Ko`rilgan: 6103

(Рейтинг: 5/5. Голосов: 42)

Kitob: BOBURNOMA Miniaturalar (БАБУР-НАМЕ Миниатюры), o‘zbek, rus, ingliz tillarida

Muallif:

Mazkur albomdagi "Boburnoma" rasmlari mahalliy hind maktablarining eng yaxshi an’analarini o‘ziga ijodiy singdirgan hind tasviriy san’atining tengi yo‘q nodir namunalari bo‘lishi bilan birga XVI asr oxirlaridagi Akbar davrida yaratilgan hind miniatura san’atining yuksak darajadagi yangi uslubini ham namoyish qiladi.

Ushbu albomda nashr etilgan 93 ta "Boburnoma" rasmlari o‘zining favqulodda badiiy, tarixiy va ma’rifiy qimmati bilan bir qatorda Akbar hukmronligi davrida Boburiylar yaratgan badiiy merosdan kichik bir namunaginadir.

Tarixiy, harbiy epizodlarga bag‘ishlangan miniaturalar o‘ziga xos haqqoniyligi bilan ajralib turadi va Hindistonning hayoti, ov manzaralari, bazmlari, o‘simlik va hayvonot dunyosini o‘zida aks ettiradi. Kitob 2008- yilda kitob yaratish san’atiga bag‘ishlangan Moskva xalqaro kitob yarmarkasida faxriy unvonga sazovor bo‘ldi.

Kitob keng kitobxonlar ommasi, go‘zallikni qadrlovchilar uchun mo‘ljallangan.

Adadi: 2000.

Hajmi: 15,0 b.t.

Narxi: 14000 so‘m.

Buyurtma, Yuklab olish kitob BOBURNOMA Miniaturalar (БАБУР-НАМЕ Миниатюры), o‘zbek, rus, ingliz tillarida muallif -

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi.

(O`qituvchi NMIU)

Batafsil ma`lumot

Kitobi BOBURNOMA Miniaturalar (БАБУР-НАМЕ Миниатюры), o‘zbek, rus, ingliz tillarida muallif -

Kitoblarni o‘qishni tavsiya etamiz

TIBBIYOTDA MENEJMENT VA MARKETING, o‘zbek tilida

Bozor iqtisodiga o‘tish munosabati bilan tibbiy xizmat xodimlari, firmalar va tashkilotlar raqobat degan tushunchaga duch kelishmoqda. Raqobatchilar o‘z xo‘jalik faoliyatlariga bevosita taalluqli bo‘lgan muammolarni mustaqil ravishda hal qilishga harakat qilishmoqda.

Kitob tibbiyot sohasida yuzaga kelayotgan menejment va marketing muammolarini tushunib olishga yordam beradi.

BOBURNOMA, o‘zbek tilida

"Boburnoma" XVI asrning birinchi choragidagi yagona o‘zbek badiiy adabiyoti yodgorligi bo‘lib, XV asr oxiri va XVI asr boshlaridagi O‘rta Osiyo, Afg‘oniston va Hindiston xalqlari hayoti haqidagi bebaho tarixiy ma’lumotlar manbayi hisoblanadi. U o‘z davrining fan yutuqlarini umumlashtirgan o‘ziga xos qomusiy asar hamdir. Bobur katta badiiy mahorat bilan kitobxonlar ko‘z o‘ngida haqqoniy tarixiy voqealarni, tabiatning ajoyib go‘zalligini batafsil, nafis va yorqin tasvirlab beradi.

Muallif -ning "O`qituvchi" NMIUda chop etilgan "BOBURNOMA Miniaturalar (БАБУР-НАМЕ Миниатюры), o‘zbek, rus, ingliz tillarida" kitobi haqida fikrlar

BOBURNOMA Miniaturalar (БАБУР-НАМЕ Миниатюры), o‘zbek, rus, ingliz tillarida kitobi haqida fikr bildirish

Mashhur kitoblar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте