Bo‘sh ish o‘rinlari

“O‘qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi O`zbekistondagi eng yirik nashriyotlardan biri hisoblanadi. O`zbekiston Respublikasi kitob bozorida biz yetakchi o`rinlardan birini egallab kelmoqdamiz. Nashriyot-matbaa ijodiy uyimiz o`quv-metodik adabiyotlar, kitoblar, daftarlar, risolalar, taqvimlar, plakatlar va bohqa turli-tuman matbaa mahsulotlarini chop etadi. Biz professional darajada o`sishga tayyor malakali nomzodlar va yosh mutaxassislarni ishga qabul qilamiz.

Biz quyidagilarni taklif etamiz:

  • O`zbekistonning eng yirik nashriyotlaridan biriga ishlash;
  • kasbiy va professional o`sish imkoniyati;
  • raqobatbardosh ish haqi;
  • qo`shimcha ovqat puli.

Bo‘sh ish o‘rinlari:

  • 1-darajali muharrir (talab qilinadigan ma`lumot: oliy, mehnatga haq to`lash shakli: vaqtbay);
  • rassom (talab qilinadigan malaka: poligrafiya sohasi bo`yicha, talab qilinadigan ma`lumot: o`rta-maxsus, mehnatga haq to`lash shakli: vaqtbay);
  • musahhih (talab qilinadigan malaka: poligrafiya sohasi bo`yicha, talab qilinadigan ma`lumot: o`rta-maxsus, mehnatga haq to`lash shakli: vaqtbay);
  • chop etuvchi (talab qilinadigan malaka: poligrafiya sohasi bo`yicha, talab qilinadigan ma`lumot: o`rta-maxsus, mehnatga haq to`lash shakli: ishbay)
  • bir pichoqli mashina kesuvchisi (talab qilinadigan malaka: poligrafiya sohasi bo`yicha, talab qilinadigan ma`lumot: o`rta-maxsus, mehnatga haq to`lash shakli: ishbay)
  • risolachi (talab qilinadigan malaka: poligrafiya sohasi bo`yicha, talab qilinadigan ma`lumot: o`rta-maxsus, mehnatga haq to`lash shakli: ishbay)
  • mashinist (talab qilinadigan malaka: poligrafiya sohasi bo`yicha, talab qilinadigan ma`lumot: o`rta-maxsus, mehnatga haq to`lash shakli: ishbay)
  • bog‘bon (talab qilinadigan ma`lumot: o`rta, o`rta-maxsus, mehnatga haq to`lash shakli: vaqtbay)

Talablar:

  • adabiyotlar bilan ishlash malakasiga albatta ega bo`lish kerak;
  • nashriyot sohasida kamida bir yil ish tajribasiga ega bo`lish kerak.

Majburiyatlar:

  • qo`lyozmalar ustida ishlashni tashkillashtirish (mualliflar va shtatsiz xodimlar bilan hamkorlik);
  • qo`lyozmalarni sahifalashga tayyorlash;
  • qo`lyozma maketini tayyorlashda ishtirok etish;
  • qo`lyozmani ishlab chiqarishga topshirish;
  • shtatsiz xodimlar (dizaynerlar, rassomlar, muharrirlar)ni tanlab olish va nazorat qilish;
  • huquq egalari va me`rosxo`rlar bilan loyihalarni tasdiqlash;
  • litsenziyalar bilan ishlash.

Shart-sharoitlar:

  • o`z vaqtida to‘lanadigan yuqori ish haqi;
  • ish rejimi dushanbadan jumagacha soat 9.00 dan 18.00 gacha;
  • samimiy va ahil professional mehnat jamoasi;
  • kasbiy va professional o`sish imkoniyati.

O`z rezumingizni info@oqituvchi.uz elektron pochta manziliga yuboring.

Murojaat maqomini tekshirib ko`ring >>>

Rezume qoldirish












image

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте