Ko`rilgan: 4412

(Рейтинг: 5/5. Голосов: 1)

Kitob: Nur borki, soya bor

Muallif:

«Du­nyo­ni­ng ish­la­ri qi­ziq ekan. Eng oqil mav­ju­dot in­son deymi­zu ba`zan odam­ni­ng ar­zi­ma­gan nar­sa­ga aq­li et­may qo­la­di. Bir pa­qir­ga qim­mat, o`t­kin­chi ikir-chi­kir­la­ri uchun jon kuydi­ra­di-yu, eng be­ba­ho xa­zi­na­si­dan – sa­lo­mat­li­gi­dan ju­do bo`layot­ga­ni­ni o`ylab o`tir­maydi…»

O`tkir Hoshimovning 1976-yilda yozilgan “Nur borki, soya bor” nomli ilk romani mana shu jumlalar bilan boshlanadi. Bularning zamirida kishilar hayotining adib ko`zi bilan ko`rilgan aniq va ravshan tafsilotlari huddi bugungidek yorqin ifoda etiladi. Inson taqdiri, uning hayot va mamot o`rtasidagi oniy lahzalik davr  mobaynida boshidan kechirganlari, tiriklik va hayot atalmish daryo o`zanida hamma qatori birdek oqish kerakmi, yoki aksincha oqimga qarshi suzmoq darkormi, kim aslida kim, kim yaxshi kim esa yomon..., mana shu kabi savollarga javob izlashga urinish o`z ifodasini topgan ko`ngilga yaqin asar bu.

Mansab, obro`-e`tibor, nomdor oila vakili bo`lishlik va yoki aksincha oddiy inson sifatida el orasida qadr topib, halol non-tuz yeb umrguzaronlik qilayotgan bir-biriga qarama qarshi, ammo qaysidir ma`noda o`zaro tutashgan taqdirlar, ular o`rtasidagi munosabatlar va bu munosabatlar natijasi o`laroq yuzaga kelgan xulosa va yakun: Nur borki, soya bor! Asarning asosiy mazmun-mohiyatini o`zida aks ettirgan tugal nom…

Kitobxonni chuqur mushohadaga chorlaydigan, “bir nafasda o`qishli” asarni e`tiboringizga havola etamiz.

Nur borki, soya bor - O`tkir Hoshimov - 1 bet

Qushimcha ravishda "Nur borki, soya bor"

Nashr nomi: Nur borki, soya bor
Tuzuvchilar: O`tkir Hoshimov
Mavzusi: Badiiy adabiyotlar
Savdo markasi: “O`qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi
ISBN: 978-9943-22-194-9
Hajmi: 272 bet
Formati: 84x108 1/32
Sotuv turi: Chakana va ulgurji
Nashr yili: 2018
Ishlab chiqaruvchi mamlakat: O`zbekiston
Shahri: Toshkent

...O`sha kuni kasalxonaga olib kelishganda Sherzod deyarli behush edi. Tashvish har doim qo`shaloq bo`lib yuradi. O`shanda ham shunaqa bo`ldi: Sherzod ertalab bekatdagi do`kondan adabiy jurnalning yangi sonini sotib oldi. Jurnalni varaqladi-yu, tanqid bo`limida bosilgan maqolaga ko`zi tushdi. Maqolada Sherzodning yangi kitobi rosa do`pposlangan edi. Tanqid kimga yoqadi deysiz? Ammo Sherzod tanqiddan o`ziga kerakli fikrlarni ajratib olishga o`rganib qolgan, uning samimiy tanqidchi do`stlari ko`p edi...

Nur borki, soya bor - O`tkir Hoshimov - 6 bet

Mundarija: "Nur borki, soya bor" Muallif: O`tkir Hoshimov

Mundarija

Buyurtma, Yuklab olish kitob Nur borki, soya bor muallif O`tkir Hoshimov

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi.

(O`qituvchi NMIU)

Batafsil ma`lumot

Kitobi Nur borki, soya bor muallif O`tkir Hoshimov

Kitoblarni o‘qishni tavsiya etamiz

Ikki karra ikki - besh

O`tkir Hoshimov yorug` olamda sodir bo`layotgan voqeliklar va shu voqeliklarga o`zi mansub bo`lgan xalq ko`zi bilan qarash...

Inson

Erkin Vohidov zamonaviy o`zbek she`riyatining yorqin namoyondasidir...

Muallif O`tkir Hoshimovning "O`qituvchi" NMIUda chop etilgan "Nur borki, soya bor" kitobi haqida fikrlar

Nur borki, soya bor kitobi haqida fikr bildirish

Mashhur kitoblar