Yangilangan sana: 2013-06-11 Ko`rilgan: 1026

Ko‘rgazma-yarmarkaga marhamat!

Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari B.Rahmonov va boshqalar mamlakatimizda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida uy-joy-kommunal sohada amalga oshirilayotgan islohotlar samarasida ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatish sifati muttasil oshayotgani, XUMSh va malakali boshqaruv kompaniyalari hamkorligi rivojlanayotganini ta’kidladi. Ushbu keng ko‘lamli ishlar O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 12-aprelda qabul qilingan va kommunal sohani yanada rivojlantirish uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qilayotgan “Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari to‘g‘risida”gi qonuni ijrosini ta’minlash doirasida amalga oshirilmoqda.

Qurilish materiallari va uskunalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan ikki yuzdan ortiq firma va kompaniya poytaxtimizda boshlangan “Kommunal ta’mir – 2013” ko‘rgazma-yarmarkasida o‘z mahsulotlarini namoyish etmoqda. Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari (XUMSh) va malakali boshqaruv kompaniyalari kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish uchun zarur keng turdagi material hamda uskunalarni shu yerning o‘zida ishlab chiqaruvchilar tomonidan belgilangan narxlarda sotib olishi mumkin.

Tadbir Toshkent shahar hokimligi, “O‘zkommunxizmat” agentligi, Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari uyushmasi va malakali boshqaruv kompaniyallari uyushmasi tomonidan tashkil etildi.

Bugun Toshkentda uch mingdan ortiq XUMSh va qariyb yuzdan ziyod malakali boshqaruv kompaniyasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu borada amalga oshirilgan hisob-kitoblar shuni ko‘rsatadiki, uy-joy fondi va kommunal sohani qish mavsumiga tayyorlashda qurilish materiallari hamda uskunalariga bo‘lgan talab ancha oshadi va shu munosabat bilan ba’zida ularni kam miqdorda xarid qilishda qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda. 10 kun davom etadigan ushbu yarmarka davomida bu yerga tashrif buyuradiganlar zarur tovarlarni sotib olish bilan birga kommunal sohaga oid dolzarb masalalarni ham muhokama qilishi mumkin. Tadbir doirasida xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va malakali boshqaruv kompaniyalari faoliyatini samarali tashkil etish imkonini beradigan yangi me’yoriy hujjatlar hamda dasturiy mahsulotlarning taqdimoti o‘tkaziladi.

“Kommunal ta’mir – 2013” ko‘rgazma-yarmarkasi ishlab chiqaruvchilarga doimiy buyurtmachilarni topish, poytaxtimizdagi barcha kommunal xizmat korxonalari bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkonini beradi. Misol uchun, “Uztelmash” mas’uliyati cheklangan jamiyatining turli quvvatda ishlaydigan elektr motorlari uchun yangi mijozlar paydo bo‘ldi. “O‘zsanoatqurilishbank”ning Toshkent shahar hududiy bo‘limi vakillari lizing xizmatlarini ko‘rsatish uchun malakali boshqaruv kompaniyalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. An’anaga aylangan ushbu tadbir xalqimiz farovonligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Masalan, “O‘zkommunxizmat” agentligi tomonidan turar-joylarning yangi elektron texnik pasportlari taqdim etildi. Ushbu pasportlar har bir ko‘p qavatli uyga taalluqli axborotni o‘z ichiga olgan ma’lumotlar bazasiga ega. Shu bilan birga, davriy hisob-kitoblarni amalga oshirish va to‘lovlarni qabul qilish vazifalarini hal etish uchun mo‘ljallangan “XUMShda hisobga olish” dasturiy kompleksi namoyish etildi. Mazkur dastur innovatsiyalarni yanada integratsiyalashtirish uchun o‘ziga xos platforma vazifasini o‘taydi.

UzА

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Ko‘rgazma-yarmarkaga marhamat kitoblar va darsliklar O'qituvchi nashriyoti buyurtma

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Jurnalistlar o‘quvi

Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Surxondaryo viloyati hududiy bo‘linmasi, viloyat matbuot va axborot boshqarmasi, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limi...

Buyuk Britaniya delegatsiyasining uchrashuvlari

Mamlakatimizga tashrif buyurgan Buyuk Britaniya Tashqi ishlar va Hamdo‘stlik masalalari bo‘yicha katta davlat vaziri Saida Varsi...

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте