Ko`rilgan: 1314

(Рейтинг: 5/5. Голосов: 2)

Kitob: Uchar gilam

Muallif:

O`zbek xalqi azaldan bolajon xalq. Jahonning boshqa xalqlari kabi o`zbek millati ham o`z ertaklariga boy.

O`zbek xalq ertaklarida millatimizga xos vatanparvarlik, rahm-shafqat, zukkolik, mehmondo`stlik, rostgo`ylik, saxiylik kabi o`nlab fazilatlar ustuvordir.

Ertaklarimiz bolajonlarimizning pok ko`ngliga toza suvdek oqib kiradi, ezgulikka chorlaydi.

O`zbek xalq ertaklarini bolajonlar uchun ma`nolar xazinasi kabidir. Sizga taqdim etilayotgan “Uchar gilam” nomli ertaklar to`plami farzandingiz uchun xazinadan olingan bir hovuch hikmat majmuyi bo`lsa ajab emas.

O`ylaymizki, mazkur kitob bolalarning doimiy hamrohiga aylanadi, ularni ezgulik sari yetaklashga xizmat qiladi.

Kitob Uchar gilam muallif Abdulla Hasanov - titul

Qo`shimcha ravishda "Uchar gilam", muallif Abdulla Hasanov

Nashr nomi: Uchar gilam
Muallif: Abdulla Hasanov
Mavzusi: Bolalar uchun kitoblar
Savdo markasi: “O`qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi
ISBN: 978-9943-22-229-8
Hajmi: 160 bet
Formati:
Nashr yili: 2018
Ishlab chiqaruvchi mamlakat: O`zbekiston
Shahri: Toshkent

Kitob Uchar gilam muallif Abdulla Hasanov - rasm

UCHAR GILAM

Bir bor ekan, bir yo`q ekan, ilgari zamonda bir er-u xotin yashagan ekan. Ular uzoq vaqt farzandsiz umr kechirib, eri ellikka, xotini esa qirqqa kirganda bir o`g`il ko`rishibdi. Er-u xotin o`g`ilni tarbiyalay boshlashibdi. Bola o`sib, ulg`ayibdi. U maktab yoshiga yetgach, yaxshi domlaga berishibdi. Bolaning zehni o`tkir ekan, savodi tez chiqa boshlabdi, har xil kitoblar o`qibdi, tushunmagan narsalarini domlasidan yoki boshqa biror kishilardan so`rab olishga harakat qilibdi. Shunday qilib, bola yigirma yoshga to`lgach, yaxshigina ilmga ega bo`libdi.

Bir kuni bolaga bir chol yo`liqibdi, ancha suhbat qilibdi, unga ko`p nasihatlar qilibdi, ko`pgina sirli so`zlarni o`rgatibdi, mendan senga yodgorlik bo`lsin, deb bolaga bir gilamcha beribdi. Bola oliyhimmat choldan:

- Bobo, bu gilamchani nima qilaman, buning qanday siri bor? - deb so`ragan ekan, chol gilamchaning sirini aytib beribdi...

Kitob Uchar gilam muallif Abdulla Hasanov - 3 bet

MUNDARIJA: "Uchar gilam", muallif Abdulla Hasanov

UCHAR GILAM
BADALQORACHI
HASAN VA ZUHRA
BEKTEMIR BOTIR
QIRQ KUYOV
OLTIN TARVUZ
YAMOQCHI
VOSPIROXUN
LUQMONI HAKIM
TADBIRLI AYOL

Kitob Uchar gilam muallif Abdulla Hasanov - mundarija

Buyurtma, Yuklab olish kitob Uchar gilam muallif Abdulla Hasanov

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi.

(O`qituvchi NMIU)

Batafsil ma`lumot

Kitobi Uchar gilam muallif Abdulla Hasanov

Kitoblarni o‘qishni tavsiya etamiz

АЗБУКА ВЕД

Qo`liga ilk marta qalam olgan jajji bolakaylar uchun yozishni o`rganish qiyinchilik tug`dirishi tabiiy...

AMERIKA FOJIASI

Teodor Drayzerning e`tiboringizga havola etilayotgan ikki qismdan iborat yirik "Amerika fojiasi" romani...

Muallif Abdulla Hasanovning "O`qituvchi" NMIUda chop etilgan "Uchar gilam" kitobi haqida fikrlar

Uchar gilam kitobi haqida fikr bildirish

Mashhur kitoblar