Yangilangan sana: 2010-06-09 Ko`rilgan: 1049

Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining o‘ninchi yig‘ilishi to‘g‘risida

      2010 yil 11 iyun kuni Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga (SHHT) a’zo davlatlar rahbarlari kengashining o‘ninchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. SHHTga raislik qiluvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan ushbu sammitda Tashkilotga a’zo davlatlar, SHHT huzuridagi kuzatuvchi davlatlar rahbarlari va delegatsiyalar rahbarlari ishtirok etadi.

      Yig‘ilishda Afg‘oniston Islom Respublikasi va Turkmaniston prezidentlari, shuningdek, BMT, MDH, ASEAN, ODKB va YevrAzES kabi SHHT hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan xalqaro tashkilotlar vakillari mehmon sifatida qatnashadi.

      Sammit ishtirokchilari mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar bo‘yicha fikr almashadi.

      SHHT doirasida ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, Tashkilotning xalqaro nufuzini oshirish masalalari muhokama qilinadi, dunyoda o‘zaro anglashuvni, barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlash, mamlakatlar va mintaqalarning barqaror rivojlanishi borasidagi keng qamrovli dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashiladi.

      Sammit yakunida bir qator muhim hujjatlar, jumladan, SHHTga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining o‘ninchi yig‘ilishi deklaratsiyasi, Tashkilotga yangi a’zolarni qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom va SHHT protseduralari qoidalari qabul qilinishi rejalashtirilmoqda.

(O'zА)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining o‘ninchi yig‘ilishi to‘g‘risida

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Bolalarga atalgan bayram

      Poytaxtimizning G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

      Badiiy ijodiyot, huquqiy bilimdonlik va sport bayramiga aylangan ushbu tadbir “Sen Yolg’iz Emassan” Respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi, Toshkent shahar hokimligi, Respublika “Mahalla” jamg‘armasi, Xalq ta’limi, Madaniyat va sport ishlari, Adliya, Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash vazirliklari, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi, Bolalar va oilalarni qo‘llab-quvvatlash assotsiatsiyasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi hamkorligida tashkil etildi.

      Tadbirga poytaxtimizda istiqomat qilayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan, serfarzand, boquvchisini yo‘qotgan oilalarning o‘g‘il-qizlari, mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari hamda maxsus maktab-internatlar o‘quvchilari taklif etildi.

Fuqarolik jamiyati institutlari tizimida OAV o‘rni

      Parlament quyi palatasida “Fuqarolik jamiyati institutlari tizimida ommaviy axborot vositalarining o‘rni va roli” mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

      Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbir Barkamol avlod yiliga bag‘ishlandi.

      Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, ekspertlar, huquqshunoslar va soha mutaxassislari, shuningdek, Jizzax va Surxondaryo viloyatlaridan tashrif buyurgan yosh jurnalistlar ishtirok etdi.

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте