Ko`rilgan: 5619

(Рейтинг: 5/5. Голосов: 19)

Kitob: Oy tegrasida yulduzlar

Muallif:

O`zbekiston xalq shoirasi, respublika davlat mukofoti, xalqaro J. Neru va „Nilufar“ mukofotlari sovrindori, Bolgariyaning „Kirill va Mefodiy“ ordeni nishondori Zulfiya Isroilova tavalludining 100 yilligi munosabati bilan O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi Yangiboy Qo`chqorov tomonidan yozilgan ushbu kitobga shoiraning hayoti va ijodiga doir adabiy ocherk, uning „Mushoira“ dostoni hamda shoiraga zamondosh bo`lgan taniqli ijodkorlardan Marvarid Dilboziy, Tovshan Esenova, Gulioysha Esemuratova, Fazu Aliyeva, Rimma Kazakova, Tanzila Zumaqulova, Mayramkan Abilqosimova, Fariza O`ng`arsinova haqidagi qisqacha maqolalar hamda mazkur mualliflarning asarlaridan namunalar kiritildi.

Kitob keng kitobxonlar ommasi uchun mo`ljallangan.

Nashr nomi: Oy tegrasida yulduzlar (Звёзды вокруг луны)

Muallif: Yangiboy Qo`chqorov

Mavzusi: Badiiy adabiyotlar

Savdo markasi: “O‘qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi

ISBN: 978-9943-40-840-1

Hajmi: 64 bet

Formati: 84x108-1/32

Sotuv turi: Chakana va ulgurji

Nashr yili: 2015

Ishlab chiqaruvchi mamlakat: O‘zbekiston

Shahri: Toshkent

Kitob Oy tegrasida yulduzlar muallif Yangiboy Qo`chqorov 3 bet

Mundarija "Oy tegrasida yulduzlar"

Юракларга яқин шеърият

Зулфия

Мушоира

Қўлинг қалам, кўксинг дафтар (Озарбайжон халқ шоири Марварид Дилбозий ижодига бир назар)

Сенга шифо бўлар

Эй, меҳрибон, содда, деҳқон аёли... (Туркманистон халқ ёзувчиси Товшан Эсенова ижодига бир назар)

Қирқ биринчи қиз сўзи (Қорақалпоғистон халқ ёзувчиси Гулиойша Есемуратова ижодига бир назар)

Қизим, сенга айтаман (шу номли асардан парча)

Ошно булоқлардан зилол сув элтиб (Доғистон халқ шоири Фазу Алиева ижодига бир назар)

Синглим Шоҳсанъатга

Бугун мен хотиржамман... (Таниқли рус шоири Римма Казакова ижодига бир назар)

Бугун мен хотиржамман

Болқор қизи сўздан терар дур (Қабардинғболқор халқ шоири Танзила Зумақулова ижодига бир назар)

“Ёмғир ёғиб, ерга сингиб кетади...”

Ота юртим ғ Олатовнинг этаги! (Қозоғистон халқ ёзувчиси Фариза Ўнғарсинова ижодига бир назар)

Йўл

Хотима

Kitob Oy tegrasida yulduzlar muallif Yangiboy Qo`chqorov 5 bet

Oy tegrasida yulduzlar

Орадан уч йил ўтгач, 1972 йили шоира “Мен туғилган кун” деган шеър ёзади:

Бугун менинг туғилган куним,

Мени туққан онам, Сиз қайда?

Бедор ўтиб бормоқда туним,

Бир оғриқ бор қон, жонда, пайда.

 

Бугун менинг туғилган куним,

Тўлғоқдаги ҳолингиз кўзда:

Курси қучиб курашасиз жим,

Қотма жусса гоҳ ўт, гоҳ музда.

 

Беш болангиз дарча ортида

Жонингизни қўриб ўтирган.

Менинг отам қўшни отида

Ким қайлардан доя қидирган?

 

Томирингиз бўйлаб эзганим,

Тўққиз ою тўққиз кун уйғоқ.

Беш ўғилнинг изиданлигим,

Сизлар интиқ қизча туғилмоқ.

(Manba: "O`qituvchi" NMIU - Kitoblar Toshkentda )

Buyurtma, Yuklab olish kitob Oy tegrasida yulduzlar muallif Yangiboy Qo`chqorov

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi.

(O`qituvchi NMIU)

Batafsil ma`lumot

Kitobi Oy tegrasida yulduzlar muallif Yangiboy Qo`chqorov

Kitoblarni o‘qishni tavsiya etamiz

Jahon xalqlari ertaklari. Birinchi kitob

Ezgulikni, inson baxt-saodatini tarannum etish, Ona-Vatanga muhabbat, mehnatsevarlik, yaxshilikning yomonlik...

Qaysidir bir podsholikda (В некотором царстве), rus tilida

Rus ertagi folklorning eng mashhur va sevimli janrlaridan biri hisoblanadi, chunki unda nafaqat qiziqarli sujet va hayratlanarli qahramonlarni uchratish mumkin...

Muallif Yangiboy Qo`chqorovning "O`qituvchi" NMIUda chop etilgan "Oy tegrasida yulduzlar" kitobi haqida fikrlar

Oy tegrasida yulduzlar kitobi haqida fikr bildirish

Mashhur kitoblar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте