Ko`rilgan: 5452

(Рейтинг: 5/5. Голосов: 38)

Kitob: Quyosh bola, oy bola

Muallif:

O`zbek bolalar adabiyotining taniqli vakili Qambar Otaning quvnoq, yumorga boy, mazmundor she`rlarini, jarangdor va yoqimli qo`shiqlarini, ravon yozilgan balladalarini, teran fikrli hayotiy dostonlarini qiziqish bilan o`qib, ma`naviy quvvat olgansiz, ruhiy olamingizni boyitgansiz.

Shoirning ona-Vatanga sadoqat, ota-ona va do`stlarga muhabbat, bilim olishga qiziqish, go`zallikka intilish, soflik va samimiyatni tarannum etgan asarlari bolalar uchun g`oyat qadrlidir. Uning bu kabi she`rlari uzoq yillardan beri boshlang`ich sinf darsliklaridan joy olgan bo`lib, o`quvchilar bilimini oshirish, dunyoqarashini boyitishga xizmat qilib kelmoqda.

Ushbu she`riy to`plam, aziz bolajonlarning dillaridan munosib joy oladi, degan umiddamiz.

Nashr nomi: Quyosh bola, oy bola

Muallif: Qambar Ota

Mavzusi: Bolalar uchun kitoblar

Savdo markasi: “O‘qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi

ISBN: 978-9943-02-582-0

Hajmi: 56 bet

Formati: 60x841/16

Sotuv turi: Chakana va ulgurji

Nashr yili: 2014

Ishlab chiqaruvchi mamlakat: O`zbekiston

Shahri: Toshkent

Mundarija: Quyosh bola, oy bola, o`zbek tilida. Muallif: Qambar Ota

Jonajon O‘zbekiston
Hilpira bayrog‘im
Vatanni kuylagan dil
Mard bo‘laman
Vatanim - tinchlik bog‘i
Do‘stlik jo‘shar
May yaxshi
Sayyora
Chamanimning guliman
Vatan
Baxtim kulgan
Armiyamiz mustahkam
Kichik chegarachi
Baland uching uchuvchilar
Yurtparvarlik — mardlar ishi
Aytganlarim lof emas
Mustahkam oila
Alifbe bayrami
Qalam deydi
Quyosh bola, oy bola
Birinchi qo‘ng‘iroq
Navoiylik bolalar
Bahorga yordam
Sel
Yaproqlar
Qizg‘aldoqlar
Bulbuljon
To‘rg‘ay qo‘shig‘i
Tushimda qush  ko‘rdim
Onajonim oq  suti
Kaptarlar
To‘rt fasl
Boychechagim
Qaldirg‘och
Uchib keldi qushchamiz
Suv qadri
Payvand qildik
Yoz keldi
Chiroyli yoz
Rasm darsida
Yechgan edim
Kech kuz
Chanoqlarda kulganingda
Chiroy baxsh etar
Do‘stlik kerak
O‘ylayman
Yonlariga chopaman
Sarishta qiz
Vijdon qiynasa
Soat
Ezgulik qilay deb
To‘lqinjon
Muz nega yiqitadi
Unutmayman
O‘zingizdan o‘rganar
Gapini tinglasa
Shudring
Maza qilisb yuradi
Mushugimning  odati
Svetofor
Tovus
Afsona
Xarxashachi
Kulgular
Tovuqlar yotog‘i
Chumchuqlar
Aqlli barmoqlar
Nega yayrab ko‘paymaydi
Tog‘ faxri
Maqtanchoqlar
Qarg‘aning "nasihati"
Zarpechak
Gugurt
Nok
Buloqcha
Tovuq tuxum qilganda
Jo‘jacha
Avtobusda
Anqov
Shumtakalar
Halol yashagan odam
Ilk yolg‘on
Yutuq chiqsin
Gap tarqatib tan olmas

 

SEL

Yomg‘ir tez-tez shivalar,
Do‘l, sel yerni savalar.
Chaqmoqlar gumburlar,
Larzada o‘ngirlar.

Bilib qo‘y, sir emas,
Barcha suv bir emas.
Yodingda tut faqat,
Sel toshsa beshafqat...

Qambar Ota QUYOSH BOLA OY BOLA, o‘zbek tilida 18 bet
YAPROQLAR

Nur emishib quyoshdan
Yaproqchalar yayraydi.
Bu quvonchga qo‘shilib
Shoxda qushlar sayraydi.

Zumrad, yashil tovlanib
Shovullaydi bog‘larda.
Soyasiga chorlaydi
Kun qizigan chog‘larda.

Bizlar uchun chang yutib
Oozalaydi havoni,
Ko‘zimizga yashnatib
Ko‘rsatadi dunyoni.

Qambar Ota QUYOSH BOLA OY BOLA, o‘zbek tilida 19 bet
QIZG‘ALDOQLAR

Qizg‘aldoqlar bahorda
Tog‘ bag‘riga yetibdi.
Tarnovlardan nahorda
Tomga chiqib ketibdi.

Tortib ohanrabosi,
Yosh yuraklar choparlar.
Go‘zallik muddaosi -
Cho‘g‘dayidan toparlar.

Dillarni etib mushtoq,
Alvonlanib to‘lg‘onar.
Mehr tarab, topib ardoq,
Adirlarda cho‘lg‘onar.

Davra olib o‘ynashar,
Poylarida ol ranglar.
Shodon qo‘shiq kuylashar,
Taralar sho‘x ohanglar.

O‘tday yonar tog‘larda
Qizg‘aldoqlar, lolalar.
So‘lim bahor chog‘larda
Gulday yashnar bolalar.

Buyurtma, Yuklab olish kitob Quyosh bola, oy bola muallif Qambar Ota

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi.

(O`qituvchi NMIU)

Batafsil ma`lumot

Kitobi Quyosh bola, oy bola muallif Qambar Ota

Kitoblarni o‘qishni tavsiya etamiz

Kitobim - oftobim (Моя книга - мое солнышко). Sinfdan tashqari o‘qish kitobi - 3. O‘zbek tilida

«Maktab kutubxonasi» turkumidagi «Kitobim - oftobim» nomli sinfdan tashqari o‘qish kitobi 1 - 4-sinf yoshidagi bolalar uchun mo‘ljallangan...

Vatanning sheryurak bahodiri - Jaloliddin Manguberdi

Kitob Vatanning sheryurak bahodiri - Jaloliddin Manguberdi keng kitobxonlar ommasi uchun mo`ljallangan...

Muallif Qambar Otaning "O`qituvchi" NMIUda chop etilgan "Quyosh bola, oy bola" kitobi haqida fikrlar

Quyosh bola, oy bola kitobi haqida fikr bildirish

Mashhur kitoblar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте