Ko`rilgan: 51873

(Рейтинг: 5/5. Голосов: 138)

Kitob: Inglizcha-o‘zbekcha-ruscha lug‘at (англо-узбекско-русский словарь)

Muallif:

Ushbu inglizcha-o‘zbekcha-ruscha o‘quv lug‘ati umumiy o‘rta ta’lim maktab, akade­mik litsey va kasb-hunar kollejlarida tahsil olayotgan o‘quvchi va talabalar, shuning­dek, ingliz tilini o‘rganishni boshlagan oliy o‘quv yurti talabalari hamda keng kitob­xonlar ommasi uchun mo‘ljallangan. Lug‘at 5000 dan ortiq so‘zni o‘z ichiga olgan. Lug‘atning oxiridan geografik nomlar va  noto‘g‘ri fe’llar ro‘yxatining ingliz, o‘zbek hamda rus tillaridagi qiyosiy jadvallari joy olgan.

Nashr nomi: Inglizcha-o‘zbekcha-ruscha lug‘at (англо-узбекско-русский словарь)
Tuzuvchi-muallif: Lutfullo Jo‘rayev.
Mavzusi: Lug‘at
Savdo markasi: “O‘qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi
ISBN: 978-9943-02-382-6
Hajmi: 608 bet
Bichimi: 60x84-1/32
Sotuv turi: Chakana va ulgurji
Nashr yili: 2014
Ishlab chiqaruvchi mamlakat: O‘zbekiston
Shahri: Toshkent

So‘zboshi

Mazkur inglizcha-o‘zbekcha-ruscha o‘quv lug‘ati umumiy o‘rta ta’lim maktab, akademik litsey va  kasb-hunar  kollejlarida  tahsil  olayotgan  o‘quvchi  va  talabalar,  shuningdek,  ingliz  tilini o‘rganishni  boshlagan  oliy  o‘quv  yurti  talabalari  hamda  keng  kitobxonlar  ommasi  uchun mo‘ljallangan. Lug‘at eng ko‘p qo‘llaniladigan so‘zlarni, shu bilan bir qatorda, ayni paytda amalda qo‘llanilayotgan ingliz tili darsliklarida uchraydigan so‘zlarni ham imkon darajasida qamrab olgan. Lug‘atdan  o‘quvchi  ingliz  tilini  o‘rganish  samaradorligini  oshirish  maqsadida  dars  jarayonida hamda uyda foydalanishi mumkin.

Ushbu uch tillik lug‘atning boshqa lug‘atlardan farqli tomoni shundaki, bu lug‘atdan ona tilisi o‘zbek  tili  bo‘lgan  o‘quvchi  inglizcha  so‘z  va  uning  ona  tilidagi  ma’nolari  bilan  bir  qatorda, xohishga  ko‘ra,  uning  ruscha  ma’nolarini  ham  o‘rganishi  mumkin.  Ona  tilisi  rus  tili  bo‘lgan o‘quvchi  uchun  esa  buning  aksi  bo‘lishi  mumkin,  ya’ni  u  inglizcha  so‘z  va  uning  ma’nolarini  ona tili  va  o‘zbek tillarida  o‘rganish  uchun  qulay  sharoitga  ega  bo‘ladi.  Ham  o‘zbek  tili,  ham  rus  tilini yaxshi  biladiganlar  uchun  esa,  bu  lug‘at  ularni  inglizcha  so‘zning  keyingi  ikki  tildagi  ma’nolarini taqqoslash  va  u  haqda  umumiy  tasavvurga  ega  bo‘lish  orqali  uni  o‘rganish  imkoniyatini  yaratadi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, bu uch tillik lug‘at qiyosiy xarakterga ega bo‘lib, u har bir o‘quvchiga bir vaqtning o‘zida uchta tilni egallashdek ajoyib imkoniyatni beradi.

Lug‘at  o‘quvchining  ingliz  tilidan  olgan  bilimi  va  so‘z  boyliklarini  yanada  kengaytirishi ehtimoldan xoli emas.

Lug‘atdan foydalanishda bilish lozim bo‘lgan jihatlar:

1. Lug‘at maqolalari alifbo tartibida hamda to‘q qora rang bilan ajratib berilgan;
2.  Lug‘at  maqolasi  bir  necha  so‘z  turkumiga  oid  bo‘lganda  ular  tegishlicha  satr  usti  arab raqamlari bilan ko‘rsatilgan;
3.  Omonimlar  I  va  II  rim  raqamlari  bilan  ko‘rsatilgan;
4. Har bir lug‘at maqolasidan keyin uning transkripsiyasi to‘rtburchak qavs ichida berilgan;
5.  Transkripsiyadan  keyin  so‘zning  qaysi  so‘z  turkumiga  oidligi  qisqartma  shaklda  og‘ma yozuv bilan berilgan;  
6.  Undan  keyin  ayrim  hollarda  qavslarda  berilgan  ikki  holatni  kuzatish  mumkin:  a)  otning umumiy qoidalardan mustasno ravishda yasalgan ko‘plik shakli; b) noto‘g‘ri fe’lning o‘tgan zamon va o‘tgan zamon sifatdoshi shakllari;
7. Ikkinchi ustunda ingliz tilidagi so‘zning o‘zbekcha ma’nolari berilgan. Ma’nolar bir nechta bo‘lgan  taqdirda  ular  nuqtali  vergul  hamda  raqamlar  bilan  ajratib  berilgan.  Uchinchi  ustundan  esa xuddi shu usulda inglizcha so‘zning rus tilidagi ma’nolari o‘rin olgan;
8.  So‘zning  o‘zbekcha  va  ruscha  ma’nolaridan  oldin  ba’zan  bu  so‘zning  qo‘llanilish  sohasi ko‘rsatib o‘tilgan;
9.  Agar  illustrativ  materiallar  berilgan  bo‘lsa,  inglizcha  so‘zning  yana  qaytarilmasligini ta’minlash  maqsadida  „~“  belgisidan  foydalanilgan;

Lutfullo Jo‘rayev INGLIZCHA-O‘ZBEKCHA-RUSCHA LUG‘AT (АНГЛО-УЗБЕКСКО-РУССКИЙ СЛОВАРЬ) Ingliz, o‘zbek va rus tillarida

O`zbekcha-Russcha-Inglizcha lug`at online - Узбекско-Русско-Английский словарь онлайн

So`zni kiriting uchun onlayn tarjimani o`zbekchaga, rus yoki inglizcha tillar. So`z bo`lish kerak kam bo`lmagan uch belgilar.

Buyurtma, Yuklab olish kitob Inglizcha-o‘zbekcha-ruscha lug‘at (англо-узбекско-русский словарь) muallif Lutfullo Jo‘rayev

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi.

(O`qituvchi NMIU)

Batafsil ma`lumot

Kitobi Inglizcha-o‘zbekcha-ruscha lug‘at (англо-узбекско-русский словарь) muallif Lutfullo Jo‘rayev

Kitoblarni o‘qishni tavsiya etamiz

Asal — davolar xazinasi

Asalning xalq tabobati hamda zamonaviy tibbiyotda tutgan o‘rni bayon etiladi. Inson salomatligiga mutlaqo beozor dorivor va laziz vosita bo‘lmish asaldan uy sharoitida bir qator kasalliklarni davolash borasida ma’lumotlar keltiriladi.

Kitobim - oftobim (Моя книга - мое солнышко). Sinfdan tashqari o‘qish kitobi - 3. O‘zbek tilida

«Maktab kutubxonasi» turkumidagi «Kitobim - oftobim» nomli sinfdan tashqari o‘qish kitobi 1 - 4-sinf yoshidagi bolalar uchun mo‘ljallangan...

Muallif Lutfullo Jo‘rayevning "O`qituvchi" NMIUda chop etilgan "Inglizcha-o‘zbekcha-ruscha lug‘at (англо-узбекско-русский словарь)" kitobi haqida fikrlar

Inglizcha-o‘zbekcha-ruscha lug‘at (англо-узбекско-русский словарь) kitobi haqida fikr bildirish

Mashhur kitoblar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте