahbarlari va delegatsiyalar rahbarlari ishtirok etadi.

O'qituvchilarga sertifikatlar topshirildi

      Poytaxtimizdagi 110-maktabda O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va "Iste’dod" jamg’armasi hamkorligidagi "Ustoz-shogird" loyihasi asosida malaka oshirgan umumiy o’rta ta’lim maktablarining o’qituvchilariga sertifikatlar topshirildi.

Mashhur yangiliklar

2015-07-06 Bosma uskuna

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте