Yangilangan sana: 2013-07-11 Ko`rilgan: 1036

Izchil islohotlar samaralari

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi bosh direktori O.Yunusov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida milliy media tizimini tubdan isloh etish, fuqarolarning so‘z va axborot olishga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquq va erkinligini ta’minlash, jurnalistlarning erkin va samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilayotganini ta’kidladi.

Mamlakatimizda axborot sohasini yanada liberallashtirish, so‘z erkinligini ta’minlashga oid tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar sohaning jadal rivojlanishiga xizmat qilmoqda. 1991-yilda yurtimizdagi ommaviy axborot vositalari soni 395 tani tashkil etgan bo‘lsa, joriy yilning 1-iyul holatiga ko‘ra ular 1362 taga yetdi. Ikki yuz ellikka yaqin veb-sayt ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Agentlik tomonidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari axborot xizmatlari uchun yuridik va jismoniy shaxslarning axborot olishga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan seminarlarni tashkil etish, mahalliy davlat hokimiyati organlarining veb-saytlari orqali axborot olishning ochiqligini ta’minlash yuzasidan tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Hududiy gazetalar veb-saytlarini yaratish, yosh jurnalistlarning malakasini oshirishda milliy va xorijiy tajribani o‘rganish, vazirlik, tashkilot va idoralarning axborot xizmati xodimlari kasb malaka va mahoratini oshirishga oid turkum seminarlar tashkil etilmoqda.

Noshirlik va matbaa sohasiga ko‘rsatilayotgan e’tibor natijasida ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar, buyuk mutafakkirlarimizning boy ma’naviy merosi, atoqli adiblarimiz, yosh qalamkashlar kitoblarini chop etish hajmi ham kengayib bormoqda. Vatanimiz mustaqilligining 22-yilligiga bag‘ishlab «Adabiyotga e’tibor – kelajakka, ma’naviyatga e’tibor!» shiori ostida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida o‘tkazilgan «Kitob bayramlari», ta’lim maskanlari, axborot-resurs markazlari, madaniyat va istirohat bog‘larida, bolalar oromgohlari va sihatgohlarda tashkil etilayotgan «Kitobxonlik haftaliklari» yoshlarning mutolaa madaniyatini yanada yuksaltirish, ma’rifatga bo‘lgan intilishini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Matbuot anjumanida jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytarildi.

О'zА

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Izchil islohotlar samaralari

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Birinchi bosqich yakunlandi

O‘zbekiston Professional futbol ligasi qaroriga binoan birinchi liga bahslari 2010-yildan buyon ikki mintaqada o‘tkazilmoqda...

Chatda online konsultant bilan jonli muloqot

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi saytiga yangi interfaol xizmat — onlayn konsultant bilan jonli muloqot qo‘shildi...

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте