Yangilangan sana: 2013-06-13 Ko`rilgan: 1423

Qozog‘iston Prezidenti O‘zbekistonga keldi

Toshkent aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov kutib oldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev 13-iyun kuni rasmiy tashrif bilan Toshkentga keldi.

Bu galgi oliy darajadagi O‘zbekiston-Qozog‘iston uchrashuviga an’anaviy do‘stlik va ishonch muhitida davlatlararo hamda mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar muhokamasi uchun qulay imkoniyat sifatida qaralmoqda.

Qozog‘iston O‘zbekistonning mintaqadagi muhim savdo sherigidir. 2012-yil yakuniga ko‘ra, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi qariyb 2,8 milliard AQSh dollarini tashkil etdi.

Xalqlarimizning ko‘p asrlik mushtarak an’analari, urf-odat va qadriyatlariga asoslangan madaniy-gumanitar hamkorlik masalalari ham davlat rahbarlarining diqqat markazida turadi.

Rasmiy tashrifning asosiy tadbirlari 14-iyunga mo‘ljallangan.

Avval xabar qilinganidek, muzokaralar yakunida Strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma, shuningdek, O‘zbekiston-Qozog‘iston hamkorligini turli sohalarda yanada rivojlantirishga qaratilgan o‘zaro manfaatli ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Qozog‘iston Prezidenti O‘zbekistonga keldi kitoblar O'qituvchi nashriyoti buyurtma

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Buyuk Britaniya delegatsiyasining uchrashuvlari

Mamlakatimizga tashrif buyurgan Buyuk Britaniya Tashqi ishlar va Hamdo‘stlik masalalari bo‘yicha katta davlat vaziri Saida Varsi...

Chet ellik investorlar huquq va manfaatlari qonun himoyasida

Ilmiy-amaliy seminarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud va Oliy xo‘jalik sudi...

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте