Yangilangan sana: 2013-06-17 Ko`rilgan: 1161

Chet ellik investorlar huquq va manfaatlari qonun himoyasida

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan Adliya vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasida xalqaro tijorat arbitrajini joriy etishning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan amaliy seminar tashkil etildi.

Tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad mamlakatimizda xalqaro tijorat arbitrajini joriy etishning konseptual masalalarini muhokama etish, xorijiy davlatlar qonunchiligi va tijorat arbitraji amaliyotini tahlil qilish, O‘zbekiston Respublikasida qonunchilik asoslarini yanada takomillashtirishga doir takliflarni ko‘rib chiqishdan iboratdir.

Ilmiy-amaliy seminarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud va Oliy xo‘jalik sudi, mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan hakamlik sudlari vakillari, Adliya, Iqtisodiyot, Moliya vazirliklari hamda boshqa manfaatdor idoralarning mas’ul xodimlari, oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari olimlari, mutaxassislar, yetakchi xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi A.Shayxov, Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari Ye.Kanyazov va boshqalar mamlakatimizda ishlab chiqilgan samarali qonunchilik bazasi qulay investitsiya muhitini yanada mustahkamlash hamda xorijiy kapital ishtirokida tashkil etilgan korxonalarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning muhim kafolati bo‘lib xizmat qilayotganini ta’kidladi. O‘zbekistonda investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilishga oid qariyb ellikta ikki tomonlama shartnomaga amal qilinmoqda. Bu borada qator ko‘p tomonlama xalqaro-huquqiy hujjat ratifikatsiya qilingan. Mazkur shartnomalar investitsiyalarni rag‘batlantirish va himoya qilish, investitsiyaga yetkazilgan zararini qoplash, investitsiyalarni chet elga erkin o‘tkazish, shuningdek, investitsiyalar bilan bog‘liq nizolarni hal etishni tartibga solishga xizmat qilmoqda.

Seminarda ta’kidlanganidek, xalqaro amaliyotda tomonlar o‘rtasida investitsiyalar bilan bog‘liq nizolarni ular o‘rtasida maslahat o‘tkazish, kelishuvga erishilmagan taqdirda esa investitsiyalarni qabul qiluvchi mamlakat sudlari yoki xalqaro hakamlik sudida (arbitraj) ko‘rib chiqish orqali hal etiladi. Nizoni xalqaro hakamlik sudiga ko‘rib chiqishga taqdim etish uchun beriladigan rozilik davlatlar o‘rtasida tuziladigan shartnomalarda yoki investor hamda investitsiyalarni qabul qiluvchi mamlakat o‘rtasidagi shartnomalar doirasida qayd etiladi. Bu esa o‘z fuqarolarining boshqa davlatlar hududidagi investitsiyalarini himoya qilishga, bu kabi shartnomalarni tuzishga intilayotgan davlatlarni rag‘batlantiradi.

O‘zbekiston Respublikasi tomonidan imzolangan investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilishga oid davlatlararo shartnomalarda investitsiyalar bilan bog‘liq nizolarni amaldagi hakamlik sudi yoxud «ad hoc» hakamlik sudiga (ma’lum bir nizolarni hal etish uchun maxsus tashkil etiladigan hakamlik sudiga) taqdim etish imkoniyati ko‘zda tutilgan. Shunday qilib, mamlakat umumqabul qilingan xalqaro huquq normalariga binoan investsiya bilan bog‘liq nizolarni hal etish uchun barcha zarur huquqiy kafolatlarni beradi.

Ayni paytda Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq “Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish ishlari davom etmoqda. Bu jarayonda yetakchi xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribasini va umume’tirof etilgan xalqaro huquq normalarini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadbirda YuNSITRAL arbitraj reglamentining asosiy qoidalari, Germaniya, Fransiya, Yaponiya singari davlatlarda ishni hakamlik sudlarida ko‘rib chiqishning qonunchilikka oid normalari hamda qoidalari muhokama etildi.

Ilmiy-amaliy seminar qatnashchilari tomonidan ishlab chiqilgan xulosa va takliflar investorlar huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha qonunchilik bazasini yanada takomillashtirish, boshqa mamlakatlar bilan savdo-investitsiya munosabatlarini kengaytirish uchun yanada kengroq sharoit yaratish, investitsiyalar bilan bog‘liq nizolarni hal etishning huquqiy mexanizmlarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
UzА

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Chet ellik investorlar huquq va manfaatlari qonun himoyasida

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Qozog‘iston Prezidenti O‘zbekistonga keldi

Toshkent aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov kutib oldi.

Jurnalistlar tayyorlash istiqbollari

Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda jurnalistlar, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etdi...

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте