Ko`rilgan: 13084

(Рейтинг: 5/5. Голосов: 124)

Kitob: O‘zbekcha-inglizcha lug‘at 24000 so‘z

Muallif:

Ushbu «O‘zbekcha-inglizcha lug‘at» 24000 so‘zni o‘z ichiga olgan bo‘lib, asosan, maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining o‘quvchilari hamda abituriyent va oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun mo‘ljallangan.

Nashr nomi: O‘zbekcha-inglizcha lug‘at (24000 so‘z)
Tuzuvchi-muallif: Zamirjon Butayev
Mavzusi: Lug‘at
Savdo markasi: “O‘qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi
ISBN: 978-9943-02-598-1
Hajmi: 656 bet
Formati: 70x90-1/32
Sotuv turi: Chakana va ulgurji
Nashr yili: 2013
Ishlab chiqaruvchi mamlakat: O‘zbekiston
Shahri: Toshkent

Lug‘atdan parcha

SO‘ZBOSHI

Ma’lumki, kishilik jamiyati integrallashib borgani sari kishilarda ona tili bilan bir qatorda yana boshqa tillarni o‘rganishdek tabiiy ehtiyoj kuchayib boraveradi. Shu ma’noda, madaniy hayotimizdagi so‘ngi o‘zgarishlar: axborot kommunikatsiya tizimi, ilm-fan, san’at, sport va ishlab chiqarishning deyarli barcha yo‘nalishlaridagi taraqqiyot, erishilayotgan muvaffaqiyatlar kishilarimizda ingliz tilini o‘rganishga bo‘lgan intilishni yanada kuchaytirdi. Bu esa o‘z navbatida inglizcha-o‘zbekcha, o‘zbekcha-inglizcha lug‘atlarga bo‘lgan ehtiyojni yanada oshirdi.

Zamondoshlarimizning ana shu ehtiyojlarimizni qondirishga baholiqudrat hissa qo‘shishi natijasida ushbu lug‘at yuzaga keldi.

Taqdim etilayotgan ushbu inglizcha-o‘zbekcha, o‘zbekcha-inglizcha lug‘at o‘rtacha qiyinchilikdagi matnlarni tarjima qilish uchun maktab, akademik litsey, kasb-hunar kollejlarining o‘quvchilari, abituriyentlar va oliy o‘quv yurti talabalari uchun mo‘ljallangan.

Lug‘atni tuzayotganda eskirgan so‘zlar, maxsus sohalarga tegishli bo‘lgan atamalardan cheklangan miqdorda foydalanildi va kiritildi. Tildagi so‘zlar doimo bir xil turmasdan vaqt o‘tishi bilan ularning ko‘pchiligida ma’no tushishi yoki o‘zgarishi holatlari yuz beradi. Ana shularni hisobga olib aksar so‘zlarning avvalgi va yangi ma’nolari lug‘atning imkoniyatlari darajasida berildi va so‘nggi paytlarda paydo bo‘lgan so‘z va atamalar ham lug‘atdan o‘ziga xos tarzda o‘rin olgan bo‘lib, mazkur lug‘at 24.000 so‘zni o‘z ichiga oladi. 12.000 inglizcha-o‘zbekcha va 12.000 o‘zbekcha-inglizcha.

O‘quvchilarning tushunishlari oson bo‘lishi uchun so‘zlarning omonimlari rim raqami bilan ajratib ko‘rsatildi. Lug‘at so‘ngida noto‘g‘ri fe’llar jadvali, sinonimlar va antonimlar ilova sifatida berilgan.

Mundarija: O‘zbekcha-inglizcha lug‘at 24000 so‘z

Из книги Узбекско-английский словарь на 24000 слов, автор З.Бутаев содержание

Lug‘atdan sahifa

Kitobi O‘zbekcha-inglizcha lug‘at 24000 so‘z muallif Zamirjon Butayev

Buyurtma, Yuklab olish kitob O‘zbekcha-inglizcha lug‘at 24000 so‘z muallif Zamirjon Butayev

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi.

(O`qituvchi NMIU)

Batafsil ma`lumot

Kitobi O‘zbekcha-inglizcha lug‘at 24000 so‘z muallif Zamirjon Butayev

Kitoblarni o‘qishni tavsiya etamiz

O‘zbekcha-inglizcha lug‘at 12000 so‘z

Ushbu «O‘zbekcha-inglizcha lug‘at» 12000 so‘zni o‘z ichiga olgan bo‘lib, asosan, maktab, akademik litsey va...

Matematikadan testlar, 1 sinf. O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanmalar. Rus tilida

Testlar matematika fanidan 1 sinflar o‘quv dasturiga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, ulardan o‘quvchilarning o‘zlashtirishini baholash tizimi sifatida ham foydalanish mumkin...

Muallif Zamirjon Butayevning "O`qituvchi" NMIUda chop etilgan "O‘zbekcha-inglizcha lug‘at 24000 so‘z" kitobi haqida fikrlar

O‘zbekcha-inglizcha lug‘at 24000 so‘z kitobi haqida fikr bildirish

Mashhur kitoblar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте