„O‘QITUVCHI“ NMIU RAHBARIYATI

Direktor

Xudayqulov Rustam Sulaymonovich

tel.: (+99871) 224-05-61

Xudayqulov Rustam Sulaymonovich 1976- yilning 2- iyulida Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida xizmatchi oilasida tug‘ilgan. Millati o‘zbek.

1993- yil Toshkent shahridagi 89- sonli o‘rta maktabni bitirgan. 1993- yildan 1998- yilgacha Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tahsil olgan va mazkur universitetning xalqaro munosabatlar fakultetini iqtisodchi mutaxasssiligi bo‘yicha “a’lo” baholar bilan tugatgan. 2000- yilning sentabr oyida muqobil harbiy xizmatni o‘tagan va oddiy askar unvoni bilan zaxiraga bo‘shatilgan. 1997- yilning mart oyidan 2001- yilning sentabr oyigacha O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida Xalqaro kredit boshqarmasi bosh mutaxassisi lavozimida ishlagan. 2001- yilning noyabridan 2004- yilning iyul oyigacha “O‘zmarkazimpeks” Davlat tashqi savdo aksiyadorlik kompaniyasining Paxta departamentida yetakchi mutaxassis lavozimida ishlagan. 2004- yilning iyul oyidan 2007- yilning yanvar oyigacha “Asaka” DATBning avtotransport filialida boshqaruv raisi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. 2007- yilning yanvaridan 2013- yilning apreliga qadar “Yangiyul Poligraphservis” MCHJ Boshqaruv raisi bo‘lib ishlagan.

Uylangan. Uchta farzandi bor. Partiyaviyligi yo‘q. Ilgari sudlanmagan.

 

Direktorning birinchi o‘rinbosari

Xusnutdinov Sirojiddin Shamshiddinovich

tel.: (+99871) 224-05-49

Xusnutdinov Sirojiddin Shamshiddinovich 1973- yil 9- martda Тoshkent viloyatida ishchi oilasida tug‘ilgan. Millati o‘zbek.

Otasi Xusnutdinov Shamshiddin “Sharq” NMAK omborida ishchi bo‘lib ishlagan. Hozir nafaqada. Onasi Xusnutdinova Movjuda “Sharq” NMAK omborida ishchi bo‘lib ishlagan. Hozir nafaqada.

1979 —1989 yillarda 273- sonli maktabda o‘qigan. 1992- yildan 1994- yilgacha harbiy xizmatda bo‘lgan. 1990- yildan SKKP nashriyotida chilangar bo‘lib ish boshlagan. 1991- yil Тoshkent aloqa texnikumida haydovchi bo‘lib ishlagan. 1994- yildan 1996- yilgacha Тoshkent tijorat texnikumida tijoratchi mutaxassisligi bo‘yicha o‘qigan. Тexnikumni bitirib, 1996- yil “Sharq” NMAK ta’minot bo‘limida ekspeditor lavozimida ishlay boshlagan. 1998- yil shu nashriyotning tashqi ishlar bo‘limiga injener-ekonomist qilib o‘tkazilgan. 1999- yilda qog‘oz bo‘limida injener-ekonomist, katta tovarshunos lavozimlarida ishlagan. 2005- yildan to 2013- yilga qadar ta’minot bo‘limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. 2009- yilda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti magistraturasini bitirgan.

Uylangan. Uchta farzandi bor. O‘zbekiston Liberal Demokratik partiyasi a’zosi. Staji 8 yil. Ilgari sudlanmagan.

 

Iqtisod va marketing masalalari bo‘yicha direktor o‘rinbosari

Ikromov Vohid G`aniyevich

tel.: (+99871) 224-04-09

V. G`. Ikromov 1982 yilda Toshkent shahrida tug`ilgan.
Millati - o`zbek.
Ma`lumoti: Oliy 1) 2002 yilda Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti Xalqaro biznes fakultetini tamomlagan.
2) 2005 yilda TDIU magistraturani tamomlagan.
3) 2009 yilda Toshkent Davlat Yuridik institutini tugallagan.
4) 2017 yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasining davlat boshqaruvi mutaxassisligi bo`yicha magistraturani tamomlagan.
2003 yildan 2004 yilgacha „Ilm Ziyo“ nashriyotida bosh hisobchi lavozimida ishlagan.
2004 yildan 2006 yilgacha O`zbekiston Respublikasi Ayollar qo‘mitasida bosh hisobchi va hisob-kitob hisobchisi lavozimlarida ishlagan.
2006 yildan 2013 yilgacha „Ilm Ziyo“ nashriyotida direktor o`rinbosari lavozimida ishlagan.
2013 yildan 2017 yilgacha „Cho`lpon“ NMIU da direktor o`rinbosari  lavozimida ishlagan.
01.08.2017 yildan „O`qituvchi“ NMIU da Iqtisod va marketing masalalari  bo`yicha direktor o`rinbosari lavozimida ishlaydi.

 

Nashriyot va marketing masalalari bo`yicha direktor o`rinbosari

Odilov Mirakbar Mirkomil o`g`li

tel.: (+99871) 224-10-77

Odilov Mirakbar Mirkomil o`g`li 1990 yil Toshkent viloyati, Toshkent tumanida tug`ilgan.
Millati - o`zbek.

2007 yildan  2011 yilgacha  O`zbekiston  milliy universitetida  taxsil olgan va jurnalistika  fakultetini tamomlagan. Talabalik yillarida jumladan,  2010 yil “O`zbekiston adabiyoti va san`ati” gazetasida muxbir lavozimida faoliyat ko`rsatgan.
2012 yilning yanvar  oyidan 2012 yil oktabr oyigacha O`zbekiston  matbuot va axborot agentligi nazoratchisi  (Ijro intizomi bo`yicha) lavozimida ishlagan.
2012 йил oktabr oyidan 2017 yil iyul oyigacha O`zbekiston matbuot va axborot  agentligi Bosh direktor  yordamchisi lavozimida faoliyat olib borgan.
2015 yil oktabr oyidan 2017 yil iyul oyigacha O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasining davlat boshqaruvi mutaxassisligi bo`yicha tahsil olgan.
Hozirda  “O`qituvchi” NMIUning  Bosh muharrir lavozimida ishlamoqda.
Uylangan. Bir nafar farzandi bor. Partiyaviyligi yo`q. Ilgari sudlanmagan.

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте