Yangilangan sana: 2013-07-11 Ko`rilgan: 1184

Birinchi bosqich yakunlandi

O‘zbekiston Professional futbol ligasi qaroriga binoan birinchi liga bahslari 2010-yildan buyon ikki mintaqada o‘tkazilmoqda. “Sharq” mintaqasi Farg‘ona vodiysi, Sirdaryo viloyati va poytaxt jamoalaridan tarkib topgan bo‘lsa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Qashqadaryo, Jizzax, Surxondaryo, Samarqand va Navoiy viloyatlari vakillari “G‘arb” mintaqasida o‘zaro kuch sinashdi.

“Sharq” mintaqasida o‘tgan yili oliy ligadan tushib ketgan “Andijon” kuchli o‘yin ko‘rsatmoqda. Birinchi bosqichning so‘nggi uchrashuvida poytaxtda “Paxtakor-2” jamoasi bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagan andijonliklar jami 56 ochko bilan o‘z mintaqasida peshqadamlik qilmoqda.

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston XXII milliy chempionati birinchi ligasida birinchi bosqich bahslari yakunlandi. Unda ishtirok etgan 24 jamoadan eng kuchli 16 tasi ikkinchi bosqichda to‘p suradi.

O‘z vaqtida oliy liga “havosi”dan bahramand bo‘lgan “Qo‘qon – 1912” jamoasi oldiga ham yuqori ligaga yo‘llanma olish vazifasi qo‘yilgan. Qo‘qonliklar bu gal “Kosonsoy” jamoasi mehmoni bo‘lib, 1:2 hisobida zafar quchdi va ochkolari sonini 45 taga yetkazdi.

“Sharq” mintaqasida to‘p surgan poytaxtning “NBU-Osiyo”, “Oqtepa” va “Paxtakor-2”, Namanganning “Chust-Paxtakor” va “Kosonsoy”, Sirdaryo viloyatining “Yangiyer” jamoasi ham kuchli sakkizlikka kirdi va keyingi bosqichga yo‘l oldi.

“G‘arb” mintaqasi peshqadami – “Mash’al” birinchi ligada mag‘lubiyatsiz o‘ynayotgan yagona jamoa. Muborakliklar hozircha boshqalarga nisbatan bitta kam o‘yin o‘tkazgan bo‘lsa-da, 19 g‘alaba va 2 durang natija bilan 59 ochko jamg‘arib turibdi.

Ikkinchi o‘rindagi Navoiyning “Zarafshon-PFK” jamoasi vakillari esa birinchi davraning so‘nggi uchrashuvida safarda “Buxoro-2” darvozasiga javobsiz uchta to‘p kiritib, ochkolari sonini 43 taga yetkazdi.

Shuningdek, Buxoroning “Spartak”, Samarqandning “Sherdor” va “Registon”, Nukusning “Orol”, Urganchning “Xorazm” hamda Kosonning “Alanga” jamoalari ham ikkinchi bosqich uchrashuvlarida qatnashadi.

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Birinchi bosqich yakunlandi

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Biometrik pasport berish izchil davom etmoqda

Prezidentimiz Islom Karimovning 2009-yil 23-iyunda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi...

Izchil islohotlar samaralari

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan...

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте