Ko`rgazma va tanlovlar

05-06-2015 O`qituvchi nashriyot-matbaa ijodiy uyida Yosh rassom ko`rik tanloviO`qituvchi“ nashriyot-matbaa ijodiy uyida 1 iyun xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag`ishlab „Yosh rassom“ ko`rik tanlovi bo`lib o`tdi.

28-05-2015 Toshkentda O`qituvchi NMIU ishtirokida Kitob bayrami 2015 boshlandi Toshkentda 2015-yil 28-may kuni “Adabiyotga e`tibor – ma`naviyatga, kelajakka e`tibor” shiori ostida an`anaviy “Kitob bayrami” boshlandi. O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan bir qator vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu tadbir Toshkent va Nukus shaharlari, barcha viloyat markazlarida bo`lib o`tmoqda.

22-01-2015 O`qituvchi NMIU tanlovda birinchi o`rinni egalladi "O`qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi tanlovda birinchi o`rinni egalladi va faxriy yorliq bilan taqdirlandi. Shavkat Butayev muallifligidagi “Inglizcha-o`zbekcha, o`zbekcha-inglizcha lug`at” Yilning eng yaxshi kitobi Respublika ko`rik tanlovida “Ilmiy-ensiklopedik asar nominatsiyasi” bo`yicha 1- o`rinni oldi.

02-11-2014 Germaniyaning har yili o`tkaziladigan «FrankfurtBookMesse - 2014» nomli xalqaro kitob ko`rgazmasining navbatdagi yarmarkasi o`tkazildi Germaniyaning Frankfurt shahrida har yili o‘tkaziladigan «FrankfurtBookMesse - 2014» nomli xalqaro kitob ko‘rgazmasining navbatdagi yarmarkasi o‘tkazildi. "O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi "FrankfurtBookMesse - 2014" kitob ko‘rgazmasida faol ishtirok etdi. Bu ko‘rgazmada birinchi marta O‘zbekiston nashriyot va matbaa korxonalarining katta hajmdagi stendi tashkil etildi.

20-02-2014 “Madaniyat va ma’rifat” telekanalida intervyu Muallif Shavkat Butayevning 80000 so‘zlik inglizcha-o‘zbekcha, o‘zbekcha-inglizcha lug‘ati xususida O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “Madaniyat va ma’rifat” telekanalida intervyu berildi.

05-02-2014 31- yanvar Toshkentda 80 000 so‘z va iboralarni o‘z ichiga olgan yangi «Inglizcha-o‘zbekcha, o‘zbekcha-inglizcha lug‘at» taqdimoti bo‘lib o‘tdi 31- yanvar Toshkentda 80000 so‘z va iboralarni o‘z ichiga olgan yangi «Inglizcha-o‘zbekcha, o‘zbekcha-inglizcha lug‘at» taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

16-11-2013 O‘qituvchi nashriyot-matbaa ijodiy uyi II darajali diplom bilan taqdirlandi Toshkent shahar madaniyat muassasalari xodimlari birlashgan kasaba uyushmasi tizimidagi tashkilotlarda “Mehnatni muhofaza qilish ishlarini tashkil etish bo‘yicha eng yaxshi korxona Respublika ko‘rik tanlovi”ning Toshkent shahar bosqichida II o‘rinni egallagan “O‘qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi II darajali diplom bilan taqdirlandi.

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте