Yangilangan sana: 2013-06-26 Ko`rilgan: 1020

Jurnalistlar tayyorlash istiqbollari

Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda jurnalistlar, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida jurnalist kadrlar tayyorlash istiqbollariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Sh.G‘ulomov, O‘zbekiston Milliy universiteti prorektori B.Husanov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yurtimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini xalqimizga to‘la yetkazish, yurtdoshlarimizning tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda ommaviy axborot vositalarining roli beqiyos ekanini ta’kidladi.

Shiddat bilan o‘zgarib borayotgan zamon, kundan-kun yangilanayotgan texnologiyalar jurnalistlardan yanada faol, yuksak bilim va intellektual salohiyatga ega bo‘lishni talab etmoqda. Bunday talablarga to‘la javob beradigan har tomonlama yetuk, mustaqil dunyoqarashga ega, qalami o‘tkir mutaxassislarni tayyorlash ustuvor vazifalardandir.

O‘zbekiston Milliy universitetida bu boradagi vazifalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Universitetning jurnalistika fakulteti va oliy jurnalistika kursida har yili bir yuz ellik nafardan ko‘proq soha mutaxassislari tayyorlanmoqda. Talabalarning nazariy bilim olishi va amaliyoti uzviy olib borilayotir. Bu borada mamlakatimizdagi yetakchi tahririyatlar, tele va radiokanallar, axborot agentliklari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Davra suhbatida jurnalist kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, jurnalistik ta’limga ixtisoslashgan oliy o‘quv yurtlarining o‘quv-metodik bazasini mustahkamlash, professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish, nazariya va amaliyot uyg‘unligiga erishish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Jurnalistlar tayyorlash istiqbollari

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Chet ellik investorlar huquq va manfaatlari qonun himoyasida

Ilmiy-amaliy seminarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud va Oliy xo‘jalik sudi...

Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga

27-iyun kuni – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni deb e’lon qilingan bu sanaga bu yil...

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте