Ko`rilgan: 5382

(Рейтинг: 5/5. Голосов: 1)

Kitob: Bahor qaytmaydi

Muallif:

O`zbekiston xalq yozuvchisi O`tkir Hoshimov o`z asarlaridagi qahramonlarni jonli tasvirlay oladi. Insonning ichki kechinmalarini o`quvchiga mahorat bilan yetkazib beradi. Uning ana shunday mahorat qalamga olgan asari "Bahor qaytmaydi" qissasidir. Asarda sevgi, ishonch, umid kabi go`zal tuyg`ular bilan bir qatorda, unga qarama-qarshi bo`lgan salbiy tuyg`ular - razillik, nafrat, bafarqlik, noinsoflik, hiyonat tushunchalar orqali inson taqdirining fojialarini ifoda qilingan.

Adib qalamiga mansub ushbu asar O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi tizimidagi "O`qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan adabiyot muxlislariga taqdim etildi. Muhabbat qissalari aks ettirilgan mazkur kitob o`quvchilar uchun munosib sovg`a bo`la oladi.

Kitob Bahor qaytmaydi muallif O`tkir Hoshimov - titul

Qo`shimcha ravishda "Bahor qaytmaydi", muallif O`tkir Hoshimov

Nashr nomi: Bahor qaytmaydi
Muallif: O`tkir Hoshimov
Mavzusi: Badiiy adabiyotlar
Savdo markasi: “O`qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi
ISBN: 978-9943-22-238-0
Hajmi: 238 bet
Formati: 84x108 1/32
Nashr yili: 2018
Ishlab chiqaruvchi mamlakat: O`zbekiston
Shahri: Toshkent

...Birinchi muhabbat tip-tiniq bahor osmonidagi bulutga oʻxshaydi. Pokiza, shaffof... shamol qayoqqa olib ketishini oʻzi ham bilmaydi...

Birinchi asar esa, birinchi muhabbatga oʻxshaydi. Qismati nima boʻlishini oʻzi ham bilmaydi...

...Qish keldi. Kechagina bemorning ingrashidek hazin kuz sadolariga to`lgan bog`lar bugun jimib qoldi. Hazon shitirlamaydi, yalang`och shoxlarga arg`amchi osgan mezonlar chayqalmaydi...

Qish keldi. Shaharda uni darrov payqashmadi ham. To`g`ri, talabalar allaqachon paxtadan qaytib, yomg`irdan ivigan bog`lar yana oshiq-ma`shuqlarning shivir-shiviriga to`ldi. Avtomat-telefon budkalaridan tag`in atir isi keladigan bo`lib qoldi. Kinoteatr kassasi oldida yomg`irdan qochib, navbat kutayotganlar ko`paydi. Ammo haqiqiy qish birinchi qor yoqqanida bilindi...

Kitob Bahor qaytmaydi muallif O`tkir Hoshimov - 3 bet

MUNDARIJA: "Bahor qaytmaydi", muallif O`tkir Hoshimov

Kitob Bahor qaytmaydi muallif O`tkir Hoshimov - mundarija

Buyurtma, Yuklab olish kitob Bahor qaytmaydi muallif O`tkir Hoshimov

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi.

(O`qituvchi NMIU)

Batafsil ma`lumot

Kitobi Bahor qaytmaydi muallif O`tkir Hoshimov

Kitoblarni o‘qishni tavsiya etamiz

HAJVIY HIKOYALAR

O`zbekiston xalq yozuvchisi O`tkir Hoshimovning salmoqli qissa va romanlarini...

Ikki eshik orasi

O`zbekiston xalq yozuvchisi O`tkir Hoshimovning "Ikki eshik orasi" romani adibning eng salmoqli asarlaridan...

Muallif O`tkir Hoshimovning "O`qituvchi" NMIUda chop etilgan "Bahor qaytmaydi" kitobi haqida fikrlar

Bahor qaytmaydi kitobi haqida fikr bildirish

Mashhur kitoblar