Ko`rilgan: 3692

(Рейтинг: 5/5. Голосов: 1)

Kitob: Kambag`allar

Muallif:

Kambag`allar” - XIX asr rus adabiyotining yorqin namoyondalaridan biri bo`lgan Fyodor Mixaylovich Dostoyevskiyning 1844-1845 - yillar oralig`ida yozilgan ilk romanidir. Asar ilk bor 1846 - yilning 21 - yanvarida “Peterburg to`plami”da chop etilgan. Ushbu roman - bosh qahramonlar Makar Devushkin va Varvara Dobroselovalarning o`zaro yozishmalaridan tashkil topgan 54 ta xatdan iborat.

184… - yil aprel oyining dastlabki kunlarida Makar Devushkin Varenkaga yozgan xatida o`zining yangi boshpanasi haqida batafsil so`zlaydi. Bu boshpana umumiy oshxonaning bir burchagiga yaqin joylashgan g`arib holatdagi xona bo`lsa-da, muhimi uning arzongarovligi va eng asosiysi Varenkaning ijara xonadoniga yaqinligi bilan ham u Makar uchun juda ahamiyatli edi. Makar Devushkin o`zining moliyaviy holati yomon emasligi haqida yolg`on gapirib Varenkaga shirinliklar va gullar yuborishni kanda qilmaydi. O`z navbatida Varvara ham o`zini ortiqcha yuk hisoblab, homiysining unga sovg`alar yuborishi kerak emasligini, mablag`ini ehtiyotlab sarflashi lozimligini Makarning o`ziga ko`p bora ta`kidlab aytadi. Varenka tez-tez kasal bo`lib turadi, lekin shunga qaramay u tikish-bichish bilan bo`lsada kun ko`rishga harakat qiladi…

Kambag`allar - Fyodor Mixaylovich Dostoyevskiy - 2 bet

Qushimcha ravishda "Kambag`allar"

Nashr nomi: Kambag`allar
Tuzuvchilar: Fyodor Mixaylovich Dostoyevskiy
Mavzusi: Badiiy adabiyotlar
Savdo markasi: “O`qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi
ISBN: 978-9943-22-199-4
Hajmi: 160 bet
Formati: 84x108 1/32
Sotuv turi: Chakana va ulgurji
Nashr yili: 2018
Ishlab chiqaruvchi mamlakat: O`zbekiston
Shahri: Toshkent

MENING BEBAHO VARVARA ALEKSEYEVNAM!

Kecha men baxtiyor, g`oyat baxtiyor, benig`oyat baxtiyor edim! Siz, umrimda, haytovur, birgina marta bo`lsa-da, so`zimga kirdingiz. Kechkurun, soat sakkizlarda uyg`ondim, bilasizmi, onajon, ishdan keyin bir-ikki soat uxlab olishni yaxshi ko`raman, shamni hozirladim, qog`ozni tayyorlab, patqalamni uchlab turib, to`satdan, bexosdan nazar tashlarmanmi, - rostini aytsam, yuragim naq kaptarvachchadek o`ynab ketdi! Mening xohishim nima ekanini, arzimas ko`nglim nima tusaganini, har qalay, payqagan bo`lsangiz kerak!...

Kambag`allar - Fyodor Mixaylovich Dostoyevskiy - 2 bet

Mundarija: "Kambag`allar" Muallif: Fyodor Mixaylovich Dostoyevskiy

Mundarija

Tarjimondan

Mening bebaho Varvara Alekseyevnam!

Muhtaram janob, Makar Alekseyevich!

Marhamatli malikam, Varvara Alekseyevna!

Marhamatli janob, Makar Alekseyevich!

Marhamatli malikam, Varvara Alekseyevna!

Marhamatli janob, Makar Alekseyevich!

Azizim, Varenka!

Qimmatli Makar Alekseyevich!

Musichai bezavolim, Varvara Alekseyevna!

Muruvvatli janob! Makar Alekseyevich!..

Kambag`allar - Fyodor Mixaylovich Dostoyevskiy - mundarija

Buyurtma, Yuklab olish kitob Kambag`allar muallif Fyodor Mixaylovich Dostoyevskiy

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi.

(O`qituvchi NMIU)

Batafsil ma`lumot

Kitobi Kambag`allar muallif Fyodor Mixaylovich Dostoyevskiy

Kitoblarni o‘qishni tavsiya etamiz

Yosh Verterning iztiroblari

Gyotening "Yosh Verterning iztiroblari" nomli romani uning adabiyotdagi ikkinchi durdona asari...

Sarmoyador

Taniqli adib Teodor Drayzer qalmiga mansub “Sarmoyador” romani XIX asrning ikkinchi yarmida yirik miqdordagi mablag` orttirish...

Muallif Fyodor Mixaylovich Dostoyevskiyning "O`qituvchi" NMIUda chop etilgan "Kambag`allar" kitobi haqida fikrlar

Kambag`allar kitobi haqida fikr bildirish

Mashhur kitoblar