Ko`rilgan: 1611

(Рейтинг: 5/5. Голосов: 1)

Kitob: Chippolinoning boshidan kechirganlari

Muallif:

Mashhur italyan ertakchisi Janni Rodarining ushbu asari meva va sabzavorlar mamlakatida istiqomat qiluvchi piyoz-bola va u yashaydigan antiqa mamlakatning antiqa fuqarolari haqida.

Asar qahramonlari jonlangan, o`z hayoti bilan yashayotgan meva va sabzavotlardan iborat: etikdo`z Uzumbosh, tutingan qarindosh bo`lmish Qovoqvoy, qizaloq Rediskaoy, Gilos bola mana shular jumlasidan.

Bosh qahramon Chippolino bo`lib, u yuqori tabaqa vakillari - shahzoda Limon va janob Pomidor kabilar tomonidan ezilayotgan quyi qatlam vakillarining manfaatlarini himoya qilish uchun kurashishga chog`lanagan piyoz-boladir.

Ushbu asar ota-onalarimizni ham, buva va buvijonlarimizni ham bolalikka qaytishlariga, yosh kitobxonlarni esa mo`jizakor ertak olamiga tushib qolishlariga ko`maklashadi.

Asardagi barcha qahramonlar jonli, ularning his-tuyg`ulari uyg`oq va o`quvchilarga yaqqol tushunarli bo`lganligi uchun ham kitobxonlar uni sevib mutolaa qiladilar.

Chippolinoning boshidan kechirganlari - Janni Rodari - 1bet

Qushimcha ravishda "Chippolinoning boshidan kechirganlari"

Nashr nomi: Chippolinoning boshidan kechirganlari
Tuzuvchilar: Janni Rodari
Mavzusi: Bolalar uchun kitoblar
Savdo markasi: “O`qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi
ISBN: 978-9943-02-981-1
Hajmi: 128 bet
Formati: 60x84 1/16
Sotuv turi: Chakana va ulgurji
Nashr yili: 2017
Ishlab chiqaruvchi mamlakat: O`zbekiston
Shahri: Toshkent

...Rodarining nomi Italiyada ham kattalar, ham bolalar o`rtasida mashhur. Janni Rodari bolalar uchun yozilgan juda ko`p ajoyib she`rlar muallifidir. Bu she`rlarni S. Marshak rus tiliga juda yaxshilab tarjima qilgan. "Chipollinoning boshidan kechirganlari" qissasi bizning Italiyada juda mashhur, u Janni Rodari...

Chippolinoning boshidan kechirganlari - Janni Rodari - 3bet

Mundarija: "Chippolinoning boshidan kechirganlari" Muallif: Janni Rodari

Mundarija

Janni Rodari va uning qahramonlari.

Birinchi bob. Chipollone knaz Limonning esxonasini chiqarib yubordi va jon holatda qochishga majbur qildi.

Ikkinchi bob. Chipollino kavaler Pomidorni umrida birinchi marta yig`lashga majbur qildi.

Uchinchi bob. Chipollino ko`ppak Mastinoni aldadi.

To`rtinchi bob. Baron Apelsinning yeb to`ymasligi va gersog Mandarinning injiqligidan ortgan tashvishlar.

Beshinchi bob. Olchada don Petrushkaning buyrug`ini buzdi.

Oltinchi bob. General Kalamush chekinishga majbur bo`ldi.

Yettinchi bob. Chipollinoning Ko`rsichqon bilan tanishgani va buning oqibati.

Sakkizinchi bob. Kavaler Pomidor paypog`ini yechmay uxlaydi.

To`qqizinchi bob. Advokat No`xat o`zi xohlamagani holda kavaler Pomidorning hayotini saqlab qoldi.

O`ninchi bob. Advokat No`xatni dorga tortdilar...

Chippolinoning boshidan kechirganlari - Janni Rodari - mundarija

Buyurtma, Yuklab olish kitob Chippolinoning boshidan kechirganlari muallif Janni Rodari

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi.

(O`qituvchi NMIU)

Batafsil ma`lumot

Kitobi Chippolinoning boshidan kechirganlari muallif Janni Rodari

Kitoblarni o‘qishni tavsiya etamiz

Myunxauzenning boshidan kechirganlari

Erix Raspening ushbu mashhur asaridan kichik sarguzasht hikoyalar o`rin olgan...

Ruboiylar

Umar Hayyom o`zining chuqur ma`noga ega bo`lgan havjiy to`rtliklari, ya`ni ruboiylari bilan dunyoga dong taratgan...

Muallif Janni Rodarining "O`qituvchi" NMIUda chop etilgan "Chippolinoning boshidan kechirganlari" kitobi haqida fikrlar

Chippolinoning boshidan kechirganlari kitobi haqida fikr bildirish

Mashhur kitoblar